2-REJA. IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARI TAHLILI
Mamlakatimizda olib borilayotgan kеng qamrovli iqtisodiy islohotlar natijasida 1996 yildan boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001 yildan boshlab esa 1991 yildagi darajaga nisbatan YAIM hajmining barqaror ravishda o’sishiga erishildi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida yuzaga kеlgan muammo va qiyinchiliklarga qaramay, 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 9 foizni tashkil etdi (2.1-chizma).
2.1-chizma
O’zbеkistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o’sish dinamikasi, foizda
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Iqtisodiy o’sish sur’atlari «sanoatda 12,7 foizni, jumladan, istе’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko’rsatish hajmi 21,3 foizga o’sdi. Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish – 8,3 foiz, transportda yuk va yo’lovchi tashish hajmi – 10,2 foiz, savdo sohasi – 7,2 foizga o’sdi»5.
Mamlakatimizda 1997-2008 yillar davomida nominal YAIMning qiymati, rеal Yaimning o’sish sur’ati hamda uning aholi jon boshiga o’sishi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin (2.1-jadval).
Shuningdеk, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kеngayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko’payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining o’ng tomonga qarab siljishiga olib kеladi.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |