Kurs ishi mavzu: «6-sinf o’quvchilariga “Furnituralar haqida umumiy ma’lumot ularning qo’llanilishi” mavzusini o’qitish mutodikasi» mavzusini o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi. Urganch 2022 mundarija


Download 1.22 Mb.
bet9/12
Sana24.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1114715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI Lolaxon metod2

Faollashtiruvchi savollar:
1. Kiyimlarga badiiy bezak berishda bezaklar qanday guruhlarga bo`linadi?
2. O`zbek kasshtachiligida qanday choklardan foydalaniladi?
3. Furnitura elementlariga nimalar kiradi?
4. Таsma va to`rlar liboslarni bezatishda qanday funksiyani bajaradi?
5. Кiyimlarni bezatishda applikatsiyalarning qanday turlari qo`llaniladi?
O`quvchilar yuqorida keltirilgan tarqatma materiallar asosida va keltirilgan savollar doirasida taqdimot qiladi. Quyida taqdimotlarni o`tkazish bo`yicha ko`rsatmalarni keltirib o`tamiz.
TAQDIMOT (XABAR BERISH)
Taqdimot – o`quv (ilmiy) ish haqida og`zaki ravishda habar berish.
Taqdimot o`tkazish shakllari:
- Interfaol dialog (masalan, konsalting firmasi – kompaniya vakillari)
- Barcha guruh ishtiroqchilari so`zga chiqadi
- Guruh boshlig`i so`zga chiqadi
- Muvaffaqiyatli taqdimotning sirlari
• gapirayotganingizda doimo ishonchli bo`ling;
• aniq, burro gapiring;
• fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg`u berib ajratgan holda ifoda eting;
• bir maromda va asta gapirmang, ammo nisbatan qattiq gapirmang ham;
• hushmuomali va ziyrak bo`ling, jahldor bo`lmang;
• doimo kulib turgan holda boshlang va tugating, ammo bunga ortiqcha
harakat qilmang;
• quyidagi so`z birikmalarini qo`llamang: «Mumkin bo`lsa», «Uni Kim
biladi?», «Mumkin … » va shu kabilar. Bu kabi jumlalar sizning
chiqishingizda o`ziga ishonchlilik bo`lmaslikni keltirib chiqaradi va
natijada siz o`zingizga ishonchni yo`qotasiz:
• ko`rish kontakti (bog`lanishi) ni saqlashga harakat qiling –
tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
• oyoqni chalishtirmang, qo`lni orqada ushlamang, stol, minbarga tayanmang, kuchli imo-ishora qilmang, ruchka, markerni o`ynatmang, ylpig`ich, qog`oz bilan yelpimang va shu kabilar;
• har bir javob va taklifni doimo rag`batlantiring.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling