Kurs ishi mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(bxsr) ning tashkil qilinishi


Buxoro amirligining talon-taroj qilinishi


Download 63.37 Kb.
bet4/7
Sana07.05.2023
Hajmi63.37 Kb.
#1439173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Husan degan bachaning kurs ishi

1.2. Buxoro amirligining talon-taroj qilinishi

Amir Sayid Olimxon iloji boricha tarixiy obidalari, muqaddas joylarni saqlab qolish, katta vayronagarchiliklarni kamaytirish maqsadida shaharni tashlab chiqishga majbur bo'ladi.


U M.Frunze huzuriga Nasrullo Qushbegi bilan Urganjini elchi qilib yuborib, shaharni bombardimon qilishni to'xtatishni va xalqqa shafqat qilishni talab etadi. Frunze esa elchilarga amir taxtni va butun boyliklarini topshirib, shahardan chiqib ketishi lozimligini aytgan. Shunda ilojsiz qolgan amir 18 moddadan iborat shart qo'yish bilan rozi bo'lib, xazina boyliklarining juda katta roʻygatini topshiradi. “Buxoro axbori” gazetasining 1921-yil 1-may sonida bosilgan o'sha shartlarning eng muhimlari quyidagilar edi: «Buxoro mustaqil davlat bo'lib qolishi; Buxorodan Frunze askarlari chiqib ketishi; butun boylik va oltin xazinalari Buxoroning yangi davlat rahbarlariga topshirilishi; Buxoro hukumatiga mahalliy millat vakillari rahbar bo'lishi» va boshqalar.Amir shaharni tark etib, qizil askarlar 2-sentabrda Buxoroni egallagach, shahar vayron etildi, xalq va amirlikning boylik zahiralari talandi, Rossiyaga olib ketildi. Buxoroning oltin zahiralari haqida har xil ma'lumotlar boʻlgan. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, u Sayid Olimxon nomi bilan bogʻliq boʻlsa-da, aslida butun bir Buxoro amirligi ya'ni o'zbek elining mang'it urug'idan chiqqan xonlar sulolasiga tegishlidir. Mang'itlar sulolasi qancha hukumronlik qilgan bo'lsa, oltin zahirasi ham shuncha yil to'ldirilib kelingan. Abdurauf Fitratning yozishicha, «Rasman xazinaga mamlakat ning mulkiy, harbiy va siyosiy ishlarining daxli yo'q edi»2. «Oyina» jurnalida yozilishicha, amir xazinasiga tegishli oltin, kumush va boshqa zebu ziynatlarning ro'yxati yozilgan daftarlar taxlami bir yarim olchin (1 metr) boʻlgan. Yana o'sha ma'lumotda ko'rsatilishicha, «Buxoro amirining tasarrufi ostida boʻlgan xazinaning aqchasi (oltin va kumush) shu darajada mo'lki, hech bir davlat xazinasida bul darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul va yombilar bo'lmasa kerak. Buxoro Amirining sanochlarida saqlanayotgan
1Qabohat saltanati. (Nashrga tayyorlovchi A.Usmonov) - T.: O'zbekiston, 1996, 39-bet
2Amir Sayid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. -T.: Fan, 1991, 15 bet.

oltin va kumush pullar bo'yi 50 olchin (1 olchin 70 sm-mual.), eni 20 olchin va balandligi 8 olchin bo'lgan bir tog'dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari ... yana bir yerto'la xazinasi bo'lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlatlarning oltin pullari bilan to'ldirilgan»1. Boshqacha qilib aytganda, amirlik oltin “tog”ining hajmi 2695 metr kub bo'lgan ekan. Keyingi yozma manbalarning guvohlik berishicha, amirning Keyingi yozma manbalarning guvohlik berishicha, amirning koʻrsatmasi bilan bosh vazir Mirzo Nasrullo Biy Qushbegi 1917 yilda


juda maxfiylikda xazinada saqlanayotgan tillo va boshqa qimmatbaho boyliklarning ma'lum bir qismini ro'yxatga olgan. Mana shu ma'lumotga ko'ra amir xazinasidagi boyliklarning toʻla bo'lmagan miqdori quyidagicha boʻlgan:
Buxoro tillasi - 1.148.380 dona. Rus tillasi - 4.365.100 so'm. Yombi holidagi Gamburg tillosi - 1.108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi 2.844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari - 1.385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro tangasi -62.834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 696 kg); tilla kukuni - 66 pud (1 tonna 56 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 724 kg) va hokazo. Yana jami 34 nomdagi qimmatbaho asori atiqalar ro'yxat qilingan1.
Shaxsan Amir va uning oilasiga tegishli boyliklar - yirik brilliantlar - 3.482 karat, shuningdek buyumlarga tikilgan brilliantlar 968 karat, buyumlarga tikilgan qimmatbaho toshlar 8.617 karat va hokazolar ham mulk sifatida qayd etilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bu ro'yxatga Amirning Eski Buxoro va Registondagi boyliklarining eng asosiylarigina kirgan xolos. Shu narsa ma'lumki, odatda Amirga yaqin kishilarning boyliklari ham xazinaga dahldor deb hisoblangan. Binobarin, amirlik qozikalonining boyligi, quyidagicha miqdorda boʻlgan: Gamburg tillasi yombilari - 38 pud (608 kg), tilla buyumlar 85 pud (1 tonna 360 kg), kumush buyumlar - 90 pud (1 tonna 440 kg), kumush yombilar - 14 pud (324 kg), brilliantlar 920 karat, qimmatli toshlar -14 pudu 8 funt (bir funt - 400 gramm), o'ris tilla tangalari - 865 000 so'm, chet el tilla tangalari 4468 to`plam (bir necha 10, 20, 50, 100 hatto 1000 tanga ham boʻlishi mumkin). Buxoro tillalari 289014 toʻplam, Buxoro tangalari 7 million 149156 toʻplam, oʻris banki kumushlari -128987 so'm2. Mana shunday katta miqdordagi dunyoda tengi yo'q oltin xazinasi va qimmatbaho dur-u durdonalar Rossiyaga
olib ketildi va talandi. Hujjatlarda Frunze Rossiyaga olib ketgan oltin va boshqa
1 “Oyina” jurnali, 1914-yil, 25-son.
javohirlarning miqdori haqida aniq ma'lumot yo'q. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, Frunze Moskvaga olib ketgan oltinlar har bir o'n, o'n uchdan kam boʻlmagan vagonlardan iborat bir necha poezdga joylashtirilgan ekan. Bu ham yetmaganidek, hokimiyat tepasiga kelgan «Yosh buxoroliklar» M.V.Frunzega o'z minnatdorchiliklarini bildirish uchun amirning oʻta nodir oltin qilichi va xanjarini ham sovg'a qilib berib yubordilar. Amir Olimxon otasining qo'lida 22-yil xazinabon boʻlgan Fayzullo Xo'ja To'qsoba Muhammadiyevning guvohlik berishicha, xazina talab ketilganidan bir oydan keyin RSFSR vakillari kelib, uni chaqirtirib xazinaning qolgan qismini topib berishni talab qilganlar.1 Shundan so'ng u Buxoro sho'ro hukumati rahbarlarining iltimosiga ko'ra rus vakillariga avval Frunze askarlari oltin qazib olgan joylarni ko'rsatib ularni chalg'itadi. Sobiq xazinabon bu voqeadan oradan bir oy vaqt o'tgach bosqinchilardan qolgan xazinani Buxoro hukumati rahbarlariga topib bergan. Buning evaziga u hukumat tomonidan tipografiyaga ishga olingan, chopon bilan mukofotlangan.... Shu narsa ham ma'lumki, Qizil Armiya Frunze qo'mondonligida faqat Buxorodagi amirlik oltin xazinasi bilangina cheklanmaydi. U bekliklarda saqlanayotgan oltin va boshqa boyliklari ham talaydi. Masalan, Qizil Armiya Nurota. Xatirchi va Karmana bekliklaridan 1012 pud (ya'ni 16 tonna 192 kg) oltin va boshqa qimmatbaho durdonalarni tortib olganligi ma'lum. Qizil Armiya Buxoroning shahar va qishloqlarida aholi qo'lidagi hoyliklarni ham talaganligi haqida ma`lumotlar ko'p. Munavvar Qori o'z xotira asarida bunday deb yozgan edi: «Qizil Armiya askarlari Sharqiy Buxoroda... otlarini masjidlarga bog'lab qo'yib, o'zlari uyma-uy yurib talonchilik bilan shug'ullanmoqda».2 Amir Sayid Olimxon Rossiya banklariga ham katta miqdorda pul qo'ygan edi. Shuningdek, qog'oz ishlab chiqarish fabrikasi va boshqa manufaktura aksiyalarini sotib olish uchun oltin miqdorida Petrogradga 33 million, Rus-Buxoro banki va Rus-Buxoro aktsionerlik jamiyatiga 2,5 million, Buxoro temir yo'li jamiyatiga 3,5 million so'm pul o'tkazgan edi. Bularning hammasi ham rus hukumati qo'liga o'tdi.
Amir o'zi bilan olib ketgan boyliklar haqida har xil ma'lumotlar bor. Ularning birida amir 2000 karat brilliant va oltin (jami 18 qop) olib ketgan deb ko'rsatilsa, boshqasida
1«Hayot va hisobot» jurnali, 1993-yil, 3, 4, 5 va 6-sonlar.
2«Hayot va hisobot» jurnali, 1993-yil, 3, 4, 5 va 6-sonlar.

ularning miqdori 10-15 million so'm bo'lgan deb ko'rsatiladi. Bularning ham bir qismi yo'lda, G'ijduvon tumanida Qizil Armiya bo'limi bilan bo'lgan to'qnashuvda tortib olingan, degan ma'lumot ham bor.


Sho'ro Rossiyasi bosqinchilari Buxoro amirligi xazinasidagi barcha boyliklarni Rossiyaga tashib ketish bilangina cheklangan emaslar. Ular amirlik hududidagi tarixiy va muzey eksponati ahamiyatiga molik qimmatbaho boyliklarni ham olib ketganlar. Bu qimmati behisob xazinani ular o'zlaricha 19.829 so'm 45 tiyin' hisobida baholaganlar. Bundan tashqari tarixiy ahamiyatga boshqa manufaktura aksiyalarini sotib olish uchun oltin miqdorida Petrogradga 33 million, Rus-Buxoro banki va Rus-Buxoro aktsionerlik jamiyatiga 2,5 million, Buxoro temir yoʻli jamiyatiga 3,5 million so'm pul o'tkazgan edi. Bularning hammasi ham rus hukumati qo'liga o'tdi. Amir o'zi bilan olib ketgan boyliklar haqida har xil ma'lumotlar bor. Ularning birida amir 2000 karat brilliant va oltin (jami 18 qop) olib ketgan deb ko'rsatilsa, boshqasida ularning miqdori 10-15 million so'm bo'lgan deb ko'rsatiladi. Bularning ham bir qismi yo'lda, G'ijduvon tumanida Qizil Armiya boʻlimi bilan boʻlgan to'qnashuvda tortib olingan, degan ma'lumot ham bor. Sho'ro Rossiyasi bosqinchilari Buxoro amirligi xazinasidagi barcha boyliklarni Rossiyaga tashib ketish bilangina cheklangan emaslar. Ular amirlik hududidagi tarixiy va muzey eksponati ahamiyatiga molik qimmatbaho boyliklarni ham olib ketganlar. Bu qimmati behisob xazinani ular o'zlaricha 19.829 so'm 45 tiyin' hisobida baholaganlar. Bundan tashqari tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan har xil qimmatbaho oltin, kumush, yoqut va boshqa shuning singari XI asrdan XIX asrgacha boʻlgan davrdagi xotin qizlarning har xil bezakli taqinchoqlari, oltin, kumush, bronza tangalar, suvenirlar va boshqa buyumlar ham faqat 1855 so'm 50 tiyin hisoblanib tashib ketilgan. Rossiyada tayinlangan muzey xarakteridagi “unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan”, degan bahonada oʻmarilgan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho nodir materiallardan yasalgan buyumlar, tarixiy qimmatga ega nodir ashyolar va Buxoro xazinasi fondidan 4 pud 37 funtlik har xil qimmatbaho metallar bu hisobga kirmaydi. Bosqinchi talonchilar hatto Buxoro General Konsuli Mirhoboga qarashli bo'lgan boyliklarni ham o'z vakillari Juravenko orqali yig'ishtirib olgan edilar. Ular orasida: 1.27 nomda oltin, kumush, brilliant buyumlar; 2. Sof pullar: 500, 100, 10, 25, 5, 3, 1 so'mlik va 50 tiyinlik Romanovlar pulidan 7484 so'm 50 tiyin; Duma pullari - 45.500 so'm; Kerenskiy pullari - 345.240 so'm; Markaz pullari - 260 450 so'm; Buxoro pullari 2430 so'm; Turkiston bonlari -158084 so'm; 3. Qisqa muddatli harbiy zayomlar 16 100 so'm; zayom svobodi (erkinlik zayomlari) 5 ming 50 so'm. 4. Mingga yaqin yana boshqa qimmatbaho ashyolar: zanjirli nozik oltin soat, ayollar taqadigan oltin soat, kumush soat, 1-darajali 2 ta oltin nishon, 3-1 ta oltin nishon, 2-darajali 1 ta kumush nishon, 2 ta Buxoro oltin medali, oltin sirg'a va shu kabilar'
1 ta oltin nishon, 2-darajali 1 ta kumush nishon, 2 ta Buxoro oltin medali, oltin sirg'a va shu kabilar1.
Shunday qilib, «Yosh buxoroliklar» partiyasi, Buxoro kommunistik partiyasi RKP(b) va Rus sho'ro hukumatining bevosita rahbarligida uyushtirilgan qo'lbola inqilob Buxoro xalqiga ham oltin ham tirik jon hisobiga juda ham qimmatga tushdi. Bu kabi katta fojia jahon tarixida bo'lmagandir ehtimol. Rus sho'ro hukumati va kompartiyasining inqilob bilan niqoblangan bosqinchilik urushida qancha odam o'ldirgani hozircha aniq emas. Ammo bu Qo'qonda “Turkiston muxtoriyati”ni himoya qilib, shahid oʻtganlardan koʻp boʻlsa ko'pki, oz boʻlmagán. 2Frunze 2 sentabrda Buxoroni qonga botirib, uni toʻla bosib olishi
bilanoq, Leninga telegramma yuborib, uni va Butunrossiyaning ishchi va dehqonlarini “mana shu xushxabar” bilan tabriklaydi². Ana shu tariqa Buxoroda “xalq inqilobi” V.Kuybishev va M.Frunzelar boshchiligida Turkkomissiya va Turkiston fronti qo'mondonligi tomonidan amalga oshirildi. 1920-yil 5-sentabrda qonga belangan va vayronaga aylantirilgan Buxoroda Frunze boshchiligida mustamlakachi RSFSR vakillari bilan qo'g'irchoq Buxoro “inqilobiy qo'mitasi” a'zolarining birlashgan “tantanali” yig'ilishi bo'ldi. Unda g'olib Frunze RSFSR bilan Buxoro o'rtasidagi bo'lajak munosabatlarning asosiy yo'nalishi to'g'risida Moskvaning qarashlarini bayon qildi. Bayonot “yakdillik” bilan ma'qullandi.3
Oradan bor-yo'g'i to'rt kun o'tgandan so'ng Turkkomissiya va Turkiston byurosi RSFSR bilan Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi o'rtasidagi “do'stona” munosabatlarni mustahkamlash va inqilobiy hukumatning yangi hayot qurishiga amaliy yordam berish maqsadida 1920-yil 10 sentabrda V.V.Kuybishev RSFSRning va Kominternning Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi hukumati huzuridagi muxtor elchisi etib tayinlandi va ayni paytda u Turkkomissiya a'zosi ham boʻlib qoldi.4
1O'zR MDA, R-47-fond, 6-ro'yxat, 3 s-ish, 104-105-varaqlar.
2O'sha manba, 105-varaq orqasi va 106-varaqlar
3O'sha manba, 106-varaq va orqasi
4 O'sha manba, 107-varaq va orqasi, 8-varaq
Qisqasi V.Kuybishevga Buxoroda Sho'ro talablari darajasidagi davlat mashinasini tashkil etish, rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yib boshqarish vazifasi yuklangan edi.1 V.V.Kuybishev Buxoroga kelishi bilanoq mustamlakachi Sho'rolarning ishonchli vakili sifatida o'z faoliyatini boshlab yuboradi. 11 sentabrda «Yosh buxoroliklar» guruhi bilan Buxoro Kompartiyasi yagona Kompartiyaga birlashtirildi va RKP(b)ning Buxorodagi filiali sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Shunday qilib, 1920-yil 2 sentabr Buxoro tarixining eng qora va unutilmas kunlaridan biri boʻlib qoldi. Shu kundan e'tiboran Sho'ro mustamlakachiligi bayrog'i Buxoroda ko'tarildi. Sharqona Buxoro musulmonlar davlatchiligi o'zining milliy an'ana va mustabid boshqaruvi bilan birgalikda butunlay tugatildi. Oʻzbek xalqi mang'it urug'i sulolasining ikki yuz yillik hukmronligi davri barham topdi.2


1O'sha manba, 1616-fond, 1-ro'yxat, 15-ish,141-142-varaqlar. Oʻzbekiston SSR tarixi. Uchinchi jild. /Bosh muharrir 2I.M.Mo'minov. -T.: Fan, 1971. 290-bet

Download 63.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling