Kurs ishi mavzu: A. R luriyaning xotiraga doir tadqiqotlari
Tadqiqotning metodologik asosi
Download 58 Kb.
|
Kurs ishi mavzu A. R luriyaning xotiraga doir tadqiqotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
- Xotira jarayonlari va uning nazariy asoslari. 1.1. Xotira jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar tahlili
Tadqiqotning metodologik asosi. Rus psixologlari A.A.Smirnov,P.I.Zinchehko, L.S.Vigotskiy va L.N.Leont’yev, A.R. Luriyaning xotira jarayonini o’rganish borasidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlari, o’zbek olimi professor E.G’oziyevning xotira muammosi bo’yicha nazariy asoslari tadqiqotning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsadi. A.Luriyaning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini psixologik asoslarini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik. Maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik: 1. Xotira jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida olib borilgan tadqiqotlarni tahlil etish. 2. Xotira jarayonini va uni rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslash. 3. A.Luriyaning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini tahlil qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. A.Luriyaning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini kurs ishi darajasida o’rganilishi tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot predmeti. A.Luriyaning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlari Tadqiqotning nazariy ahamiyati. A.Luriyaning xotiraga oid ilmiy tadqiqotlarini ilmiy-nazariy asoslanishi orqali Umumiy psixologiya , Psixologiya , Yosh davrlar psixologiyasi , Eksperimental psixologiya kabi fanlarni ilmiy boyishiga xizmat qiladi . Tadqiqotning amaliy ahamiyati. xotira jarayoni uni rivojlanishini o’ziga xoc xususiyatlarini borasida olingan ma’lumotlarni tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar faoliyatida qo’llanishi mumkin. Ishning tuzulishi. Ish ikkita bobdan, 3 ta paragraf , xulosa, tavsiyalardan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat . I-bob. Xotira jarayonlari va uning nazariy asoslari. 1.1. Xotira jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar tahlili Xotira jarayonlarini o’rganish bo’yicha psixologiya fani sohasida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Xotira va uning jarayonlari olamni bilishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bola olamni bilishda olgan ma’lumotlari ular uchun yangi-yangi ochilishlar bolib hisoblanadi. Idrok etilgan ma’lumotlar uning miyyasida saqlanib qoladi, keyingi ma’lumotlarni idrok etishda avval o’zlashtirilgan va ongida saralangan ma’lumotlarga tayanadi. Xotira kishining bilishida muhim ekan, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurati tug’iladi. Maktabgacha yosh davrida bolaning xotira jarayonlarini o’rganar ekanmiz, bu borada olib borilgan tadqiqotlarni tahlil etish vazifasini qo’ydik. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki xotirani rivojlantirish mumkin. Dastlab olimlar xotirani mnemonak shaklini o’rganishga harakat qilgan. Bu esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun’iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qollaniladigan usullar yi’gindisi. Mnemonika koproq assotsiativ (o’xshashlik, yondoshlik va qarama –qarshilik) qonunlariga asoslangan bo’lib, faqat o’zaro bog’langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo’llaniladigan yordamchi usullar yig’indisidir. Buni yuzaga kelishi eramizdan avvalgi VI-V yuz yilliklarga borib taqaladi. Mnemotexnikani asoschisi shoir va faylasuf Simonid Keossk hisoblanadi. XVIII asrda mnemotexnika mashg’ulotlari usllarini italyan olimi Mon Di Modena takomillashtirdi. Daniyalik olim Karla Otto XIX asrda mnemotexnikadan tizimli ravishda foydalanish bilan shuxrat qozondi. 1837- yilda taniqli mnemonist R.Yu.Yavinskiy tarixni o’qitishda bu usulni qo’lladi. U har qanday fakt, tarix mazmuni oddiy holda xotirada o’rnashib qolishini isbotlab berdi. Bunda agarda ma’lum bir yil qandaydir tanish kombinatsiyalar nuqtai nazariyadan tasavvurlar bilan birlashtirilsa va mnemonik jadvallar kataklariga joylashtirilsa faxm va tarix mazmuni xotirada o’rnashib qolar ekan. Mnemotexnikadan olim Simond foydalanib u quyidagicha xulosaga keladi. 1. Tasavvurlar tashqi ta’sirlar asosida his qiluvchi organlar orqali ma’lum impulslar asosida yuz beradi. 2. G’oyalarning assotsatsiyasida to’rt qonun mavjud: o’xshashlik qonuni, qarama–qarshilik qonuni, birin- ketinlik qonuni bir vaqtdalik qonuni. Bu qonunlarning asosi taqqoslash prinsipidir. Bularning barchasi o’zaro bog’liqdir. 3. Bu bog’liqliklarni topishda mnemotexnika barcha eslab qolingan ma’lumotlarni so’zlarga bo’lib chiqadi. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin: a) alohida nomlar, iboralar. b) matnli kalit so’zlari c) sana XX yuz yillikda Rossiyada xotirani mustahkamlash uchun bir qancha tadqiqotlar amalga oshirildi. Bir guruh olimlar katta ma’lumotlarni eslab qolishda sun’iy assotsiatsiyalarni yaratish bilan xotira ishini kuchaytirishga e’tibor qaratdilar. Boshqa olimlar eslab qolishni yaxshilashni o’rgandilar va sharoit yaratdilar. Bu olimlarga quyidagilarni kiritdilar: O’rganilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash usullari. Yosh va individual hususiyatlarni hisobga olish. Faoliyat predmetini o’rganish Eslab qolish kerak bo’lgan topshiriqning ma’nosi va ifodasi Ijobiy emotsiyalarni shakllantirish Ma’lumotlarni ma’lum bir tizimda takrorlashni tashkillash Assotiatsiyalar qayta tiklash faoliyatini kuchaytiradi. Rus psixologi R.S.Nemov eslab qolish oson bo’lgan, yaxshi tanish predmet bilan fikrni bog’lash orqali eslab qolish borasida o’z qarashlarini ifoda etadi( 17.352). Uning fikricha bajarish kerak bo’lgan ishlarni eslab qolish uchun quyidagilarga amal qilish kerakligini tavsiya etadi. Har bir ish bilan bog’liq predmetni tanlab olish. Predmetlarni bir-biri bilan har qanday, hattoki mo’jizaviy tarzda bog’lash Hosil bo’lgan odatiy predmetni fikran ko’z oldiga keltirish. Uning ko’rsatishicha assotsiatsiyalar usulida eslab qolish uchun quyidagilar zarur: Assotsiatsiyalarni bo’rttirish, chunki ulkan predmetlarni eslab qolish oson. Assotsiatsiyalarni harakatlantish zarur, chunki harakat obrazlarni jonlantiradi va eslab qolishni qiziqarli tarzda yuzaga keltiradi. Assotsiatsiyalarni birini boshqasiga almashtirish, bir-biri bilan aloqa eslab qolish jarayonini yengillashtiradi. Aloqa va assotsiatsiyalar zerikarli va siyqasi chiqqan bolishi kerak emas. Amerikalik psixolog M.Djons o’z eksperimentlarida talabalarning bilimlarini tekshirish uchun ma’ruzalar mazmunini turli vaqt oralig’ida tekshirdi. Natija quyidagicha ko’rsatkichni berdi: ma’ruzadan keyinoq asosiy ma’no 65%, ma’ruzadan 3-4 kundan keyin -45.3% bir haftadan keyin 34.6%, ikki haftadan keyin 30.6%, sakkiz haftadan keyin 24.1% ni eslab qolganlar. Unutish jarayonini sekinlashtirish uchun idrok etilgan materialni takrorlashni tashkil etish muhim bo’lib, tadqiqotchi M.N.Shardakovni eksperimentlari asosida quyidagi natijalarni oldi. Agar idrok etilgan materialni o’sha kuni takrorlab chiqilmasa bir kundan so’ng xotirada 74%, takrorlanganda -88% materialni eslab qolar ekan. Tahlil qilish jarayoni xotirada bir qancha qonuniyatlarni yuzaga keltirishiga ta’sir ko’rsatadi. Rus olimi T.Ribo bu borada quyidagi qonuniyatlarni ko’rsatib o’tadi. Xotira kishining individual hususiyatlari bilan bog’liq psixikaning anomalligi xotiradagi patologiyaga olib keladi. Kishining xotirasi bir hil qoida asosida ham yo’qoladi va tug’iladi. Xotiraning yo’qolishida murakkab va yaqin orada o’zlashtirilgan tasavvurlar jabr chekadi. Xotira qayta tiklanganda aksincha avval oddiy va eski xotiralar tiklanadi. Vezuvin -1281 m – bu yerda yaqinda vulqon otilgan kabilar. Olimlar M.A.Ziganov va V.A.Kozarenko xotirada kodlashtirish muammosi bo’yicha tadqiqotlar olib boradi. Ularning fikricha, “Obrazli kod – bu ma’lum bir ma’lumot bilan qattiq mustahkamlangan ko’ruv obrazi”. Rus olimi I.Matyugin xotira jarayonlari borasida tadqiqotlar olib borib, chet tili so’zlarini eslab qolishning metodlarini ishlab chiqadi. U chet tili so’zlarini eslab qolishda uning fonetik tuzilishi assotsiatsiyasini ko’rsatib o’tadi. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir. A. A.Smirnov, P. I. Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bulishi mumkin. A. A. Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga Qaraganda, ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi xolda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish, unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. Bu samaradorlik esa ko’p jihatdan beriladigan ko’rsatmalarga bog’liqdir. Umuman esda olib qolish ko’rsatmasi uzoq va qisqa muddatli esda saqlashga, aniq esga tushirishga yoki so’zlari bilan esga tushirishga qarab ko’rsatmalar berish mumkin. Tajriba o’tkazuvchilarning xizmati shundaki, a) sinaluvchilarga tegishli ko’rsatmalarni ishlab chiqish yoki ularni yaratish, b) qaysi xabar, ma’lumot, axborot, taassurot muvaqqat xususiyatga ega, v) nimani esda olib qolish zaruriyati mavjud, g) qandaylarini tushunib olish kifoya qiladi, d) nimani qay xolda so’zma-so’z esda olib qolish kerakligini ko’rsatib o’tish lozim. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish soxasidagi yodlashdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnovning o’tkazgan tajribasidagi natijalar shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan xolda yodlash rejasi, palapartish esda olib qolishdan ikki baravar samaraliroq ekan. Psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirish o’zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bulishligi yoki bulmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G. Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo’lib, 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani (1888 yilda intellektni) ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajribada tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko’rinishda o’rganishga harakat qilib, ma’no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalanadi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasini emas, balki mexaniq xotirasiga nisbatan qo’llanishga xos to’g’ri yo’nalishdir. G. Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan. To’plangan natijalarning ko’rsatishicha, material yod olingandan so’ng unutish sur’ati tez, keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bo’g’inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko’rsatishicha, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqti bog’lanishlarni, ya’ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti - harakatlarni talab qiladi. G. Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki ma’nosizligiga, uning qanchalik anglashilganligiga bog’liqdir. Material qanchalik mazmundor, anglashilgan, tushunib olingan bo’lsa, u xolda unutish xam shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan xam unutish avval tez surhatda, keyinchalik esa bu sekinlashadi. Biron bir materialni o’zlashtirish yoki esda olib qolish — insonning extiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq bulsa, bu material sekin unutiladi. Yuqoridagi fikr va mulohazalarning isboti uchun G. Ebbingauzning hayotiy tajribasidagi misolni keltirib o’tamiz. U Don Juan Bayronning to’rtligini 24 soatda o’zlashtirib oladi. Bu to’rtlik G. Ebbingauz uchun shaxsiy ahamiyat kasb etgan, shu bilan birga, uning qiziqish istaklariga mos tushgan. Bunda o’zlashtirish jarayoni ko’piligicha ketadi: ikkinchi marta takrorlash 50 foiz vaqtni tejagan, keyin vaqt o’tishi bilan bu to’rtlikni takrorlash 34 foiz vaqtni tashkil qilgan. Oradan 22 yil o’tgandan so’ng xam bu to’rtlik xanuzgacha uning ko’z o’ngidan ketmagan. Xuddi shu g’azalning boshqa bir to’rtligini yod olishga harakat kilib kurilganda, buning uchun birmuncha ko’p vaqt talab qilgan xamda 7 foiz vaqt ketgach, bu g’azalning qolgan qismlari yod olinmagan. Demak, bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, odam uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalarning ko’pchilik qismi mutlako esdan chiqib ketmaydi. 1926 yili P. Vil’yamson bir bo’g’inli so’zlar asosida tuzilgan materialdan foydalanib, A Dittse va G. Djons (1931 yili) kasr usulidagi matndan olingan materialni bir marta o’qib chiqilgandan so’ng, olingan materiallarga ko’ra, unutish jarayoni Ebbingauzning ma’nosiz bo’g’inlar yordamida tuzilgan materiallar asosida o’tkazilgan tajribasidan farqli ravishda, quyidagicha natija bergan: Ebbingauz tajribalarida bir soat ichida 35 foizga keskin pasaygan bo’lsa, Dattse Djonslarning tajribalarida unutish 72 foizga, P. Vil’yamsonnikida esa unutish 75 foizga pastlashgan xolda egri chiziq hosil. Sobiq sho’ro psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo’lgan materiallarni o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqdaydi. A. N. Leont’ev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar, shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan xolda maktab o’quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar. P. I. Zinchenko, M. N. Shardakov, A. I. Lipkinalarning tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda tushunishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan xamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta’minlanadi . A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha xech kim, xech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni mexanik tarzda olib qolishlari ko’rsatilmagan. Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871—1938) fikricha, bolalarda xam, katta yoshdagi odamlarda xam ma’nosiga tushunib o’zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam maxsuldordir. Bu mulohaza xaqiqatan xam to’g’ri bo’lib, u Meymon fikriga ko’ra, yosh ulg’ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolish esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o’xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan xam to’plangan bo’lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o’z ifodasini topgan. A. A. Smirnov ma’no anglatmaydigan bo’g’inlardan va ma’no kasb etuvchi so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni aloxida tekshirish, xar ikkala yosh davrida mazmundor va mazmunsiz materialni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan. Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolaga nisbatan kattalarda ustunligi, lekin ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo’g’inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda xam yaxshi o’zlashtiriladi. A. N. Leont’ev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo’g’inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishligi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog’lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan xam kuchliroq ma’no kasb etadi, shuningdek ma’no anglatmaydigan materialni o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi, maxsuldorroq bo’ladi. Ma’nosiz materiallar egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiqot qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan (1896-1934). L. S. Vigotskiy 20-yillarning oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining rivojlanish muammosini tanlagan va u o’z shogirdlariga L. N. Leontg’ev (1903-1979) va L. V. Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruxiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish jixatidan ijtimoiyligini ko’rsatadi. Shuning bilan birga u murakkab, moxiyatiga ko’ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini dalillab berdi. Psixologlardan A. A. Smirnov, P. I. Zinchenqolar xam xotira bo’yicha ilmiy-tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog’liqligini yoritdilar, murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko’rsatib berishga muvofiq bo’ldilar. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling