Yangi bilimlarni o`rganish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Yangi o`quv materialini bayon qilish va mustakamlash. 3. Uyga topshiriq berish. 4. Darsni yakunlash.
Umumiy yoki aralash dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshiriqni tekshirish. 3. O`quvchilar bilimini og`zaki (yakka tartibda) tekshirish. 4. Yangi o`quv materialini bayon qilish. 5. Yangi o`quv materialini mustahkamlash. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash.
Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshirig`ini tekshirish. 3. O`quvchilardan so`rash, o`quv materialini mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. 5. Darsni yakunlash.
Sinash-tekshirish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. O`qituvchining topshirig`ini tekshirish. 3. O`quvchilarning savollariga javob berish. 4. O`quvchilarning topshiriqlarini bajarishni tekshirish. 5. Bajarilgan ishlari o`qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash.
Muammoli dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon qilish. 3. Muammoni hal qilish yo`llarini ko`rsatish va hal etish. 4. Natijalarni muhokama qilish. 5. O`qituvchining izohlashi va umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash.
Texnologiya fanini o`qitishda “Furnituralar haqida umumiy ma’lumot, ularning qo’llanilishi” mavzusini ta`lim texnologiyalari asosida o`qitish uslubi.
Mavzu: Furnituralar haqida umumiy ma’lumot, ularning qo’llanilishi.
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga furnitura va uning turlari, bezak berish usullari haqida chuqur va xar tomonlama tushunchalar berishdan iboratdir.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilar mashg`ulot davomida mustaqil fikrlash, shaxsiy yondoshuvlarni asoslay olish, shuningdek tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o`zaro taqqoslash ko`nikmalarini ham shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchini kasbga qiziqtirish, kasbiy bilimi va estetik didini rivojlantirish.
O’quvchilar soni: 25
|
Vaqti – 1 soat
|
Mavzu: Furnituralar haqida umumiy ma’lumot, ularning qo’llanilishi
|
Mashg’ulot rejasi:
|
1. Furnitura va uning turlari.
2. Kiyimlarni badiiy bezatishda kashtachilik san`ati elementlaridan foydalanish.
3. Furnituralarning amaliy bezak sifatida qo`llanilishi.
|
|
Dars maqsadi : O`quvchilarga Kiyim furniturasi va bezak materiallari turlari, bezak berish usullari haqida chuqur va xar tomonlama tushunchalar berishdan iboratdir.
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |