2.1 “FURNITURALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT, ULARNING QO’LLANILISHI” MAVZUSINING USLUBIY TA`MINOTI
Dars deganda, o`qituvchining o`quv guruhiga (brigadaga) uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o`zgarmas o`quvchilar bilim mashg`ulot o`tkazishi tushuniladi.
Dars kasb-hunar ta`limi o`quv muassasalarida ham ta`limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.
Har bir dars jarayonining bir qismi hamda bilim, ko`nikma va malakalarini egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir.
Didaktik maqsadlar bo`yicha darsning quyidagi turlari mavjud:
Yangi bilimlarni o`rganish darsi. Bunday darslarda mavzu va ko`zlangan maqsad aytilib, yangi o`quv materiali bayon etiladi va o`quvchilarning mustaqil ishlashi uyushtiriladi, uyga topshiriqlar beriladi, darsning bu xili o`quv materialini o`zlashtirish oson hollarda o`tkaziladi.
Umumiy yoki aralash dars. Bunday darslarda har xil didaktik masalalar hal etiladi-uy topshiriqlarini va o`quvchilarning bilimlarini tekshirish, yangi materialni bayon qilish va boshqalar amalga oshiriladi. Ular maxsus fanlarni o`rganishda bir-biriga eng yaqin zvenolarini o`z ichiga oladi, bu esa o`quvchilar bilimlarini puxta va ongli o`zlashtirishini ta`minlash uchun muhimdir.
Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o`rganilgan materiallar yuzasidan o`quvchilar bilan suhbatlar o`tkaziladi, kinofil`mlar ko`riladi, bilimlar esga solinadi, faktlar va natijalar o`quvchilarning xotirasida mustahkamlanadi. Natijada bilimlar ancha puxtalashadi.
Sinash-tekshirish darsi. Bunday darslarda mavzu, bo`lim yuzasidan og`zaki savol-jaoblar, test yordamida yozma yoki grafik usulda tekshirish ishlari o`tkaziladi. Ulardan ko`zlanadigan maqsad-har bir o`quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baholash uchun kerakli ma`lumotlar olish, ya`ni bilimlarni qanchalik ongli va puxtaligini aniqlashdan iborat.
Muammoli dars. Bu darslardan maqsad o`quvchilar qo`yilgan muammolarni echa olish yoki echa olmasligini aniqlashdir. Bunday darslar o`quvchilar maxsus fanlardan ma`lum bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lganlaridan keyin o`tkaziladi.
Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |