Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar
Download 148.57 Kb.
|
Kurs ishi
2-jadval. 2002-2017-yillarda mamlakatimizdagi turizm firma va tashkilotlari hamda qabul qilingan va xizmat ko ‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soni, ming kishi
Turistik firmaning huquq qobiliyati masalasi ko’rib chiqilar ekan uning transport kompaniyalari bilan agentlik bitimi mavjudligini e’tiborga olish kerak. Turistik firmaning transport ( aviatsiya temir yo’l suv va avtotransport ) kompaniyasi agenti etib tayinlanishi uning huquq qobiliyatining juda aniq kriteriyasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. chunki transport kompaniyasi mazkur turistik agentlikning o’z blankalariga chipta yozib berishiga ishonadi. Chiptalar jiddiy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangani bois turistik firmaga bunday ishonch turistik agent ish sifatlarining chuqur tekshiruviga asoslanadi. Kredit qobiliyati bu tushuncha orqali firmaning tuzilgan bitimlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida ta’minlash uchun yetarli pul vositalariga egaligini bildiradi. Turistik firmaning yuridik statusi o’z kuchini saqlab qoladigan davrda o’zgarmaydigan huquq qobiliyatidan farqli ravishda kredit qobiliyati o’z ahamiyatini doimo o’zgartirishi mumkin. Bizning turistik firmalar amaliyotida shunday holatlar ham uchrab turadi. Xorijiy turistik firmalaraing bankdagi hisob raqamida qaysidir kuni bir necha millionlab AQSh dollari bo’lishi mumkin, 1-2 kun o’tgandan keyin esa bu hisob raqamlari bo’shab qoladi. Ko’pincha firmalar o’z kredit qobiliyati dalili sifatida bank referansi deb ataladigan ya’ni firmaning mavjud hisob raqami uning taxminiy hajmi va harakati to’g’risidagi bankdan olinadigan ma’lumotnomani taqdim qilishga moyildirlar. Biroq bu kabi ma’lumotnomalar nafaqat kredit qobiliyatini aniqlash uchun asos bo’la oladi balki tuzilgan bitimlar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida hisob-kitoblar qila olishiga ham kafolat bo’la olmaydi. Turistik firmaning kredit qobiliyatini bank kafolati tasdiqlashi mumkin. Biroq banklar mustaqil ravishda firmaning bunga alohida roziligisiz bunday kafolatni berish huquqiga ega emas chunki bunday hollarda bank firma faoliyatining barcha moddiy majburiyatlarini o’z zimmasiga olgan bo’ladi. Bank kafolat berishida firmaning joriy hisob raqamidan tegishli summani olib qoladi va kafolat depoziti sifatida ushlab turadi. Bu esa firma uchun ahamiyatli pul mablag’larining muomaladan olib qo’yilishini bildiradi va firma bu yo’lni uncha ham xushlamay qabul qilishi mumkin. Shuning uchun firma tomonidan bank kafolatini taqdim qilish yuzasidan muzokaralarda bu shartni tegishli tarzda tushuntirish lozim. Firma bilan hisob-kitoblar bo’yicha manfaatlarni ta’minlashning nisbatan real yo’li undan avans to’lovlarini olish hisoblanadi. Erishilgan bitimga qarab avans to’lovlari deposit yoki naq ko’rinishida bo’lishi mumkin. Depozit umumiy bitim narxining kelishilgan qismi bo’lib sotishlar bo’yicha hamkor shu qism pulni butunlay hisob-kitob qilish kafolati sifatida kelishilgan muddatga mazkur bitim boshlangunga qadar turistik firma hisobiga o’tkazib beradi. To’liq hisob-kitob qilib bo’linganda depozit bitim narxining umumiy to’lovi hisobiga kiritiladi. Bitim buzilgan hollarda depozit amaldagi me’yorlar asosida qaytariladi. Xorijiy turistik firmalar bilan hamkorlik amaliyotida depozitning ikki xil shakli amal qiladi. Birinchisi turistik xizmatlar to’lovi hisobiga kiritiladigan yil davomida turistlarga beriladigan depozitdir. Bunday depozit yil boshida kiritiladi. Uning hajmi shartnoma tuzadigan tomonlar kelishuviga qarab aniqlanadi. Yil oxirida u oxirgi operatsiyalar to’lovi sifati hisoblanishi yoki keyingi yil uchun yangi deposit sifatida o’tkazilishi mumkin. Ikkinchi depozit shakli har bir ma’lum turistik xizmatlar sotuvi bo’yicha hisob-kitoblarda ko’pincha turistik guruhlarni qabul qilishda qo’llaniladi bu holda depozit har bir keladigan guruh uchun belgilangan muddatlarda va belgilangan hajmlarda kiritiladi. Hamkorlar bilan depozit shaklida hisob-kitob qilishda turoperator doimiy ravishda turagentning joriy qarzlari kiritilgan depozit summasidan oshib ketmasligini kuzatib borishi zarur. Faoliyat qobiliyati – bu tushuncha ostida turistik firmaning tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan majburiyat va huquqlarini bajara olish qobiliyati tushuniladi. Turistik firma faoliyat qobiliyati qandaydir doimiy ko’rsatkichlar bilan cheklanib qolmaydi. Firmaning ko’p qirrali faoliyati uning mulki bozordagi holati ish aloqalari orqali tasniflanadi. Firmaning bu sifatlarini baholashda bizning diqqat markazimizda yaxshi joyda joylashgan va jihozlangan savdo binolari mavjudligi reklama hajmi va sifati transport va mehmonxona kompaniyalari bilan aloqalari milliy regional turistik tashkilotlarga a’zoligi personal malakasi va soni kontragent tarmog’i va firmada kompyuter tizimlari mavjudligi bo’lishi lozim. Bu hal firma faoliyat qobiliyatini bildiradigan ko’rsatkichlar ro’yxatining hammasi emas. Shuni qayd etish lozimki bularning hammasi kompleks tarzda va tez sur’atlarda ko’rib chiqilishi lozim. Natijada esa o’rganilayotgan firmaning ish sifatlari haqida obektiv tasavurga ega bo’lishimiz mumkin. Turoperator turagentni diqqat bilan tanlashi kerak uning ishonchliligiga ishonch hosil qilganidan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzish mumkin. Agentlarni turmahsulot xususiyatlaridan va oldiga qo’yilgan realizatsiya masalalaridan kelib chiqib tanlaydilar. Turagentlarni tanlashda e’tiborga olinadigan omillar; - turlarning predmet yo’nalishi; - huquq va majburiyatlar hajmi; - korxonalar guruhining ma’lum hududi mavjudligi; - potentsial turistlar guruhlarining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa kriteriylari; - sotish usullari va texnologiyasining turlichaligi; - o’zaro hisob-kitoblar ko’rinishi ish tajribasi va turizm sohasidagi mavqei, ( imidji) mazkur faoliyat ko’rinishi uchun litsenziyaning mavjudligi.8 Download 148.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling