Kurs ishi mavzu: “Boshqarish ta’limotidagi yo’nalishlar


Boshqarish ta’limotidagi yo’nalishlar


Download 152.03 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi152.03 Kb.
#1530540
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi boshqarish ta’lim

1.3 Boshqarish ta’limotidagi yo’nalishlar

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. TSezar, A. Makedonskiy5, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.


O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar.
Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni «qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash» bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan (3-jadval).
Boshqacha so'z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni
resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko'paytirish jarayonidir. Shu nuqtai- nazardan boshqaruv - bu o'ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va lining bajarilishini nazorat qilishdir.
Menejment-bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to'liqjavob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbir sifatida ko'p omillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik, ijtimoiy—psixologik va boshqa rivoj lanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. Menejment ko'p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san’atni, mahoratni, u tomo- nidan qo'llaniladigan usul va uslublarning keng to'plamini, boshqarish va tadbirkorlik malakalarini talab etadi. Har qanday tashkilot, korxona,
muassasa, firma, korporatsiya va kompaniya tirik organizmdir.



Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling