2.2. Bolalarni savod o’rganishga tayyorlash bo’yicha mashg’ulotlar Mavzu: «d» tovushi hamda bosh va kichik (Dd) harflari bilan tanishtirish. Maqsad: «d» tovushi va «Dd» harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish. Vazifalar: • «D» tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish; • «D» tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish; • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish; • Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish. Kutilayotgan natijalar: • «D» tovushi va «Dd» harflarini bilib oladilar. • «D» tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. • «D» tovushli so‘zlarni ayta oladilar. • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar. Tetiklashtiruvchi mashqlar: «Kapalaklar» O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi. Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar, ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi, kimniki uzoqqa uchar ekan?” Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar. O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak XULOSA O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan etkazish datushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda.Ushbu dasturda maktabgacha ta’lim tizimida, tadqiqot ishining samarali yakunlanishida tajriba-sinov ishlarining ilmiy-pedagogik va tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |