Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet9/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

To'rtinchi ustuvor yo'nalish - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkaziladigan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni so'zda yoki qog'ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish.
“Axborot sohasini jadal rivojlantirish, deydi I.A.Karimov, - ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio, televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur.
Qisqa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari tom ma'noda “to'rtinchi hokimiyat” darajasiga ko'tarilmog'i lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, bu yo'nalishda ko'p ish qilinmoqda”. Eng muhimi - ommaviy axborot vositalari jamiyatni demokratlashtirish va kishilarimizni huquqiy-demokratik qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o'zbek xalqi milliy mentalitetini yangi sifatiy miqyoslarga ko'tarmog'i shart. Shu ma'noda Yurtboshimiz inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, so'z va matbuot mustaqilligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni hayotga keng joriy qilish – jamiyatimizni yanada rivojlantirish hamda sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo'nalish ekanini ta'kidladi.
Shuningdek, yuqorida ta'kidlagan ustuvor maqsad bilan bog'liq vazifalardan hisoblangan ochiq jamiyatga xos oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik fikrini o'rganish usul-uslublarini takomillashtirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sabab - shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining holatini, jamoatchilik fikrini uzluksiz o'rganib, natijalarini umumlashtirgan holda, ijtimoiy hayotning u yoxud bu sohalari bilan bog'liq muammolarni OAVda aks ettirishi lozim.
Islom Karimov nutqida to'rtinchi maqsad-vazifa bilan bog'liq yana bir masala -jamiyatda teran siyosiy madaniyatni yuksaltirish, aholi siyosiy faolligini yanada oshirish, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida, shuningdek, saylovlarda ongli faol ishtirok etishni to'la ta'minlash, haqiqiy ko'ppartiyaviylik, demokratik parlamentarizm, ijobiy siyosiy raqobat muhitini qaror toptirish va jamiyatimiz siyosiy maydonida tan olingan sog'lom muxolifat paydo bo'lishiga hissa qo'shish kabi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, demokratik yangilanish jarayonlarini maqsadli tezlashtirishning muhim omili, deb aytildi. Xuddi mana shu Oliy Majlisni ikki palatali qilib tashkil etish, quyi palataga, asosan partiyalar tomonidan taqdim etiladigan ro'yxatlar bo'yicha saylov o'tkazish jamiyatimizni siyosiy jihatdan faollashtirishga kuchli turtki beradi. Saylovlar to'g'risidagi qonunning qoidalarini qaytadan ko'rib chiqish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling