Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet13/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

Bu sohadagi vazifalar: ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yana rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-
hatardan muhofaza etish. Bu dolzarb masalalarga davlatning e'tiborini har tomonlama kuchaytirish zaruriyati fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi, shaxsni munazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish zaruriyati” bugungi kunda amaliy davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, desa bo'ladi.
Yurtboshimiz tomonidan yangi yilni inson omili va mezoni, uning manfaatlari bilan bog'liq “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog'lom avlod yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Obod mahalla yili”, “Mehr-muruvvat yili”, deb belgilash an'anaga aylandi.
Buning siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga e'tibor qaratiladi va uning qadr-qiymati e'zozlanadi, odamlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash, mehr-oqibatni kuchaytirish maqsadida ko'pdan-ko'p xayrli ishlar amalga oshiriladi.
“Barchamiz yaxshi bilamizki, - deb ta'kidlaydi Islom Karimov, - fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olb borishdan iborat.
Bu hayotiy haqiqat, biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog'i hamda o'zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog'i lozim. Bu tizim markazida ma'naviyat, odob-axloq, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'I kerak. Mana shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgan yoki ega bo'lishga intilgan odam demokratiya ne'matlarining oddiy iste'molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi mumkin bo'ladi. shundagina inson o'z mamlakatining tom ma'nodagi munosib fuqarosi bo'la oladi”.
Komil inson tarbiyasi Islom Karimov dunyoqarashi va tafakkurining yangi jamiyat barpo etish borasidagi barcha g'oya va ideyalarining markaziy muammosi bo'lib kelmoqda. Yurtboshimiz o'zining mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” nomli asarida bu masalani aniq ifodalab bergan edi. “Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya'ni bu narsa ularning sobitqadam g'ayrat-shijoatiga, fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab olishlari kerak”.1
Yurtboshimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q”, asarida komil inson shakllantirish muammosining dolzarbligi yanada yorqinroq va asosliroq ta'riflanadi.
“Biz komil inson tarbiyasini, - deydi Prezident, - davlat siyosatining usutvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda bu, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunchamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo'lmaydi, u har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikr o'yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo'ladi».2
Islom Karimov komil inson tarbiyasida asosiy e'tiborni yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan ta'limning uzluksizligiga, ta'lim sifatini, kasb-korini oshirish bilan bog'liq masalalarga qaratib shunday yozadi: “Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili” asarida shunday yozadi: “Birovni o'qitadigan, tarbiya qiladigan inson, avvalo, o'zi har jihatdan barkamol bo'lmog'i shart. Zamon talablari shuki, professor va o'qituvchilar o'zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini, biz endi boshlagan yo'lni ilgari bosib o'tgan davlatlar tajribasini qunt va sabot bilan o'rganib, mag'zini chaqib, undan keyin o'z talabalariga saboq berishlari zarur”.1
Umumiy xulosa shuni, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida tsivilizatsiyalashgan konstitutsiyaviy demokratik huquqiy maqomiga ega bo'lish uchun qisqa davr ichida mustaqillik g'oyalarini shakllantirishdan uni amalga oshirish va takomillashtirishgacha bo'lgan murakkab tadrij bosqichlarni, yangi jamiyat qurilishining o'ziga xos yo'lini bosib o'tdi. Bu yo'l ijtimoiy-iqtisodiy va real
munosabatlarni, ularning ma'naviy-diniy e'tiqodlari, ruhiyati, mentaliteti hamda xulq-atvor normalaridan yo'g'rilgan dunyoqarashni inobatga olgan holda tanlandi.
Milliy ruh, ong va tafakkur, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ongi o'zgarishi asnosida ro'y berayotgan o'zgarishlar O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning hal qiluvchi bosh taqdirilomon omiliga aylanayotganligi, shubhasiz, o'z kutilgan samaralari bermoqda.

Xulosa
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir vaqtda yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbyalash mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat taraqqiyotining rivoji o‘sib kelayotgan avlod ta’lim darajasining, huquqiy savodxonligining yuqoriligiga bog‘liqdir.


Yaxshi ta’lim-tarbiya olgan barkamol avlod hech qanday huquqbuzarlik ko‘chasiga kirmaydi, uning botqog‘iga botmaydi. Ammo, shunisi achinarliki, bugungi kunda ana shu ko‘chaga kirib qolgan o‘smirlar ko‘plab uchramoqda.
Mamlakatimiz mustaqilikka erishgan ilk kunlardan boshlabok inson huquqi, uning qadr-qimmati birinchi darajali masala sifatida ko‘tarilib, barcha huquqiy asoslar yaratildi va yaratilmoqda. Bu borada mamlakatimiz rahbari va hukumati tomonidan huquqni muhofaza etuvchi idoralar hodimlariga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Jumladan, adliya organlari va muassasalariga fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuklatilgan. Qolaversa, adliya idoralarining asosiy vazifalaridan yana biri jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir.
Mazkur ilmiy izlanishning asosiy maqsadi o‘quvchiga inson huquqlari, uni ta’minlash va muhofaza qilish borasida jahon hamjamiyati va davlatimiz tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarini cheklash yoki buzishga qaratilgan turli xil ko‘rinishdagi xalqaro muammolarning mazmun-mohiyati va keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berishdan iborat.
Bugungi kunda respublikamizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy demokratik davlatning eng muhim belgilari bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tabiyalash mazkur islohotlarning o‘zagini tashkil etadi. Shu maqsadda respublikamiz huquqshunos olimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, adliya idoralari hamda qator huquqshunos talabalar tomonidan keyingi yillarda fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qator huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik2.
O’zbekistonda milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasi asosiy vazifa qilib qo’yilar ekan, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutishini anglash zaruriyatini ham taqozo etadi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish respublikamizda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Mustaqillik - inson uchun oliy ne’mat. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalq o’z ozodligi, erkiga, o’z taqdirini, o’z hayotini o’zi barpo etish imkoniga ega bo’la oladi. Mustaqillik har qanday xalq, elat va millatning tabiiy, qonuniy ehtiyoji, oliy maqsadidir. Xalq uchun mustaqillikdan ko’ra ortiqroq oliy baxt, quvonch yo’q va bo’lgan ham emas. Mustaqillik har bir inson, har bir millatning hech narsa bilan cheklanmagan erkinligidir.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz aholisi va yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish masalalari juda muhim. Shu o‘rinda, huquqiy ong nima, uning qanday belgilari mavjud, degan savollarga javob topish uchun huquqshunos olimlarimizning «huquqiy ong» to‘g‘risida bildirgan fikrlariga to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Ba’zi huquqshunos olimlar huquqiy ong deganda jamiyatdagi barcha huquq haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishni nazarda tutsalar, ayrimlari huquqiy ongni qonunlarni hurmat qilish hamda ularga rioya etilishi bilan belgilaydi.
Bizningcha, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Saburov tomonidan huquqiy ongga berilgan quyidagi ta’rif uning huquqiy jihatlarini nisbatan mukammal yoritadi: huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka va huquq-tartibotga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.


Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling