Kurs ishi himoyasi uchun tayyorlagan
Download 310.38 Kb.
|
Maktabgacha talim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlarining fikrlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obekti
- Kurs ishi metodlari
- Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish orqali ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning pedagogic muammosini dolzarbligini asoslash; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash; Kurs ishining obekti: Angor tumani “Kelajak” NMTT Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning pedagogic muammosini dolzarbligini asoslash; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish; Kurs ishi metodlari: -suxbat -savol-javob -o’yin Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutaffakirlarining tajribalaridan foydalanishni o’rganish Kurs ishining ilmiy metadologik asoslari: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug’risida”gi Qonun va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev farmonlari, qarorlari va asarlarida ilgari surilgan g’oyalar, hukumat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy xujjatlar, shuningdek tanlangan yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg’or ta’limotlar O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 bob, 4 paragrf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxati, ilovadan iborat. I BOB: MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL ETISHDA TARBIYACHI MAHORATI. 1.1 Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko'p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto”da kiritilgan."Avesto”da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta'minlashda asosan: - Shahar va qishloqlarni obod qilish; - Bog'larni ko'paytirish; - Chorva va yaylovlarga e'tibor berish; - Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin egallaydi. Shuningdek: - yer, suv, zamin; - kiyim-kechak; - oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk Ipak yo'li” rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot yuzaga keldi. Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta'lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta'lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi, Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy "Minerologiya" asarida qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda bo'Iaklarga bo'linmaydigan shakli to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to'g'risida o'zining Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turlituman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san'atini taraqqiy ettirdi. Download 310.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling