Kurs ishi mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(bxsr) ning tashkil qilinishi


IKKINCHI BOB. BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TASHKIL ETILISHI VA UNING FAOLIYATI


Download 63.37 Kb.
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi63.37 Kb.
#1439173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Husan degan bachaning kurs ishi

IKKINCHI BOB. BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TASHKIL ETILISHI VA UNING FAOLIYATI


2.1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati

1920-yil 14-sentabrda V.V.Kuybishev ishtiroki va tashki lotchiligida Buxoro Kompartiya Markaziy Qo'mitasi, Butun Buxoro Inqilobiy Qo'mitasi va Xalq Nozirlari Sho'rosining qo'shma majlisi boʻldi. Bu majlisda V.V.Kuybishev Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi hukumatining boshlig'iga o'zining ishonch yorlig'ini topshirdi. U Sho'ro hukumati va Rossiya Kompartiya MQsi nomidan bayonot berdi. Bayonot soʻnggida V.V.Kuybishev bunday degan edi: «Men RKP(b) Markaziy Qo'mitasi va Kominternning vakili sifatida o'zimga berilgan vakolatdan butun ishni umumiy kommunistik. harakat ruhida va shu manfaatlar yoʻlida olib borishga qaratish uchun foydalanaman»!.


14 sentabrda bo'lgan qo'shma majlisda hokimiyatning Oliy organi Umum Buxoro Inqilobiy qo'mitasi uzil-kesil shakllandi. Unga BKPning Abdulqodir Muhiddinov boshliq 9 a'zosi kirdi. Shuningdek asosan Buxoro Kompartiyasining a'zolari boʻlgan 11 xalq noziridan iborat hukumat - Xalq Nozirlari Sho'rosi tuzildi. Buxoro hukumatiga rais etib F.Xo'jayev (1896-1937) saylandi.1
F.Xo'jayev 1896-yilda Buxoroda yirik savdogar oilasida tavallud topgan, taniqli davlat va siyosat arbobi, xalq baxti-saodati uchun tolmas kurashchi. 1938 yilda Sho'ro tuzumi qatag'onining qurboni. 1913-yildan jadid harakatining faol qatnashchisi, 1916-yildan «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchisi, 1917 yildan bu partiya Markaziy Qo'mitasining a'zosi. 1920-yildan “Yosh buxoroliklar” V.V.Kuybishev Buxoroda Sho'rolar va Kompartiyaning g'oyaviy ta'sirini kuchaytirish maqsadida katta tashkilotchilik ishi olib boradi. Turkiston komissiyasi va Turkiston Kompartiyasi MQsi shaxsan uning taklifi bilan Turkiston Sho'ro va partiya tashkilotlarida ishlab “tajriba orttirgan Yusuf Aliyevni Buxoroga ishlashga yubordi. U bu yerda “aksil inqilob” bilan kurashuvchi Favqulodda komissiyaga
1MLIMFA, 122-fond, 1-ro'yxat, 20-ish, 333-varaq.
boshliq etib tayinlandi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasining «Qizil Sharq» deb ataluvchi maxsus tayyorlangan tashviqot poezdi ham Sho'rolarning
mustamlakachilik siyosatining «ijobiy» va «tarixiy ahamiyati»ni mahalliy aholi o'rtasida keng tarqatdi. 1920-yil 6-oktabrda amirning yozgi saroyi Sitorai Moxi Xossada nomigagina «xalq vakillari»ning birinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirildi. Unda 1950 delegat ishtirok etdi. Qurultoy zo'ravonlik va harbiy to'ntarish yo'li bilan o'rnatilgan Buxoro Xalq Sho'rolar Respublikasi (BXShR)ni va uning tarkibini tasdiqladi. Qurultoy mazkur hukumatga ikkinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirilguncha va unda respublika Konstitutsiyasi qabul qilinguncha o'z vazifasini bajarish vakolatini beradi. Qurultoyda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi tashkil topganligi e'lon qilindi. Nomigagina tashviqot va targ'ibot nuqtai-nazaridan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgan mazkur davlat apparati aslida tom ma'nodagi sho'ro davlati andozalari asosida tashkil etilgan edi va amirlik hududida sho'ro mustamlakachiligi tartib-qoidalarini o'rnatishga xizmat qilardi. Chunki rasmiy jihatdan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgani bilan bu davlatning o'z milliy armiyasi yo'q edi. Buxoro shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida joylashtirilgan qizil askar qismlari batamom Markaziy qo'mondonlikka bo'ysunar, Buxoro Respublikasi rahbariyatining buyruqlariga quloq solmas edi. Bundan tashqari Respublikaning koʻpgina korxona va idoralarida ish olib boruvchilarning aksariyati ovrupo millatlariga mansub mutaxassislar edilar. Birgina misol: Buxoro Xalq Sho'ro partiyasi Turkiston markaziy byurosining raisi. Buxoro amiriga qarshi amalga oshirilgan qoʻzgʻolon yetakchilaridan biri. U 1920-1924-yillarda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Nozirlar kengashi raisi, bir vaqtning o'zida Tashqi ishlar komissari, harbiy komissar, Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Kengashi raisi va Buxoro Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi a'zosi. 1922-yildan RKP (b) Markaziy Qo'mitasi O'rta Osiyo byurosi a'zosi. 1925-1938-yillarda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sho'rosining raisi, ayni vaqtda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining a'zosi. Respublikasi Moliya Nozirligi idorasida xizmat qilgan 42 xodimdan faqat 9 tasigina mahalliy millat vakillari boʻlganlar xolos'. Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Tashqi ishlar Nozirligida 15 ta lavozimdan 8 tasi ovrupo millatlari vakillari qo'lida edi: Ish boshqaruvchi Ye.K.Tompakov, huquqiy maslahatchi va kotib I.K.Lavrov, umumiy bo'lim boshqaruvchisi F.I.Yanov, ish yurituvchi K.E. Vedenyapina, Konselyariya bo'limi ish yurituvchisi M.M.Postnov, umumiy bo'lib boshqaruvchisi I.Vedenyapin edi. Davlat apparatini milliylashtirmasdan va o'z milliy armiyasiga ega bo'lmay turib mustaqil davlat siyosatini amalga oshirilishiga ko'z tikish eng kamida nodonlikdan boshqa narsa emas, albatta. Ammo bundan F.Xo'jayev boshchiligida shakllantirilgan Buxoro Respublikasi hukumati hech narsa qilmadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. U o'z imkoniyati doirasi darajasida mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishga intildi. Rossiya Federatsiyasi, Kavkaz orti Respublikasi, Afg'oniston va boshqa davlatlarda oʻz elchilik vakolatxonalarini ochdi va ular bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni olib bordi. Buxoro hukumati mamlakat aholisi manfaatlarini himoya qilish borasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Iqtisodiyot Nozirligi respublikada oziq-ovqat mahsulotlarining turli yo'llar bilan talon-taroj bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va uni chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida 1921-yil 1-oktabrda 64 sonli maxsus qaror qabul qildi. Unda Buxoro Respublikasidan chiqib ketayotgan har bir fuqaro o'zi bilan faqat quyidagi miqdorda oziq ovqat mahsulotlarini olib chiqib ketishi mumkinligi ko'rsatildi:
1. Non yoki quritilgan non
2. Quritilgan meva
3. Krupa
4. Yog'
5. Choy
6. Go'sht yoki go'sht mahsulotlari1
Biroq shu narsa diqqatga loyiqki, Rossiya Federatsiyasi Turkkomissiya va Turkiston ASSR orqali Buxoro bilan amalga oshiradigan har bir shartnomasi, bitimi va aloqalarida mut tasil sur'atda uzoq kelajakka mo'ljallangan ulug' saltanat mustamlakachiligi manfaatlarini birinchi o'ringa qo'ydi. 1920-yil 3 noyabrda Turkkomissiya va Buxoro Respublikasining favqulodda vakillari «Harbiy siyosiy bitim» va «Buxorodagi sobiq rus ko'chma xo'jaliklari haqida muvaqqat shartnoma»ni imzolagan edilar.2 Bu Rossiya bilan Buxoro Respublikasi o'rtasida 1921-yil martida tuzilgan «Ittifoq shartnomasi» va «Iqtisodiy bitim» uchun asos bo'ldi. Mazkur shartnoma, bitim g'oya bo'yicha har ikkala Respublikaning manfaatlariga xizmat qilishi va foyda keltirishi kerak edi. Amalda esa bunday bo'lmadi. 3Buxoro Respublikasi
1O'zR MDA, R-59-fond, 1-ro'yxat, 162-ish, 20-varaq.
2 O'sha manba, 1616-fond, 1-ro'yxat, 27-ish, 12-varaqning orqasi.
3O'zR MDA, 59-fond, I-ro'yxat, 181-ish, 2-varaq va orqasi.
Xalq Komissarlari Sho'rosi raisi F.Xo'jayev bir yarim yillik munosabatlarning yakuniy natijalarini tahlil qilib boshqacha xulosa chiqargan edi. U 1922 yil 5 aprelda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar Xalq Komissari o'rinbosari L.Karaxonga yo'llagan axborot xatida Rossiya bilan Buxoro o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy munosabatlarning tenglik asosida boʻlmayotganligiga urg'u bergan edi. Chunki ikki respublika o'rtasida tuzilgan iqtisodiy bitimga asosan tashqi savdoning barcha mahsulotlari belgilangan eksport-import rejasiga ko'ra avval Rossiyaga yuborilar, rejadan tashqari mollar Rossiya savdo idoralari orqali xalqaro bozorlarda realizasiya qilinar edi. F.Xo'jayev: «Ya'ni hammasi Rossiya tashqi savdo tashkiloti orqali, boshqa hech qanaqa yo'l yo'q»1, deb o'z noroziligini izhor qilgan edi.Buxoroda amalga oshirilgan va dekretlar bilan mustahkamlangan bir qator tadbirlar (yer, mulk, soliqlar to'g'risidagi, hukumat tarkibini o'zgartirish haqidagi va boshqa) Turkkomissiya va RKP (b) MQ ning O'rta Osiyo Byurosi tashkilotchiligida mahalliy shart-sharoit bilan hisoblashmagan holda ro'yobga chiqariladi. Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Tashqi Ishlar Noziri F.Xo'jayev va RSFSR ning Buxorodagi konsuli K.X.Yurenev bilan 1921-yil 20 noyabrda imzolangan qaror-kelishuvga binoan Buxoro Respublikasi hududida Sho'rolik tartib-qoidalarini o'rnatish davomida nogiron bo'lganlarni, bu hududda joylashtirilgan va istiqomat qilayotgan barcha qizil askarlarni Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi o'z ta'minotiga oladigan bo'ldi. Qizil askarlarning joylardagi bezoriliklari va axloqsiz qilmishlari to'g'risida bu yerda gapirmasa ham boʻladi. Bu adolatsizliklarning hammasi birga qo'shilib xalq ommasining noroziliklari va qahr-g'azabiga sabab bo'ldi. 1921-yil 18 sentabrda Buxoro shahrida Sho'rolarning II Umum Buxoro Qurultoyi o'z ishini boshladi. Qurultoy ishining 23 sentabr kunida Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiyaga RSFSR ning 1921-yilgi Konstitutsiyasi asos bo'ldi. Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Konstitutsiyasi kirish, besh bo'lim: umumiy holat, Sho'ro hokimiyati Konstitutsiyasi, saylash huquqi, byudjet huquqi, davlat gerbi va bayrog'i, jami 17 bo'lim va 79 bobni o'z ichiga olgan. Mazkur Konstitutsiya Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasini qonun kuchi bilan mustahkamlaydi, fuqarolar tengligi e'tirof etilib, hurriyat e'lon qilindi. Umum Buxoro Sho'rolarining II qurultoyi milliy masalani ham muhokama qildi. Respublika hududida yashab kelayotgan oʻzbeklar, tojiklar, turkmanlar va boshqa millat vakillarining
1RSXIDSh, 558-fond, 1-ro'yxat, 2280-ish, 1-varaq. 2 O'zRMDA, 1616-fond, 1-ro'yxat, 59-ish, 12-varaq.
milliy ahilligi, birligi va hamkorligini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishiga alohida e'tibor berdi.
Ana shu maqsadda qurultoy turkman xalqining Sho'rolar Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, Xalq Nozirlari Sho'rosi huzuridagi Mustaqil bo'limlar huquqiga ega bo'lgan vakolatxonasini respublika nozirliklarida tashkil etish, shuning singari viloyat sho'rolari va ularning Chorjo'y hamda Karkidagi Ijroiya Qo'mitalari huzurida ham turkman vakillarini ishtirok etishi to'g'risida qaror qabul qildi. Turkman xalqining mazkur qo'mitalarga kirgan vakillari hal qiluvchi ovozga ega ekanliklari ko'rsatildi. Sho'rolarning II qurultoyi 85 a'zodan iborat Butun Buxoro Sho'rolari Markaziy Ijroiya Qo'mitasini sayladi. Ularning deyarlik hammasi Kompartiya a'zosi edilar. Albatta Moskvaning ulug' davlatchilik va mustamlakachilik siyosatining natijasi o'laroq yuqoridan turib zo'rlik bilan amalga oshirilgan bunday tadbirlar Buxoro Respublikasi rahbarlarining g'ashini keltirayotgan edi. Respublikaning F.Xo'jayev, A.Muhitdinov, M.Mansurov, A.Fitrat, Sattorxoʻjayev, M.Saidjonov, M.Aminov, Otaxo'jayev va boshqa rahbarlari bosiqlik bilan o'rtacha mo'tadil yo'l tutib Buxoroning mustaqil boʻlib chiqishini yoqlaydilar. Jumladan, Buxoro Inqilobiy Qo'mitasining raisi A.Muxiddinov 1921-yil yozida joylarga tarqatilgan ko'rsatmada bunday deb yozgan edi: «Din, vatan va millat uchun ishda bir bo'laylik... Milliy mustaqillikni talab qilamiz...». Buxoro Respublikasi hukumatining bu qonuniy talablari Sho'rolar va bolsheviklarning jazavasini qo'zgatdi.



Download 63.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling