Kurs ishi mavzu : globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro nisbatlari


Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda YaIMning o’sish sur’atlari va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari40


Download 0.5 Mb.
bet14/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1382759
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
18 mavzu Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning

Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda YaIMning o’sish sur’atlari va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari40

Jahon moliyaviy inqirozi MDH mamlakatlarini ham chetda qoldirmadi. Inqroz Rossiya, Ukraina va Qozog’istonda o’zining jiddiy salbiy oqibatlarini namoyon qildi. Rossiyada asosan iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi etakchi kompaniyalar akstiyalarining narxlari keskin tushib ketdi. Bu holat birinchi navbatda jahon energetika resurslari bozoridagi nobarqaror kon’yunkturaning vujudga kelishi natijasida sodir bo’ldi.


«Qozog’iston iqtisodiy mo’’jizasi» degan nom bilan tanilayotgan Qozog’istondagi «ochiq iqtisodiyot» siyosati va stixiyali tavsifga ega bo’lgan jahon iqtisodiyotiga integrastiyalashuv jarayoni global moliyaviy inqiroz sharoitida o’zining jiddiy kamchiliklariga egaligini ko’rsatdi. Ekspertlarning e’tirof etishlaricha, Qozog’istonda banklar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar faoliyatining etarli darajada tashkil qilinmaganligi natijasida bank tizimining tashqi qarzlari tijorat banklari majburiyatlari tarkibida shunday darajagacha etib bordiki, natijada mamlakat iqtisodiyotining mavjud holati ularni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lmay qoldi. Banklar tomonidan tashqi kredit resurslari hisobiga, birinchidan, kreditlarni o’z vaqtida qaytara olish layoqati shubhali bo’lgan qarzdorlar uchun, ikkinchidan ko’chmas mulklar bozoridagi spekulyativ maqsadlardagi faoliyat uchun kreditlar berilishi bank-moliya tizimining barqarorligiga putur etkazdi. Natijada Qozog’istonda ham ko’chmas mulk ob’ektlari narxlarining ma’lum bir muddat davomida sun’iy ravishda ko’tarilishi sodir bo’ldi va bu holat uzoq davom etmasdan, kredit bozoridagi defolt holatini yuzaga chiqardi. Ipoteka bozoridagi sun’iy shakllantirilgan yuqori narxlarning keskin tushib ketishi va iqtisodiyotdagi tanazzulli holatlar qator banklar va korxonalarning inqiroz chegarasiga olib keldi. Kapitallarning chetga chiqib ketishi, suzib yuruvchi kurslar bo’yicha olingan tashqi qarzlarning qimmatlashuvi bank tizimidagi muammolarda o’z ifodasini topdi va ular aktivlari sifatining pasayishi Qozog’iston banklarining xalqaro kredit reytingining pasayib ketishiga olib keldi. Hozirda ayrim tahlilchilar, Qozog’iston hukumatining inqiroz oqibatlarini yumshatish bo’yicha ko’rayotgan chora-tadbirlari mamlakat bank tizimi faoliyatini qayta tiklash uchun etarli emasligini e’tirof etmoqdalar.
Shu o’rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz inflyastiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir.
III bob. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
3.1 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish yo’llari
Globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi.
Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.
«Bu inqiroz Amerika Qo’shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va akstiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»41.
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi42:

  • norastional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

  • qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;

  • moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;

  • moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanganligi;

  • yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi va hokazo.

Shu o’rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi43.
Xalqaro bozorlarda xom-ashyo tovarlari bahosining pasayishi O’zbekiston eksportiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qayd etish lozimki, O’zbekiston dunyo avtosanoatiga mis etkazib beruvchi asosiy davlatlardan hisoblanadi. Vaholanki, inqiroz davrida misning bahosi 2 marta pasaydi. O’zbekiston paxta tolasi eksportining qariyb 85 foizi Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari engil sanoatiga etkazib beriladi. Moliyaviy inqirozning mazkur mamlakatlarga salbiy ta’siri, o’z navbatida, respublikamiz paxta eksportining pasayishiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, paxta tolasi va metallar respublika eksporti tarkibida sezilarli salmoqni tashkil etadi (4-rasmga qarang).

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling