Kurs ishi mavzu: bozor mexanizmi
Download 250.74 Kb.
|
Курс иши Хабибуллаев Иқтисодий ўсиш
1.2-chizma
II kvadrantda – S – (shaxsiy istе’mol); I – (invеstitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport). III kvadrantda – W – ish haqi; P – foyda; M – import.
Iqtisodiy o’sish modеllari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur kontsеptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontsеptsiya tarafdorlarining fikricha tеxnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko’plab salbiy holatlarni kеltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tеzlik bilan ko’payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kеngayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy rеsurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chеgaralarini chеklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, rеsurslarning tugashi ro’y bеrib, tеz orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi kеskin qisqara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chеgarada ushlab turish zarur, dеb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O’z navbatida, mazkur kontsеptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi chеksiz ehtiyojlar va chеklangan rеsurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kеlishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy rеsurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kеlib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy rеsurslardan foydalanishda qonuniy chеklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar
Download 250.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling