Kurs ishi mavzu: Boshlang’ich sinf o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish metodikasi


O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda didaktik vositalarni tashkil qilish va ulardan


Download 59.23 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1582127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xakimova Marhabo

3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda didaktik vositalarni tashkil qilish va ulardan foydalanish metodikasi.
Talabalarni o‘qitishni faollashtirish masalalari hozirgi zamon pedagogika ilmi va amaliyotining eng dolzarb muammolariga kiradi. O‘qitishda faollik prinsipini amalga oshirish katta ahamiyatga ega, chunki ta’lim va rivojlanish faollik xarakteriga ega bo‘lib o‘qitishning faoliyat sifati, o‘qitishning natijasi sifatida o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyalanishi shunga bog‘liq bo‘lib qoladi.
O‘qitish jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish masalasida asosiy muammo bo‘lib o‘quvchilarning faolligini faollashtirish hisoblanadi. Uning muhimligi yana shundan iboratki u faollik aks qayta ishlash bo‘la turib nafaqat o‘quv materialini idrok qilishga qaratilgan, balki o‘quvchining bilish faoliyatiga munosabatini shakllantirishga qaratilgandir. Faoliyatning qayta ishlash xarakteri hamma vaqt sub’ektning faolligi bilan bog‘liq. Bilimni taiyor holda qabul qilib olish hamma vaqt o‘quvchining kuzatuvidagi hodisani tushintirish va aniq masalani yechishda qiynlik to‘g‘dirgan. Talabalar bilimidagi muhim kamchiliklardan biri ularning nazariy hollarni amaliyotga tadbiq qila olmaslikni ta’minlaydigan formalizm hisoblanadi. Uzoq vaqtdan beri didaktikada muhim vazifalaridan biri qanday qilib o‘quvchini darsda faollashtirish mumkin, o‘quvchining darsdagi faolligini oshirish uchun o‘qitishning qanday zarur usullari qo‘llanilishi kerak. O‘qitish jarayonining samarodorligini oshirish masalasini hal qilish, amalda sinalgan shartlarni va o‘quvchilarni faollashtirish vositalarini ilmiy anglashni talab qiladi. Ta’limni gumanizatsiyalash sharoitida ommaviy o‘qitishning mavjud nazariyasi va texnologiyasi o‘zgarib turgan olamda yashash va ishlash qobiliyatiga ega o‘z hulqi strategiyasini dadil ishlab chiqish xususiyati va unga ma’suliyatlilik hissi bilan yondashish shaxsiy rivojlanish va amalga oshirish xususiyatlariga ega bo‘lgan kuchli shaxsga qaratilishi lozim. O‘quv yurtlarida o‘quvchining darsda faol ishtirokini ta’minlaydigan dars shakli muhim o‘rinni egallaydi. U o‘quv mehnatining natijasi uchun shaxsiy ma’suliyatni va bilim darajasini oshiradi. Bu masalalarni o‘qitishning faol shakli texnologiyasini tadbiq qilish orqali muvofaqiyatli yechish mumkin. Faol o‘qitishning zaruriyati shundaki, uning shakli orqali qator an’anaviy usul bilan yechilmaydigan quyidagi masalalarni yechish mumkin.
1.Faqat bilish emas balki kasbiy motiv va qiziqishlar, mutaxassisning tizimli tafakkurni tarbiyalashni shakllantirish.
2.Jamoaviy fikrlash va amaliy faoliyatda o‘qitish, ijtimoiy bilishni shakllantirish va o‘zaro ta’sirchan ko‘nikma va muloqat, individual va hamkorlikda qaror qabul qilish, tarbiyalash, ishga ma’suliyatli munosabatda bo‘lish, ijtimoiy baholanish va jamoa bo‘lib o‘rnatilishi.

Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling