1.3.Huquqiy davlatning hokimiyat boshqaruvidagi o'rni
Huquqiy davlatning mohiyati ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bolinishi prinsipi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat korsatadi, bu siyosiy hayotning demokratlashuvi mezonidir.
Huquqiy davlat huquq bilan boglangan boladi, qonunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida ish koradi, jamiyatga boysunadi, fuqarolar oldida masul boladi, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini taminlaydi.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bolib, jamiyat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish tizimi mavjudligi bilan tavsiflanadigan, inson huquq va manfaatlarining ustuvorligini taminlaydigan davlatdir.
Insoniyat davlat paydo bolgan qadimgi davrdan buyon adolatli hokimiyat (adolatli hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Mana shu istak huquqiy davlat haqidagi talimotning rivojlanishiga turtki bergan.
Huquqiy davlatning nazariy manbalari oz ildizlari bilan otmishga borib taqalganligini takidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab otgan buyuk allomalar (Aflotun, Arastu) davlat huquqning ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bola olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zoravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan: yani, qonun hech kimning hukmronligi ostida bolmasligi kerak, zero barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yonaltirishga xizmat qiladi.
Dastlab tarqoq bolgan, bazida esa alohida farazlar sifatida namoyon bolgan goyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim tafovutlar bolsa-da, umuman olganda ular bir narsada haqlar, u ham bolsa, davlatning ozi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va jamiyat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |