Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet2/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

Mavzuning maqsadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin»1.
Mustaqil davlat deganda esa, o’sha davlatning o’ziga xos eng muhim belgilari ko’z oldimizda namoyon bo’ladi; ya’ni, davlatning daxlsiz o’z hududiga, chegarasiga ega bo’lishi; fuqarolarini o’zi fuqarolikka qabul qilishi va fuqarolikdan mahrum eta olishi; o’z Qomusi-Konstituttsiyasiga ega bo’lishi; hokimiyatning uch tarmog’i-qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati, sud hokimiyatiga egaligi; o’z harbiy tuzilmasi va milliy qo’shiniga egaligi; Mustaqil davlat sifatida chet davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o’rnata olishi; o’z davlat byudjeti, mulki va moliyaviy tizimiga ega bo’lishi; o’z davlat ramzlariga egaligi va davlat tiliga egalik huquqini qo’lga kiritishi hamda o’z taraqqiyot yo’lini erkin belgilay olishi kabi huquqlarga ega bo’lishidir.
Mavzuning vazifasi. Huquqiy savodxonlikka erishish huquqiy-demokratik davlatning eng katta yutug’i hisoblanadi. Bunda davlatning har bir fuqarosi o’z huquq va burchlarini yaxshi bilmog’i va unga amal qilmog’i, qonun oldida o’z mas’uliyatini his qilish majburiyati yotadi. O’zbekistonda huquqiy savodxonlikni oshirish uchun turli chora-tadbirlar yo’lga qo’yilgan.
Jamiyatda fuqarolar qonunga qanchalik amal qilishiga qarab, qonunlar ijrosi aniqlanadi. Agar qonun odamlar tomonidan bajarilmasa, u oddiy qog’ozligicha qolaveradi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Huquqiy madaniyat qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning ijro etilishi bilan belgilanadi.
E’tirof etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu muhim masalani his qilgan holda targ‘ibotning barcha maqbul usullaridan unumli foydalanishga bel bog‘lagan. So‘nggi ikki yil ichida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish borasida ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilayotgan bir necha loyihalarni so‘zimiz isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Ana shu loyihalardan biri 2009 yilda Adliya vazirligi huzurida tuzilgan yosh huquqshunoslardan iborat «Huquqiy targ‘ibot guruhi» faoliyatidir. Ushbu guruh tomonidan bugungi kungacha mamlakatimizning 70ga yaqin olis tumanlarida 62 mingdan ziyod yosh yigit-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasida talay ishlar amalga oshirildi. Ushbu risola huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarning qiziqishlari, ularning o‘y-fikrlari, takliflari hamda mulohazalari asosida yaratildi.
Mazkur ilmiy izlanishning asosiy maqsadi o‘quvchiga inson huquqlari, uni ta’minlash va muhofaza qilish borasida jahon hamjamiyati va davlatimiz tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarini cheklash yoki buzishga qaratilgan turli xil ko‘rinishdagi xalqaro muammolarning mazmun-mohiyati va keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berishdan iborat.



Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling