Kurs ishi mavzu: " On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash " Termiz -2022 mundarija kirish
Download 1.02 Mb.
|
7 On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: " On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash " Termiz -2022 MUNDARIJA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining obyekti.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNALOGIYALARI FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 4-KURS 519–GURUH SIRTQI TALABASI QAROROV AKMALNING “INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Mavzu: " On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash " Termiz -2022 MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………………3 I BOB. ON-LINE KURSLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR……………………………………………………..51.1. On-line kurslar haqida tushuncha ……………………………….………....5 1.2. On-line kurslar uchun didaktik materiallar tayyorlash metodikasi………....9 II BOB. DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH METODIKASI….14 2.1. Didaktik materiallar va ularning tutgan o‘rni…………………………...……14 2.2. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar ………………18 XULOSA…………………………………………………………………...………21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………..…….23 KIRISH Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da «…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. Kurs ishining maqsadi. On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash metodikasini takomillashtirish xususiyatlarini ilmiy-nazariy tahlil etib xulosalash va tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining vazifalari: On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash metodikasidan foydalanishda o’qitishni takomillashtirishqo‘llaniladigan usul va vositalarini o’rganish hamda xulosa, tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining obyekti. On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash metodikasidan foydalanish xususiyatlarini tahlil etish jarayoni. Kurs ishining predmeti. On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash metodikasidan foydalanishning mazmuni, shakl, usul va vositalari. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling