Kurs ishi fan
Shpatel yordamida “K” tovushini nutqqa kiritish usuli
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “K” tovushi ishtirok etgan so`zlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish Kir karam kamalak Ko`z ko-la ka-ma-lak Ko`r ko`rik kapalak
- “K” tovushi ishtirok etgan gaplarni to`g’ri takrorlash orqali mustahkamlash
Shpatel yordamida “K” tovushini nutqqa kiritish usuli
Bunda til orqa tomonga surilgan sari “ka-ka-ka” bo`g’ini eshitiladi. “K” tovushi artikulyatsiyasi aniq hosil bo`lgandan so`ng mexanik vositalar yordamisiz “K” tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo`g’in, so`z, gaplar va she’rlar ayttirish yordamida mustahkamlab boriladi. “K” tovushining aniq va to`g’ri talaffuzi hosil bo`lganidan so`ng “K” tovushi ishtirok etgan bo`g’inlar talaffuz ettiriladi. “K” tovushi ishtirok etgan so`zlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish Kir karam kamalak Ko`z ko-la ka-ma-lak Ko`r ko`rik kapalak ka-pa-lak Ko`za, kurtka, karam, maktab, choynak, kurtak, kapkir, ipak, kuchuk va hokazo. Quyidagi savollarga javob bering: 78 1. Qaysi qizning ismida “K” tovushi bor? 2. Qaysi parrandaning nomida “K” tovushi bor? 3. Qaysi hayvon nomida “K” tovushi bor? 4. Qaysi idishning nomida “K” tovushi bor? 5. Qaysi kiyimning nomida “K” tovushi bor? 6. Qaysi sabzavotning nomida “K” tovushi bor? Tikuvchi nima tikadi? Darsga kirish uchun nima chalinadi? Un nimada elanadi? Tez aytish Ariq labida besh terak, Besh terakka suv kerak. To`p-to`p ko`k koptok, Har to`p ko`k koptokda Bittadan katta ko`k koptok. “K” tovushi ishtirok etgan gaplarni to`g’ri takrorlash orqali mustahkamlash Kungaboqar ajoyib o`simlik. Kunga boqar quyosh harakati bo`ylab harakat qiladi. Shuning uchun uni kungaboqar, kungaboqar, kun bo`lmasa kimga boqar, deyishadi. “Nima qanday qichqiradi?” degan hikoya orqali “K” tovushining to`g’ri talaffuzini aniqlash. Bu mashg’ulotning maqsadi – tovushlarga taqlid qilish orqali “K” tovushini aniq va to`g’ri talaffuz etish. Mashg’ulotga ovoz chiqaradigan o`yinchoqlarni (tovuq, xo`roz, kakku, qurbaqa) va boshqa o`yinchoqlar tayyorlab qo`yiladi. Bunda bolalarga qarata shunday deyiladi. 79 Bolalar, esingizdami, biz sizlar bilan hayvonot bog’iga sayrga borgan edik. Yo`lda borayotganimizda, katta poliz yonidan chiqib qoldik. Sizlar chumchuqlarni qanday haydab yuborgan edingizlar? (“Kish-kish”). Biz hayvonot bog’iga etib bordik. U er juda ham chiroyli edi. Birdaniga kakku sayray boshladi: “Ku-ku, ku-ku, ku-ku”. Kakku qanday sayraydi? (“Ku-ku, ku-ku, ku-ku”). Biz hayvonot bog’ida uy va yovvoyi hayvonlar bilan tanishdik. Qaytishda anhor bo`yidan o`tdik u erda qurbaqaning “kva-kva-kva” degan ovozini eshitdik. Qurbaqa qanday qurillar ekan? (“Kva-kva ”). So`ngra bolalardan predmetli rasmlar orasidan kakku va qurbaqa rasmini topib ko`rsatishlari so`raladi. Shuni unutmaslik lozimki, agar bog’cha yoshdagi bola bilan 1-2 yil muntazam ravishda individual va frontal (chuqur) ish olib borilsa, ammo uning nutqida hech qanday o`zgarish bo`lmasa, tovushlarni noto`g’ri talaffuz etsa, unda buning sabablarini aniqlash uchun logoped (mutaxassis)ga murojaat etish lozim. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling