Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet8/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

Ikkinchidan, umumxavfsizlikka tahdid asosan, etnik, diniy va mintaqaviy mojarolar mamlakat ichidagi separatizm, xalqaro terrorchilik vositasida ro'y berayotgan haqiqatdan kelib chiqqan holda Islom Karimov 1993 yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida, keyinchalik esa qator xalqaro anjumanlardagi nutqlarida butun dunyo davlatlari va jamoatchiligini xalqaro terrorchilikning dahshatli fojeiy oqibatlari haqida ogohlantirib keldi. Lekin bu odil murojaat va chaqiruvga deyarli hech kim e'tibor bermadi.
2001 yil sentyabrida AQShda sodir etilgan terrorchilik bilan bog'liq fojialar jahonning turli mintaqalari diqqatini o'ziga tortdi. Bu fojia bugungi kunda hamma uchun bitta haqiqat, ya'ni butun insoniyatga xavf solib turuvchi yovuzlikni bartaraf etishdan biror mamlakat ham chetda turishi mumkin emasligini ko'rsatdi. Ayni shu bois Islom Karimovning hushyorlikka, ogohlikka da'vati barcha uchun tom ma'noda taqdirilomon da'vat bo'ldi. O'zbekistonning terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro koalitsiyaga qo'shilgani sababi ana shunda.
Islom Karimovning xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdagi tinimsiz xizmatlarini jahon, nihoyat, tan oldi. U “Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi”, degan mukofot bilan taqdirlandi. Aynan shu xizmatlari o'laroq, 2002 yilda Islom Karimov Amerikadagi Pyu Riserch Senter mustaqil tadqiqot markazi o'tkazgan so'rov asosida jahon davlatlari rahbarlari orasida eng yuqori reytingga ega bo'ldi.
Mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligini ta'minlashda (“Ogoh bo'ling, odamlar!”) mintaqaviy mojarolarning oldini olish, diniy ekstremizm va fundamentalizmga, buyuk davlatchilik shovinizmi hamda agressiv millatparastlikka, etnik va millatlararo ziddiyatlarga, korruptsiya hamda jinoyatchilikka, mahalliyparastlik va urug'-aymoqchilik munosabatlariga, xalqaro terrorchilik va narkobiznesga qarshi kurash hal qiluvchi omillardan bo'ldi.
Ayni paytda, barqarorlikning shartlari-yu taraqqiyot kafolatlari bo'lgan mintaqaviy ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi, davlatchilikni shakllantirish hamda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, demokratik institutlarni, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, bozor munosabatlarining qaror topishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi, kuchli ijtimoiy siyosat, aholining ijtimoiy faolligini orttirish, jug'rofiy - strategik imkoniyatlar va tabiiy xom ashyo resurslari, inson salohiyati, ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi, keng ko'lamli o'zgarishlar, taqdirilomon masalalar sifatida qaralmoqda.
Eng muhimi, Milliy Mudofaa doktorinamizga muvofiq, Mudofaa vazirligi Chegara qo'shinlari bo'linmalarini, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus qismlarini va boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini o'z ichiga olgan qurolli kuchlarimizni modernizatsiya qilish borasida islohotlar boshlab yuborildi. Bu mamlakatimiz mudofaa qudratini, chegara hududlarining mustahkamlashga, jamiyatda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini tezroq joriy etish - uchinchi ustuvor yo'nalish, deb topildi.
Barqaror iqtisodiyot, eng avvalo, jamiyatdagi yalpi demokratik o'zgarishlarning asosiy bog'lovchi bo'g'ini sifatida iqtisodiyotni erkinlashtirish mahsulidir. Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish, birinchi navbatda, davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu ishlar amalga oshirilmas ekan, iqtisodiyot hech qachon erkin bo'lib, o'zining qudratli infratuzilmasini yarata olmaydi. Ma'lumki, erkin iqtisodiyot, eng avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikka, barqaror iqtisodiy o'sishni, yalpi ichki mahsulotning real o'sishini ta'minlash uchun yaratib berilgan sharoitga bog'liq. Yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarishi aniq ta'minlangan sharoitda makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning keyingi yillardagi iqtisodiy rivojlanishiga bosh omil bo'ldi. O'zbekistonda har yili ichki mahsulot ishlab chiqarish 4-5%ga oshib bormoqda. Tovar ayira boshlash, garchi keyingi yillarda o'zbek eksport mahsulotlariga jahon bozorida narx qariyb ikki barobarga pasaygan bo'lsa-da, 12,5 martaga o'sdi.
Samarali pul-kredit siyosati, davlat byudjeti kamomadining qisqargani, soliq islohoti, davlat byudjetidagi kirim foydasining mustahkamlangani davlat byudjetidagi kamomad ustidan nazoratni kuchaytirdi. Erkin iqtisodiyot tarkibiy o'zgarishlarni, asosiy sohalar islohotlarini chuqurlashtirish, ko'pukladli iqtisodiyotni yuzaga keltirishi va raqobat muhitini rag'batlantirishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalo, mulkni davlat tasarufidan chiqarib, zarur sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi-yangi davlat, jamoa, aktsionerlik, xususiy mulk shakllariga asoslangan korxonalar hisobida xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish lozim.
Xususiylashtirishning boshlangan hozirgi uchinchi bosqichi mamlakat iqtisodiy salohiyatini ta'minlovchi yirik korxonalarni ommaviy yalpi xususiylashtirishdan, individual xususiylashtirishga o'tganligi, shuningdek, davlat ob'ektlarini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish tashabbusi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini ro'yobga chiqarish yo'llari:
xususiy sektorining mavqeini yanada oshirish, kichik va o'rta biznes, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini erkinlashtirish;
milliy valyuta - so'mning xarid quvvatini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish; xorijiy investitsiyalarni jalb etish; oltin-valyuta zahiralarinig barqaror o'sishini ta'minlash;
dunyo iqitsodiy tizimiga integratsiyalashuv va jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish.
Dastlabki samaralar shundan dalolat beradiki, O'zbekiston barqaror iqtisodiyotga erishishdek, bosh maqsad sari amaliy ishlar ko'lamini oshirib, aniq va yuksak natijalarga erishmoqda.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling