Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet11/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

Oltinchi ustuvor yo'nalish - fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda sud-huquq sohasi islohotlarini yanada izchil davom ettirishdan iborat. Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Bu sohadagi eng muhim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini so'zda emas, amalda ta'minlash bo'lmog'I zarur. Sudlar tom ma'noda mustaqil bo'lgan holdagina qonunlarning qat'iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so'zsiz ta'minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo'lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar”.
Haqiqatan ham Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritish alohida ta'kidlanganiga qaramay, sudyalarimiz bu muhim mavqelardan to'la foydalanmayotgani va etarli darajada samarali faoliyat yurita olmayotgani sir emas. Sudyalarning mustaqilligini ta'minlashga va ularga huquqiy sharoitlar yaratish yo'lida O'zbekistonda keyingi yillarda izchillik bilan amalga oshirilayotgani, shubhasiz, ijobiy samaralar bermoqda.


Jumladan, jinoiy jazolarni erkinlashtirish, sud organlari faoliyatining tashkiliy shakllarini demokratik takomillashtirish, ya'ni ikkiga
- fuqarolik va jinoiy ishlarni ko'ruvchi tizimga o'tganligi bu jarayonning istisnosiz barcha bosqichlarida taraflarning haqiqiy tengligi va o'zaro tortisha olishi uchun yaratilgan sharoit, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolarni sezilarli darajada engillashtirish imkonining yuzaga kelgani, da'vo arizalari hamda shikoyatlarni qabul qilish, ularni ko'rib chiqish jarayonlarini soddalashtirilgani fikrimiz isbotidir. Shu nuqtai nazardan sud tizimini mustahkamlash, ularning faqat qonunlarga bo'ysunishini kuchaytirish borasida mutlaqo yangi demokratik qadam qo'yildi. Demak, mustaqil sud hokimiyati jazolovchi organdan, avvalo, fuqaroning haq-huquqlarini himoya qiluvchi idoraga saylanib bormoqda.
Islom Karimov sud hokimiyati islohotlarida ommaviy axborot vositalariningroliga alohida e'tibor berilishi maqsadga muvofiqligini ta'kidladi. O'zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishdek, keng miqyosli o'zgarishlar, avvalo, har bir fuqaroning manfaatini himoya qiladigan qonun va huquqiy normalar ommaviy axborot vositalari tanishtirilib berilishi jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, amaliyotda hamon mavjud huquqiy nigilizm hamda huquqiy infantalizm bilan bog'liq illatlarga qarshi keskin kurash olib boorish imkonini bermoqda.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling