Kurs ishi ilmiy rahbar: A. Utepov Bajaruvchi: A. Jumamuratov mundarija kirish


Download 154.19 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi154.19 Kb.
#1468752
1   2   3   4
Mavzuning dolzarbligi
Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk bo’lmaydi.
Kurs ishining maqsadi
Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. Bu tabiiy holdir, chunki shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi.
Kurs ishining vazifasi
Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi. Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin.

Download 154.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling