Kurs ishi mavzu: “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test miyyorining maqsadi va vazifalari
Shaxsni tarbiyalashda «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlarining o`rni va axamiyati
Download 51.64 Kb.
|
Alpomish va Barchinoy testi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus testlarning tizimi
2. Shaxsni tarbiyalashda «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlarining o`rni va axamiyati
Donishmandlar ta’biricha insonda hamma narsa (ichki tuyg`u va tashqi qiyofa) doim go`zal bo`lishi lozim. Bu naql va da’vat barkamollikning belgisidir desa bo`ladi. «Sog` tanda sog`lom aql» deyishning boisi shundaki, barkamollikning manba’i bo`lgan ma’naviy boylik madaniyati va jismoniy kamolotning yetukligi o`zaro mutanosib bo`lmog`i zarurdir. Barkamollik va uni boyitish madaniyati doimiy ravishda tarbiyalashni hayot, davr va ijtimoiy pedagogik vaziyatlarni talab etadi. Shu sababdan aql va odoblilik me’yorlari oila, bog`cha, o`quv muassasalari, mahalla va tashqi muhitda (turli madaniy tadbirlar, bayramlar, sport musobaqalari va h.k) shakllanadi va takomilshatiriladi. Bunda o`quv muassasalaridagi ta’limtarbiya asosiy o`rinda turadi. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg`ulotlari va musobaqalarning mazmunida majmuiy (kompleks) jismoniy tarbiya mashqlari mujassamlashgan. Chunki ko`p qirrali va turli xil jismoniy mashqlar (sport ham) inson tanasining har tomonlama (garmonik) rivojlanishini ta’minlaydi. Bu yo`lda «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlari mazmun va mohiyat jihatdan talablarga javob bera oladi. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o`yinlari va sayohatlarni maqsad yo`lida tashkil qilishga jiddiy e’tibor berdi. Bu yo`lda anchagina qonunlar, qarorlar qabul qilinib, tashkiliy islohatlar o`tkazildi, beqiyos ko`p sport tadbirlari tashkil qilindi. Ularning tarkibida «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlarining ishlab chiqilishi va unga maqom berilishi (2019 yil 29-yanvar) Respublika jismoniy madaniyat va sport harakatida muhim burilish bo`ldi. Barcha turdagi va toifadagi o`quv muassasalarining «Jismoniy tarbiya» dasturlari va o`quv-uslubiy qo`llanmalarida «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlarining ba’zi bir (yengil atletika, gimnastika, suzish, kurash, sayohat va h.k) turlari mazmun topdi. Mazkur maxsus testlar Nizomi mazmunida ta’kidlanishicha aholining 6 yoshdan 70 yosh va undan katta yoshdagilar. testlarning me’yoriy talablari bo`yicha shug`ullanishi va maxsus musobaqalarda ishtirok etib, har yili ularni bajarib borishga da’vat etilgan. Testning mazmunan va mohiyatan qulayligi hamda afzalligi shundaki eng avvalo faol harakatlarni tarbiyalovchi va ta’minlovchi majmuiy (kompleks) mashqlarning turlari kiritilgan. Shug`ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy barkamolligi asosida me’yoriy talab miqdorlari (normativlar) belgilangan. Ularni to`la va o`z muddatida bajargan kishilarni rag`batlantirish maqsadida ko`krak nishonlari (oltin suvi bilan bezatilgan) ta’sis etilgan. Bularning barchasi shug`ullanuvchilarni barkamollikka yetaklashda muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. Bu mulohazalar muammoning bir tomoni desa bo`ladi. Ikkinchi tomoni esa bu yo`lda erishilayotgan yutuqlar, tajribalar va ba’zi bir muhim vazifalardir. o`quv muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarida maxsus testlar bo`yicha nazorat hamda tashkiliy faoliyatlarini boshqarish maqsadida maxsus komissiyalar tuzilib, ularning mas’uliyati jamoa rahbarlariga topshirilgan. Bu komissiyalar o`zlarining imkoniyat va sharoitlari doirasida maxsus testlarni bajarishga tayyorgarlik mashg`ulotlarini uyushtirish, musobaqalarni o`tkazish, ilg`or tashkilotchilar va test talablarini to`la bajarganlarni nishonlar hamda turli buyum-sovg`alar bilan taqdirlashni yaxshi yo`lga qo`yishmoqda. Umumta’lim maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish mehnat jamoalarida faoliyat ko`rsatayotganlarning 60-70% testlar mashg`ulotlariga jalb etilgan va ularning ko`pchilik qismi rasmiy musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Maxsus testlarning u yoki bu turi (gimnastika, yengil atletika, suzish va h.k) bo`yicha yaxshi natijalarni ko`rsatgan yoshlar sport bilan shug`ullanishga jalb etilmoqda. Bunda bolalar va o`smirlar sport maktablari (BO`SM) murabbiylarining e’tibori va xizmatlari tahsinga sazovordir. «Alpomish»va «Barchinoy»maxsus testlarining mohiyat jihatdan nufuzi va salohiyati ortib bormoqda. Shunga qaramasdan cheklanish kabi salbiy jarayonlar ham kam emas. Ularning ba’zi birlarini namuna sifatida keltirish mumkin, ya’ni: -viloyatlardagi aksariyat ko`pchilik o`quv muassasalarida maxsus testlar bo`yicha tayyorgarlik va talablarni bajarish uchun rasmiy musobaqalar o`tkazilmaydi. Jismoniy tarbiya darslaridagi talab (zachyot, baho) va musobaqalardagi (yengil atletika, gimnastika) natijalar asosida o`quvchiyoshlar hamda talabalarning testlarni bajarganligi haqida hisobot berishadi. Barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishda jismoniy tarbiya vositalaridan maqsadli foydalanishni amalga oshirish yo`llida quyidagi vazifalarni tavsiya etish mumkin: 1. Ta’lim-tarbiya, jismoniy tarbiya va sport va ular bilan aloqador qonunlar, hukumat qarorlari hamda «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlari Nizomini sharhlash, ularni keng omma orasida chuqur targ`ibot qilishda ommaviy axborot vositalari hamda teleradio faoliyati mas’uliyatini kuchaytirish. Bunda o`quv muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari faoliyatida maxsus testlar bo`yicha aniq ko`rsatmalarni yoritish. 2. Mehnat qilish (o`qish va jismoniy mehnat), mudofaa ishlarini amalga oshirish, jismoniy barkamollikni ta’minlash, uzoq umr ko`rish, kasalliklarga chalinmaslik yo`llarini har bir o`quvchi-yoshlar va fuqarolar amalga oshirishi lozim. 3. Davlat idoralari va jamoatchi tashkilotlar (homiylar ham) o`zlariga mansub bo`lgan jamoalarda maxsus testlar bilan muntazam shug`ullanish bo`yicha tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish, moddiy jihatdan ta’minlash. 4. Oliy va o`rta maxsus o`quv muassasalari hamda ishlab chiqarish jamoalarida anjumanlar, seminar-kengashlar tashkil qilish va bunda rahbar hodimlarning tashkilotchilik faoliyatlarini kengaytirish. 5. Maxsus testlar bo`yicha o`tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari va ilg`or tajribalarini maxsus kitob-qo`llanma ravishda nashrdan chiqarish va ularni joylarga yetkazish. 6. Respublika miqyosida «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlari musobaqalarini tashkil qilib borish, g`oliblarni taqdirlash, ayniqsa maktablarni bitiruvchi (9-11sinf), litsey va texnikumlarni o`qib tugatganlarga o`qishga kirishga (kollejlar va oliy ta’lim muassasasi) imtiyozlar (imtihonsiz) berish. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishda beqiyos ko`p tadbiralr, imkoniyatlar mavjud. Barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o`rni, mohiyati keng qamrovli ijtimoiy-pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonlar «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlari mazmunida mujassamlashgan. Maxsus testlarning tizimi Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo`linadi: 1-guruh — 6 — 8 yoshdagilar; 2-guruh — 9—10 yoshdagilar; 3-guruh — 11—12 yoshdagilar; 4-guruh — 13 — 15 yoshdagilar; 5-guruh — 16—17 yoshdagilar; 6-guruh — 18 — 25 yoshdagilar; 7-guruh — 26 — 33 yoshdagilar; 8-guruh — 34 — 41 yoshdagilar; 9-guruh — 42 — 49 yoshdagilar; 10-guruh — 50 — 59 yoshdagilar; 11-guruh — 60 — 69 yoshdagilar; 12-guruh — 70 yosh va undan katta yoshdagilar. Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maxsus testlarda belgilangan shartlarning (keyingi o`rinlarda matnda sinovlar deb ataladi) bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Bunday sinovlar insonning jinsi va yoshiga nisbatan uning asosiy jismoniy rivojlanish sifati, harakatlanish bilimlari hamda ko`nikmalarini namoyon qiladi. Sinov turlari ikkiga bo`linadi, ular majburiy sinovlar va ixtiyoriy sinovlardan iborat. Majburiy sinovlar belgilangan pog`ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan: a) chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; b) kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; v) egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi. Ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog`ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan: a) tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; b) harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi; v) egallagan amaliy ko`nikmalarining rivojlanish darajasi. Download 51.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling