Υ = Υt-Υt-1/Υt-1
Bu yerda Υt - YAIMning t davr ichida o‘zgarishi
Υt-1YAIMning o‘tgan davrdagi xajmi
Shunda ekstensiv o‘sishni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Υt/Nt = SONST yoki Ýt=Ňt
Bu yerda Nt -foydalanilayotgan resurslar soni (masalan, band bo‘lganlar soni); Ňt,- resurslarning ma’lum davrda o‘sishi.
Iqtisodiy o‘sishning ikinchi shakli intensiv o‘sish deb atalib, bunda YAIMningo‘sishi foydalanilayotgan resurslar xajmini o‘sishiga qaraganda tezroq bo‘ladi.
Ýt >Ňt,.
Ma’lumki, iqtisodiyotning intensiv o‘sishi jamiyat taraqiyotining asosi hisoblanadi. Shu bilan birga ekstensiv o‘sish iqtisodiy o‘sishning soda shakli hisoblanadi.
Uning asosiy afzaligi xo‘jalik rivojlanishi sur’atini oshirishning oson yo‘li
ekanligi hamda mamlakat iqtisodini nisbatan tez va arzon o‘sishni ta’minlaydi.
Ekstensiv o‘sish tarixan intensiv o‘sishdan oldin kechadigan jarayon. Har bir mamlakat o‘z vaqtida ekstensiv o‘sishni boshdan kechiradi. Misol uchun Gʻarb mamlakatlari XX asrning birinchi yarmida ekstensiv o‘sishdan intensiv o‘sishga o‘tganlar. Goland iqtisodchisi Ya. Tintergening ma’lumotlariga ko‘ra 1870-1914 yilarda ekstensiv va intensiv o‘sishning o‘zaro nisbati quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan (2-jadval)
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |