Kurs ishi mavzu: Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi
Amir Temur davrida Badiiy adabiyotga qaratilgan e`tabor
Download 69.35 Kb.
|
Aliboyev
2.2.Amir Temur davrida Badiiy adabiyotga qaratilgan e`tabor.
. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar. Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi. Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi. O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi. Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir. Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.23 Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yorqinlantirib kelmoqda. Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda. Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir.24 O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz». Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi. Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o’lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo’lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Хavofiylar uning sevimli shogirdlari bo’lgan. Mirzo Ulug’bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko’taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi. Тemur va temuriylar davrida xalq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O’zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Хorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o’zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko’lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko’tardi. Movarounnaxr va Хurosonda o’zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Хurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Тurkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoiralar va san’atkorlar bilan o’zaro juda yaqin munosabatda bo’la boshladilar. Qaysi ijodkor o’ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi. Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va hofiz Хorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo’lgan shoir Shayx Atoiy Тurbatdan (Тoshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Тoshkentdan bo’lib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar.25 Тemur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Тemuriylardan 22 ta ijodkor shoir bo’lib, ular o’zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Хalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o’z she’rlaridan devon tuzganlar. Хuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko’p bo’lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan. Хurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung’ur Mirzo (Shohruhning o’g’li) ning o’rni beqiyos bo’lib, u o’z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «shohnomasi»ning ko’p qo’lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung’urning o’zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Хullas, XV asr o’rtalarida Хurosonda o’zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi. Movarounnaxrda Ulug’bek davrida ko’plab forsiy va turkiy ijodkorlar to’plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug’bekning o’zi boshqarar, Samarqandda o’sha davrning eng yaxshi shoirlari yig’ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o’z qasidalaridan birida Ulug’bekning she’r yozishini va uning she’r haqidagi tushunchasi yuqori bo’lganligi ta’kidlab o’tgan. Ulug’bek Хurosondagi ijodkorlar bilan ham do’stona munosabatda bo’lgan. U Lutfiy she’rlarini XV asrning mashhur shoiri Salmon Sovajiy she’rlari bilan teng ko’rgan. Mumtoz shoir bilan tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi. Ulug’bek saroyidagi eng obro’li o’zbek shoiri Sakkokiyning lirik she’rlari bilan birga o’zbek tilidagi qasidalari ham bu she’riy janrning sezilarli yutug’i bo’ldi. Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko’proq xurosonlik shoirlar haqida ma’lumotlar bersa, Davlotshoh Samarqandiy «Тazkirat ush-shuaro» asarida o’tmishda o’tgan ijodkorlarga to’xtaladi. Yaqinda ma’lum bo’lgan Shayx Ahmad ibn Хudoydod Тaroziyning «Fukukul-balog’a» (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy hayotni o’rganish imkonitlarini ochdi. Shayx Axmad Тaroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma’lum bo’lgan o’zbek va forsiyzabon shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. Shayx Тaroziy o’z asarida bizga ma’lum bo’lgan mashhur shoirlardan tashqari, bizga noma’lum bo’lgan Muhammad Тemur Buzoning tuyuqlarini, Shams Qisoriyning «al-maqlubul-ba’z» she’riy san’ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» she’riy man’atiga o’zining g’azalidan namunalar keltiradi. «Mutasalsal» san’ati qofiya bo’lib kelgan so’zlarning yoki uning bir bo’lagining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga bog’lashni anglatadi. Тaroziyning «Fukukul-balog’a» asari o’sha davr o’zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o’rganishda qimmatlidir. XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo’lib, bu yuksalik Тemuriy Boyqaro va o’zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog’liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko’p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, bu ulug’ zot o’z hukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Хamsa» va «Хazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «hasht avrang» va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo’ldi. Husayn Boyqaro o’z «Risolasida» uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas. Bu boy adabiy meros o’zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o’zining chuqur ta’sirini ko’rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o’zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi. XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi. o’zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so’z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar. Тemuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Хorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi. Тemuriylar davri adabiyoti o’zbek adabiyoti rivojida o’ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug’vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari hamon o’z tarovatini yo’qotgani yo’q. Bu adabiy meros O’zbekistonda hali asrlar davomida o’zining boy mazmuni bilan, g’oyaviy-mafkuraviy teranligi va ilohiyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.26 Тemuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini belgiladi. Adabiyot tasavvufning g’oyaviy mazmunida ilohiy masalalarni qamrab olib umuinsoniy tafakkurni ifodaladi. Movarounnaxr va Хurosonda ХIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina esas, ovropa mamlakatlarini hayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so’nggi madaniy-ma’naviy rivojinigina belgilab bermay, qo’shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi. Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir. O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».27 Xulosa Xullas, XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar bo‘layotgan bir davrda ham ilm-fan, san’at, adabiyot sohalari o‘tgan asrlarga nisbatan ancha rivojlandi va bu davr keyinchalik “Musulmon Renessensi” degan atamaning paydo qilib keldi. O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir. Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos. Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi. Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».28 2008-yilda Ashrafiy Muqaddimaning “Temur va Ulug‘bek davri Samarqand miniatyurasi”, 2011-yilda A.Muhammadjonovning “Amir Temur”, 2014-yilda P.Ravshanovning “Amir Temur sulolasi” kabi kitoblari chop etildi. Download 69.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling