Kurs ishi mavzu: A. S. Pushkin nomidagi samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G. G’. Samarqand 2023 reja
Axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmati
Download 289.41 Kb.
|
samarqand kutubxonasi.KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vazifalari
- Xizmatning asosiy funksiyalari
Axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmatiAxborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati-viloyat axborot-kutubxona markazining tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, AKMda axborot-kutubxona fondlarini jamlash,umumiy va yakka tartibda hisobga olish vazifasini amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi. Asosiy vazifalari AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi. Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘alar) orqali,fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi. Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riknoma (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi. Milliy kutubxona tamonidan ishlab chiqilgan fondlarni to‘ldirish mezonlari asosida ish yuritadi. Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo‘llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi. Xizmatning asosiy funksiyalari Boshqa xizmat vakillari bilan birgalikda kitob fondlarini to‘ldirishning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi. Xarid qilib olish uchun zarur bo‘lgan (nashriyot rejalari, takliflar ruyxati, davriy nashrlar kataloglari va xokazolar bo‘yicha) adabiyotlarni tayyorlaydi. AKMning zaxira fondiga xujjatlarni kabul kilib oladi, AKMning asosiy va kushimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan xujjatlarni zaxira fondidan takdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zaxira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi. Axborot kutubxona fondlarini jamlash xizmati viloyat axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirish uchun metodik yordam ko‘rsatadi. Mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yetakchi axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va o‘z faoliyatida amaliyotga joriy etadi. Xizmatning barcha ko‘rinishdagi ish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va yillik reja, hisobotlarini tuzadi. O‘rnatilgan namunadagi hujjatlarda qabul qilingan kutubxona ko‘rsatkichlari va hisoblash birliklarida bajarilgan ishlarni qayd etadi. Xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashadi tajribasini umumlashtiradi. XULOSA Samarqand viloyati - axborot kutubxona markazi Samarqand viloyatida milliy va Xulosa o`rnida shuni aytamanki Samarqand axborot kutubxonasi 1911 yilda tashkil topilgan ekan. Kutubxona arxeologlar tomonidan tashkil etilgan bo’lib muzey bilan bir binoda joylashgan . Hozirda ushbu kutubxona samarqandda joylashga .Kutubxonada ilk bora birinchi direktor Andereyev.V bo‘lgan, juda mehnatkash ziyolilardan edilar. A.S. Pushkin tavaludining 100 yiligi munosabati bilan Samarqand kutubxonasiga Pushkin nomi berilgan ekan. Samarqand axborot kutubxonasi markazi jahon madaniyatini, fan va ta'limni rivojlantirish manfaatlari yo'lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanar ekan. Kutubxonaning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanar ekan. Axborot-kutubxona fondi byudjetdan ajratiladigan mablag'lar, nashrlarining majburiy nusxasini hamda tashkilotlar va xususiy shaxslardan homiylik yordamini olish hisobiga shakllantirilar ekan. Kutubxona noyob hamda alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini asrash va ulardan foydalanishni ta'minlash maqsadida va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda axborot-kutubxona fondlari va boshqa axborot-kutubxona resurslarini asrash va ulardan foydalanishning alohida tartibini ishlab chiqar ekan. Samarqand axborot kutubxona markazi Samarqand viloyatidagi eng katta kutubxona hisoblanib u viloyat tuman kutubxonalariga metodik yordam beradi Samarqand axborot kutubxona markazi ish faoliyatini o’rganish jarayonida yana shunga e’tibor qaradimki hozirda barcha axborot kutubxona markazlarini rivojlantirish uchun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasidan metodik yordam berilar ekan. Download 289.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling