Energetika manbalari


Download 106.5 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1142645
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Energetika manbalari


ENERGETIKA MANBALARI


Reja:



  1. Elektro-energetika sanoatining tarkib topishi.

  2. Gidroenergetika sohasi.

  3. Issiqlik energetika sohasi.



  1. Elektro-energetika sanoatining tarkib topishi.

Elektr quvvati hosil qilish butun yoqilg‘i energetika majmui eng ilg‘or, xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlari va aholining kundalik turmushi uchun eng zarur yo‘nalishidir. Elektr quvvati bo‘lmasa xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham xalq xo‘jaligi tarmoqlarini shahar va qishloqlarini elektrlashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi O‘zbekiston hududida 1913 yilning oxirida 43 ta mayda elektr stansiyalari bo‘lib, shundan 31 tasi Toshkent shahrida joylashgan edi. Ular orasida quvvati 10-15 ot kuchiga ega bo‘lganlari ham bor ediki, Toshkent tramvayiga xizmat ko‘rsatuvchi elektr stansiyasining quvvati 125 ot kuchiga teng edi. O‘sha yili hammasi bo‘lib 3.3 mln kvt soat elektr quvvati hosil qilingan edi.
O‘zbekiston elektr energetika sanoatining taraqqiyoti GOELRO rejasidan boshlandi va u ikki darni bosib o‘tdi.
Respublikada avval gidroelektr stansiyalari qo‘rildiki, bu maqsadga muvofiq edi. Chunki yoqilg‘i chetdan keltirilganligi uchun issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilingan quvvatning tannarxi yuqori bo‘lardi. Suv quvvatidan foydalanish O‘rta Osiyo Respublikalarida muhim bo‘lgan boshqa bir muammoni-yangi yerlarni sug‘orishni ham hal qilib berdi. Shuningdek O‘zbekistondagi dastlabki GESlar asosan kanallarda, kichik daryolarda qurilib iqtisodiy va texnik jihatdan oson va arzonga tushar edi.
Shunday qilib O‘zbekistonda elektr energetika taraqqiyotining dastlabki yillaridan daryolar suvdan ham energetika ham sug‘orish maqsadlarida foydalanishga asosiy e’tibor berildi.
1926 yilda ishga tushirilgan Buzsuv GES O‘rta Osiyodagi dastlabki gidroelektr stansiyasi edi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda Chirchiq-Buzsuv suv tarmog‘ida Shahrixonsoy, Namangansoy daryolari va Dargon, Xazarbog‘, Qumqurg‘on kanallarida bir necha GESlar ishga tushirildi. Bu davrda GESlar bilan bir qatorda uncha katta bo‘lmagan issiqlik elektr stansiyalari ham qurildi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Termiz, Urganch va Quvasoydagi elektr stansiyalari ana shular jumlasidandir. 1950 yillar oxirigacha Respublikamizda elektr quvvati hosil qilishda GESlar asosiy rol o‘ynab keldi. Masalan 1955 yilda O‘zbekistonda hosil qilingan elektr quvvatining 65% i GESlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Respublikamiz elektr energetika sanoatining rviojlanishidagi ikkinchi davr 60-yillardan boshlandi. Bu davrda Buxoro, Xiva yo‘nalishidagi tabiiy gaz zahiralari topilib ishga solinishi munosabati bilan ana shu arzon yoqilg‘iga asoslangan yirik issiqlik stansiyalari qurila boshlandi va elektr quvvati hosil qilishda issiqlik stansiyalarining salmog‘i tez osha bordi.
Keyingi yillarda yanada kuchliroq issiqlik elektr stansiyalari ko‘rildi. Hozir to‘la quvvat bilan ishlayotgan Sirdaryo GRESi (3.0 mln kvt),dastlabki energiya bloklari ishga tushirilgan Yangiangren GRESi (2,4 mln.kvt), qurilishi jadal olib borilayotgan Talimarjon GRESi (3,4 mln. kvt), shular jumlasidandir. Natijada 1990 yilda ishlab chiqarilgan butun elektr quvvatining 90% ga yaqinini issiqlik elektr stansiyalari ishlab chiqardi.
Respublikamiz daryolaridan xalq xo‘jaligida majmui foydalanishga qaratilgan yo‘l davom ettirildi. Qator daryo va kanallarda yangi GESlar qurildi. Ular orasida Respublikamizda yirik bo‘lgan Chorvoq GESini (600 ming kvt) alohida ko‘rsatib o‘tish kerak. Bu GESni qurish jarayonida balandligi 160 metrli tug‘on va katta suv ombori barpo etildi. Natijada Chirchiq daryo tubdan yaxshilandi, 160 ming ga yangi yerni sug‘orish imkoniyati tug‘ildi. Chorvoq GESi va suv ombori Chirchiq-Buzsuv elektr stansiyalari pog‘onasining ish maromini yaxshiladi.
80-yillar boshida Chirchiq daryosida yana bir elektr stansiyasi Xo‘jakent GES (160 ming kvt ) ishga tushirildi shu bilan birga Chirchiq-Buzsuv pog‘onasini tashkil qiluvchi elektr stansiyalar soni 19 taga yetdi. Kelajakda bu suv tizimida yana bir necha GES qurish mo‘ljallanadi.
O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida ham GESlar qurilishi davom ettirildi. Jumladan Qoradaryoda qurilgan Andijon GES (110 ming kvt) Amudaryoda qurilgan Tuyamuyin GES (70 ming kvt) shular jumlasidandir.
1990 yilda O‘zbekistonda hosil qilingan elektr quvvati (56,3 mlrd.kvt) 1913 yildagidan 17,1 ming marta ko‘pdir.
Respublika xalq xo‘jaligining bazaviy tarmog‘i, Respublikada iqtisodiyot va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston energetika sistemasi umumiy o‘rnatilgan quvvati 11,3 mln.kvt. bo‘lgan 37 issiqlik va gidravlik elektr i.ch. imkoniyatga ega. O‘zbekiston energetika sistemasining barcha kuchlanishlaridagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyib 228 ming km ni tashkil qiladi, shu jumladan 220 kv.ligi-5.5 ming km, 500 kv ligi-1.7 ming km dir.




  1. Download 106.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling