Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar


Download 148.57 Kb.
bet12/14
Sana09.01.2022
Hajmi148.57 Kb.
#259345
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi

Xulosa va takliflar

Turizm hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta‘sir etib kelmoqda, shu bilan bir qatorda, uning ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytamanki, turizm bozorida turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni sotish va sotib olish jarayonini jadallashtirish turistlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta‘minlaydi. Turmahsulotni sotish kanallarini shakllantirishda turoperator va turagentlarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi hamda marketing bozorini yaxshi o‘rganib chiqish sohani jadal rivojlantirib, sohani modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida, turoperatorlarning turistlar ( mijoz ) ga sifatli xizmatlarni o‘z ichiga olgan turpaketlarni tayyorlab berishda adaptatsiyani kuchaytirish, kreativlik bilan yondashish va turistlarning xavfsizligini himoya qilgan holda turli xil fors – major holatlarni hisobga olish ko‘roq samaralidir. Turizmning asosiy xizmatlari hisoblangan, transport, joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari sifati oshirish bilan biz turistlarning ehtiyojlarini qondira olamiz. Joylarda turistlarning tunab qolishi uchun mehmonxonalar sonini ko`paytirish, xizmat sifatini oshirish, yo‘l – transport moddiy – texnik bazasini taraqqiylashtirish, restoran, kafe, bar, boshqa umumiy ovqatlanish joylarida yuqori xizmatni yo‘lga qo`yish kabi islohotlar turizm faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Turistik bozorni yaxshilab o‘rganish, marketingda to‘g‘ri harakatlanish, turistlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda bozor sigmentini rivojlantirish talab etiladi.




Download 148.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling