Kurs ishi mavzu: “boshlang‘ich sinfda ikkinchi darajali bo‘laklar mavzusini o‘rganish”
Download 104.77 Kb.
|
ПЕЧАТЬ КУРСАВОЙ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob bo‘yicha xulosa.
- , so‘z birikmasi
So‘z birikmasi Gap Birinchi ustundagi so‘z birikmalarida ohang ham, fikr ham mantiqan davom ettirilishi talab qilinadi.Masalan: Yoqimli musiqa (dillarga halovat baxsh etardi). Yozuvchi Oybek (o‘zining butun umrini xalq xizmatiga bag‘ishladi). Ko‘p kitob (o‘qish foydali).Ikkinchi ustundagi gaplar – Musiqa yoqmli, Oybek — yozuvchi. Kitob ko‘p – mantiqan tugallangan fikr bo‘lib, so‘zlovchining musiqa, Oybek, kitob haqidagi xulosasi aytilgan. Fikrni davom ettirishga hojat yo‘qligi aniq ko‘rinib turibdi.
3. Gapning grammatik jihatdan shakllangan bo‘lishini bilishda so‘z birikmasidan so‘zlarning va gap bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishini – gapdagi so‘zlar qo‘shilmasini tushunish muhim o‘rin egallaydi. Talabalarning so‘z birikmasiga oid bilimlarni puxta egallab olishlari, gap, gap bo‘laklariga oid ma’lumotlarni mustahkam o‘zlashtirishlariga, mazkur bilim va ko‘nikmalarni o‘z nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash malakasini hosil qilishlariga zamin bo‘ladi. 4. Gap – fikr bayon qilishning eng sodda shakli. Nutqdagi bundan keyingi bo‘linishlar undagi tugallangan ohang va tugal fikr ifodalash, aniqlik va xususiylikning yo‘qolishiga olib keladi. Bob bo‘yicha xulosa. Gap – aloqa aralashuvning muhim vositasi; u nisbiy tugallangan fikr bildiradi; grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi; tugallangan ohang bilan aytiladi. Ammo bu xulosa tayyor holida berilmasdan, uni o‘quvchilarning o‘zi misollar tahlili orqali «kashf qilishsa», maqsadga muvofiq bo‘ladi.Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon gaplar haqidagi bilimlar takrorlanadi, mustahkamlanadi; ularni gaplar oxiriga qo‘yiladigan tinish belgilariga asoslanib, ifodali o‘qish mashq qilinadi, «qiroat san’ati» haqida ma’lum tushunchalar beriladi.Har bir gap o‘ziga xos va mos ohang bilan aytiladi, yozuvda bunday gaplar oxiriga qo‘yiladigan tinish belgilari orqali farqlanadi. Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni shakllantiradi, ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr — gap orqali yuzaga chiqadi.Gap haqida egallangan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda, so‘z birikmasining ahamiyati beqyos. So‘z birikmasi — gapda aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lish, maqsadli fikrlash, qolaversa, gapning badiiy bo‘yog‘ini quyuqlashtirish, uni qziqarli hamda mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. Shuning uchun so‘z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida talabaning fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma’lumotlari va o’quvchilarniig o‘qish ko‘nikmalari, o‘qigan asarlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Fikr esa nutq orqali ifodalanadi. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o‘zlashtirish bilan bog‘liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Download 104.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling