Kurs ishi mavzu: “boshlang‘ich sinfda ikkinchi darajali bo‘laklar mavzusini o‘rganish”
Download 104.77 Kb.
|
ПЕЧАТЬ КУРСАВОЙ
Gapning uyushiq bo’laklari
Gapning uyushiq bo’laklari bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog‘langan bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanadi. Yo’lda yosh, keksa, yupun odamlar ketib borardi. Nodir va Salomat biznikiga kelishdi. Uyushiq bo’laklar asosan bir so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi. Gap bo’laklarining ta’kidlash-kuchaytirish maqsadidagi takrori uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Bunda hamma, hamma narsa bor. Gapning uyushiq bo’laklarida son, egalik, kelishik, qo’shimchalari, uyushiq bo’laklarning oxirgisiga yoki uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilishi mumkin. Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi bo’lak ham ishtirok etishi mumkin. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklar bilan bir xil so’roqqa javob bo’ladi. Belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari, ayrim otlar umumlashtiruvchi bo’lak vazifasida keladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi: Insonda hamma narsa: yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham go’zal bo’lmog‘i kerak. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi. Insonda yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham-hamma narsa go’zal bo’lmog‘i kerak. Uyushiq bo’laklar orasida vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire ishlatiladi. Sanash ohangi bilan aytilgan, zidlov bog‘lovchilari, takrorlanib qo’llanuvchi ayiruv bog‘lovchilari, bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar bilan bog‘langan uyushiq bo’laklar orasiga vergul qo’yiladi. Uyushiq bo’laklar guruh-guruh bo’lib kelsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar Aniqlovchilar uyushiq va uyushmagan bo’lishi mumkin. Uyushgan: Yo’lda ba’zan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi. (Yo.Sh.) Uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar sifatlanmishning turli jihatlariga oid belgilarini anglatadi: Mart oyidan mayin yoqimli shabada esa boshlaydi. Gapning ajratilgan izoh bo’laklari O‘zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi. Ajratilgan bo’laklar vergul va tire bilan ajratib ko’rsatiladi. Izoh bo’laklari, asosan, ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Navbatchi hamshira, sochi oq semiz xotin, Sadbarning kechasi ham kelganini eslatdi. (As.M.) Izoh bo’laklarning o’zida vergul bo’lsa, bunday bo’laklar ikki tomondan tire bilan ajiratiladi: Endi odamlar-otliq, piyoda, yosh-qari-uchray boshladi.(O). Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tire, keyin vergul qo’yiladi: Men-Fozilova Fotima, Farg‘ona viloyati maktablaridan birida o’qiyman. Yozma nutqda izoh bo’lakning oldiga tire, izoh bo’lakdan keyin vergul qo’yiladi:Otam-Ilyos Tohirov, zavodda ishchi.Ajratilgan to’ldiruvchi: o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlaydi. Izoh to’ldiruvchilar o’zidan oldingi to’ldiruvchi bilan bog‘lovchi vazifasida qo’llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so’zlar bilan ham qo’llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo’lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o’rtoq Ergashov o’ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ; Undalma.So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Bahor, ketma bizning bog‘lardan! (O) Karim Sodiqovich, majlis ertaga bo’ladimi? Bir so’z bilan ifodalangan undalma yig‘iq undalma hisoblanadi. Uyga kir, Homid. So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq hisoblanadi: O‘g‘lim Ko’kan, senga aytar bir so’zim bor. (G‘.G‘) Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Xayr, yashil o’rmonzor, moviy dengizlar! Kirish so’z So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z deyiladi. Kirish so’z ma’no jihatidan quyidagilarni bildiradi: 1. Ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan (ham), darhaqiqat. 2. Gumonni bildiradi: ehtimol, shekilli, balki. 3. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini bildiradi: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha. 4. Shodlik yoki achinishni bildiradi: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz. 5. ayon qilingan fikrning tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan, avval, oxiri, nihoyat. 6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligini bildiradi: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan. 7. Tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo’q, mayli, to’g‘ri. Download 104.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling