Turkumi vakillarining bio-ekologik xususiyatlari


Download 261.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1711303
  1   2   3
Bog'liq
tangachaqanotlilar-ya-ni-kapalaklar-lepidoptera-turkumi-vakillarining-bio-ekologik-xususiyatlari




CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
TANGACHAQANOTLILAR, YA’NI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA
TURKUMI VAKILLARINING BIO-EKOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Egamberdiyev M.X. Rustamova L.Q. Murodova H.Z 
Namangan davlat Universiteti 
E-mail
rustamovalobaroj@gmail.com
 
ANNOTATSIYA 
Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. 
Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi ana shu tangachalardagi pigmentga 
bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining 
ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari va har xil shakldagi 
mo‘ylovlari bor. 
Kalit so‘zlar: Lepidoptera, tangachaqanotli, Pieris brassicae, Nymphalidae, 
Aparia erataegi, Bombyci mori, Helionis obsolete, Tineidae. 
 
Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) – to‘liq metamorfoz bilan 
rivojlangan hasharotlar turkumi. Mezazoy erasining boshlarida kelib chiqqan, asosiy 
oilalari paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, bo‘r 
davridan ma’lum.
Kapalaklarning pardasimon qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. 
Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi ana shu tangachalardagi pigmentga 
bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat. Xartum spiral shaklda boshining 
ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari va har xil shakldagi 
mo‘ylovlari bor. Qurtlarida uch juft ko‘krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin 
oyoqlari ham bo‘ladi. Soxta oyoqlar bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi bilan ko‘krakdagi 
haqiqiy yurish oyoqlaridan farq qiladi. Ko‘pchilik kapalaklarning lichinkasi ochiq 
yashaydi, bir qancha turlari tuproqda va o‘simlik to‘qimalarida hayot kechiradi. 
Voyaga yetgan kapalaklar gul shirasini so‘rib oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning 
og‘iz organlari reduksiyaga uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Qurtlar 
o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga ziyon 
keltiradigan turlari ko‘p uchraydi. 
Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kechirishiga ko‘ra kunduzgi va 
tungi kapalaklarga bo‘linadi. Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko‘payishi 
sutkaning yorug‘ davriga to‘g‘ri keladi. Kech kirishi bilan ular pana joy topib, 
yashirinib olishi bilan bir-biridan xarakterlanadi[1]. 

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling