Sektorning asosiy vazifalari
foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini yuqori darajali axborot-kutubxona xizmati bilan qondiradi;
barcha bilim sohalari bo‘yicha erkin ma’lumot tanlash uchun sharoit yaratadi;
shaxsni shakllantirish, bilim olish va o‘z ustida ishlash, foydalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratadi;
sektor axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashadi;
milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
Sektorning asosiy funksiyalari
sektor o‘z kitob fondi va axborot omillari haqida foydalanuvchilarga axborot berib boradi;
defferensial axborot-kutubxona xizmatini amalga oshiradi;
foydalanuvchilarning o‘qishi va o‘z ustida ishlashi, bo‘sh vaqtlarini tashkil etishi uchun axborot ko‘magini tashkil etadi;
sektor foydalanuvchilarining o‘qish madaniyatini shakllantiradi va ushbu ishni doimiy ravishda olib boradi;
ko‘rgazmali targ‘ibot orqali fondni xarakatga keltiradi;
sektor fondining tarkibini va undan foydalanishini o‘rganadi;
belgilangan tartibda foydalanuvchilarning talablarini va murojaatlarini hisobga olib borib, sektor hisobotini shakllantiradi;
sektor xodimlari AKMda tashkil etilgan seminar, trening, amaliy ko‘rgazmalar, konferensiyalarda qatnashadilar.
Madaniy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori axborot-kutubxona markazining elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmatining tarkibiga kiradi.
Sektor yakka va guruxli xizmat ko‘rsatish turlari orqali, yoshlar ongiga istiqlol g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga ko‘maklashish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Sektor ma’naviyatimiz yulduzlari, o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkirlari qutlug‘ merosidan yoshlarimizning bahramand bo‘lishiga, ularning mana shunday ma’naviy muhitda kamol topishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |