Kurs ishi Mavzu : Ayollar liboslarini modellashtirishni mavzusini oʻqitish metodikasi
Ayollar yozgi fasondagi bluzkasini modellashtirish
Download 1.2 Mb.
|
ayollar kiymi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taxlama hosil qilish
Ayollar yozgi fasondagi bluzkasini modellashtirish.
Bluzkalar bichim, shakli jihatidan ko‘ylakning yuqori qismiga o‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishi mumkin.Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli, manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin. Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi.Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismida vitochkalar tikilmaydi.Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimli bo‘lib universal mashinada tikiladi. Bluzka yubka ustiga tushirilib kiyiladigan bo‘lsa etagi maxsus mashinada bukib tikilishi mumkin. Bluzka modellari Detallarni parallel va konussimon kengaytirish. Detallarni parallel kengaytirish buyumning butun uzunasi bo‘ylab taxlamalar bo‘lgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Buning uchun asos chizmasiga taxlama o‘tadigan chiziqlar belgilanadi. Bu chiziqlar qirqilib, taxlama sarfiga suriladi. Agar taxlama bir tomonlama bo‘lsa, ikkita taxlama miqdoriga, ro‘para taxlama bo‘lsa, to‘rtta taxlama miqdoriga suriladi (1-rasm, a).Detallarni konussimon kengaytirish kiyim razmerlarini o‘zgar- tirishda ishlatilishi mumkin. Yoki burmalar bo‘lsa, bunday kengaytirish usulidan foydalanish mumkin. 1–rasm. Detallarni konussimon va parallel kengaytirish. Burmalar. Uning uchini vitochka uchi bilan birlashtirilib, so‘ngra qirqiladi. Vitochkaning yangi holati ochilib, yuqori qismida burma qilish uchun bo‘yin o‘yindisi qirqimi tomonidan burma miqdorini modelga qarab belgilab qo‘yiladi (3-rasm). 3 –rasm Burmalar hosil qilish. Taxlama hosil qilish. Ko‘krak vitochkasi o‘rnida mayda taxlama hosil qilish uchun yelka chizig‘ida vitochka tomonlaridan o‘ngga va chapga 2—3 sm masofada nuqta belgilanadi. Bu nuqtadan ko‘krak uchi tomon vitochka tomonlariga parallel ravishda model chiziqlari kiritiladi va uch qismi rasmdagidek holatda chiziladi (4-rasm, a). Chiziq bo‘ylab qirqiladi va qirqilgan vitochka tomonlari bir xil miqdorga suriladi. Yelka qismidan old bo‘lak tomon 2 ta yoki 3 ta mayda taxlama hosil qilish mumkin (4-rasm, b, d). Parallel vertikal taxlamalar ko‘pincha ko‘krak nuqtalari ustida joylashtiriladi. Ular old bo‘lakni bezab turadi. Bunday taxlamalar- ning har birini asosi bo‘yicha butun bo‘yi bo‘ylab bezak baxyaqator berib mahkamlanadi. Ko‘krak vitochkasi oxirigi taxlama bilan birgalikda tikiladi. So‘ngra bu taxlamalarni yeng o‘mizi tomonga qaratib dazmollanadi va old bo‘lakni andoza bo‘yicha yana bir karra tekshirib chiqiladi. 4- rasm. Mayda taxlama hosil qilish. 5 – rasm. Bezak taxlama hosil qilish. Mazkur modeldagi buyum andozasini hosil qilish uchun 5- rasmda ko‘rsatilgandek model chiziqlarini asos chizmasiga kiritiladi. Yelka chizig‘ida bo‘yin o‘mizidan 1 sm masofa tashlab vertikal chiziq o‘tkaziladi. Keyingi model chiziqlari bu nuqtadan taxlama kengligiga qarab belgilanadi. Hozirgi holatimizda u 2 sm ga teng. Ko‘krak vitochkasi uchini oxirgi taxlama chizig‘iga birlashtirib qo‘yiladi. Andaza detallarini nomerlab chiqishni unutmaslik kerak. Chizilgan model chiziqlari bo‘ylab qirqiladi va har bir detal taxlama chuqurligi qiymatiga mos ravishda suriladi (bunda taxlama chuqurligi qiymati taxlama kengligidan ikki baravar katta bo‘ladi). Andazaning o‘rta markaziy chizig‘iga taqilma qiymati qo‘shiladi. Bluzka qisqa ko’ylak shaklidagi ingichka matodan tikilgan ayollar usti kiyimidir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling