Kurs ishi mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(bxsr) ning tashkil qilinishi


Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilishi


Download 63.37 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi63.37 Kb.
#1439173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Husan degan bachaning kurs ishi

2.2. Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilishi


RKP (b) Markaziy Qo'mitasining milliy respublikalar va viloyatlarning mas'ul xodimlari bilan birgalikda o'tkazgan kengashida (1923-yil, iyun) Buxoro Respublikasi va Kompartiyasi «yot unsurlar va aksil inqilobiy» kuchlar bilan «to'lib-toshgan»liqda ayblandi. Natijada Moskvaning tazyiqi bilan hukumat tarkibida va Kompartiyada “tozalash” o'tkazildi. Buxoro Respublikasi hukumati hay'ati. oʻzgartirildi. Hukumatda Turkistondan yuborilgan emissarlarning ta'siri borgan sari kuchayib bordi. Sho'rolarning Buxoroda yurg'izgan bunday mustamlakachilik va shovinistik siyosati umumxalq noroziligining kuchayishiga sabab bo'ldi. O'z vaqtida Munavvar Qori Abdurashidxonov bu to'g'rida quyidagilarni yozgan edi: «Bu norozilik tobora avj oladi. Bir muncha vaqt o'tgach, Buxoroga Turkkomissiya a'zosi Safarov keladi... Safarov mendan buxoroliklar inqilobga qanday munosabatda ekanliklari va Sharqiy buxoroliklar nima uchun amirni qo'llab quvvatlayotganliklari sabablarini ham so'radi. Men hech nimani yashirmay, buxoroliklar mustaqillikka intilayotganliklarini va ular hozirgi ahvoldan norozi ekanliklari, shuning uchun ular: «Bu inqilobmi yoki bosib olishmi?», degan savolni o'rtaga tashlayotganliklarini aytdim... Shundan so'ng Safarov revkom majlisini chaqirib, hukumat vakillarini qattiq haqorat qiladi. Safarov jo'nab ketganidan so'ng Buxoro hukumati vakillari oʻzaro yig'ilish o'tkazib, Moskvaga xat yozadilar. Unda agar Safarov o'z munosabatini oʻzgartirmasa, bizlar hammamiz ishlashdan bosh tortamiz, deb ogohlantiriladi». Umumxalq noroziligi Buxoro Kompartiyasi va hukumati rahbarlari faoliyatiga ham ta'sir etdi va ular ikki guruhga bo'linib ketdilar. Birinchi guruh o'z umidini va taqdirini Rossiya va qizil askarlar bilan bog'lovchi Buxoro Sho'ro hukumati edi. Ikkinchi guruh esa Sho'rolar va Kompartiyaga qarshi ozodlik va milliy mustaqillikni yoqlagan edi. Bu guruh a'zolari o'z umidlari va diqqat-e'tiborlarini milliy istiqlol harakatiga qaratdilar. Bu guruhga Muhiddin Maxsum Xo'jayev boshchiligidagi “so'l kommunistlar” ham yaqin edilar.1 Ular 1921-yil avgustda Buxoro hukumatini ag'darishga urinib ham ko'radilar. Lekin bu harakat muvaffaqiyat qozonmasdan tor-mor qilindi. Milliy istiqlolchilar tomoniga o'tgan hukumat a'zolari orasida Buxoro Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, harbiy nozir Abdulhay Oripov, uning o'rinbosari Tal'atzoda (Turk ofitseri), Ichki ishlar nozirining o'rinbosari Mulla Bobo, Buxoro militsiyasining boshlig'i Ali Rizo (Turk polkovnigi) va boshqalar bor edi. Ular milliy istiqlol kuchlari bilan yashirincha zimdan aloqa o'rnatdilar, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlab yordam berdilar.2 Bu xususda Buxoro hukumatida Mehnat kengashi raisi o'rinbosari lavozimida ishlagan Abdurauf Fitratning Sho'ro organlari so'roqlariga bergan quyidagi javoblari g'oyatda e'tiborlidir: «Bizning tashkilotimiz bosmachilik harakatiga katta ahamiyat bergan va unga Sovet hukumatiga qarshi faol kurashda vosita sifatida ko'pdan-ko'p umid bog'lagan edi. Biz bosmachilikni bo'lg'usi burjua millatchi davlati milliy armiyasining tug'ilishi deb hisoblaganmiz. Shuning uchun ham Muinjon Aminov, Ota Xoʻjayev, Usmon Xo'jayevlarning faol ishtirokida Fayzulla Xo'jayev bosmachilik harakatiga bevosita rahbarlik qilish bilan shug'ullangan.3
1O'qituvchi, 1994, 104-bet.
2Turon tarixi. To'plam. -T.: 1992, 20-bet.
3Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). -T.:
Quloq-millatchilik shiorlari ostida tashkil qilingan bosmachilik harakatini biz RSFSR hukumati oldidagi Sovet hokimiyati prinsiplariga qarshi qaratilgan xalq harakati deb bilganmiz.
Bu yo'nalishdagi «milliy ittihod»ning rejali va uyushgan faoliyati shunga olib keldiki, 1920-1924-yillar davrida Mulla Qahhor, Jo'ra Amin, Murod Meshkop, Mitan Polvon va boshqa yirik qo'rboshilar rahbarligidagi
bosmachilik harakati butun Zarafshon vodiysini qoplagan edi. Farg'ona vodiysida ham ahvol shunday edi. Bir vaqtning o'zida bosmachilik harakatini avj oldirib xorijiy davlatlar bilan aloqa o'rnatish ishini ham jonlantirib yuborganmiz. 1922-yili tashkilotimiz a'zosi Qosim Qori Eron hukumati bilan aloqa o'rnatish uchun Eronga xizmat safariga yuborildi. U Eron shohi tomonidan qabul qilingan va bizni Sovet hokimiyatiga qarshi kurashimizda o'z tomonidan bizga yordam berish va'dasini oldi. Shu joyda, Eronda Qosim Qori ingliz hukumati vakillari bilan ham aloqa o'rnatdi. Huddi shu davrda biz Turkiya hukumati bilan bevosita aloqa o'rnatdik, shu maqsadda Turkiyaga vakillarimiz, tashkilot a'zolari Muhammad Nazariy va Ismoil Sadriy borishdi. Yusufzoda va Xoshim Shaav orqali Afg'oniston hukumati doiralari bilan aloqa o'rnatdik».
Biroq Markaziy Sho'ro hukumati va Kompartiya Markaziy Qo'mitasi O'rta Osiyoni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirishdan iborat o'z rejasini og'ishmay amalga oshirib bordi. Bu davrga kelib Xorazm va Buxoroda amalga oshirilgan qo'lbola «xalq inqiloblari» tashkil qilindi. Sho'ro hukumati bu bilan o'z oldiga qo'ygan «minimum dastur»ni amalga oshirdi. Endi bolshevoylar hukumati oldida «maksimum dastur» turar edi. U ham bo'lsa endi O'rta Osiyodagi respublikalarning mustaqil harakat qilishlariga izn bermaslik, ularning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot jilovlarini markaz ixtiyoriga batamom bo'ysundirish, shu asosda ularni kelajakda milliy respublikalarga boʻlib yuborish uchun zamin tayyorlash va kelajakda turkiyzamin xalqlarning yagona Turkiston davlati bo'lib birlashishiga abadul-abad zarba berish edi. Bu xususda RKP(b) MQ siyosiy byurosining 1922-yil 1-fevralda qabul qilingan «Buxoro masalasiga doir» qarori xarakterlidir. Bu qaror G.V.Chicherin, V.V.Kuybishev va F.Xo'jayevlar ishtirokida shaxsan. I.Stalin rahbarligida tayyorlangan edi. Ana shu qaror asosida Xorazm va Buxoro Kompartiyasi vakillari RKP (b) Markaziy Qo'mitasining Turkiston byurosiga a'zo qilinib, Turkiston byurosi RKP (b) MQ ning O'rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Bu bilan O'rta Osiyoning siyosiy jihatdan qaramligi batamom Moskva qo'liga o'tib ketdi.1923-yil mart oyida Turkiston, Xorazm va Buxoro respublikalari «O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi»ga birlashtirilgach, Oʻrta Osiyo respublikalari endi iqtisodiy jihatdan ham Moskvaga, markazga batamom qaram bo'lib qoldilar. Chunki Moskva mazkur tadbir bilan O'rta Osiyodagi har uchala respublikani iqtisodiy jihatdan birlashtirib, ularni yagona Rossiya pul, soliq tizimi, yagona iqtisodiy strukturaga kiritish orqali ularning amaldagi mustaqilligiga hal qiluvchi zarba bergan edi. O'rta Osiyo respublikalari jilovini o'z qo'liga mustahkam tutib olgan Moskva hukumati endi hamma masalani o'z bilganicha amalga oshira boshladi. RKP (b) MQ Siyosiy Byurosi 1923 yil 12-iyunda qabul qilgan «Buxoro masalasiga doir» qarorida Buxoro hukumati a'zolari «Markaz talablari» darajasida emasligini ta'kidlab, uni «demokratlashtirish» talabini qo'yadi.1 Markazning bu talabi 1923-yil 23-iyunda bo'lib o'tgan Buxoro Kompartiyasi MQning Plenumi qarorlarida o'z aksini topdi. Unda Moskva nomidan qatnashgan Ya.E.Rudzutak Buxoro Respublikasi hu dudida faoliyat ko'rsatayotgan bir qator mahalliy Inqilobiy Sho'ro Ijroiya Qo'mitalari rahbarlarining xatti-harakatlari Mar kaz talabini qondirmayotganligi, ular «millatchilik» bilan shug'ul lanayotganliklarini tanqid qildi. Ko'p o'tmasdan Sho'ro apparatlarini «yot unsurlar» va «millatchilar»dan tozalash bahonasida eski Buxoro, Chorjo'y, Sherobod, Qarshi, Shahrisabz, Karmana, Boysun, Nurota, G'uzor Ijroiya qo'mitalarining raislari o'z vazifalaridan chetlashtirildi, ularning o'rniga Moskvaga yoqadigan kadrlar qo'yildi. Bunday «tozalash» ishlari Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi va Buxoro Kompartiya MQ apparatlarida ham amalga oshirildi. Sho'ro hukumati Otaulla Xo'jayevni Buxoro Xalq Nozirlari Kengashi raisi o'rinbosari va Abdurauf Fitratni Buxoro Mehnat Kengashi raisining o'rinbosari lavozimlaridan olib tashlaydi. «Yot unsurlar» va «burjua millatchilari»ga qarshi muvaffaqiyatli kurashmoq uchun Sho'ro va partiya tashkilotlari «ishonchli» kadrlar bilan mustahkamlandi. RKP (b) MQ O'rta Osiyo byurosi a'zolaridan tojik kommunisti, keyinchalik Buxoro Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining kotibi etib tayinlangan A.Rahimboev va turkman kommunisti Q.S.Otaboyev Buxoroga chaqirilgan edilar.2 Buxoro Markaziy Ijroiya Qo'mitasining «Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi hukumati tarkibini o'zgartirish to'g'risida»gi 1923-yil 24-iyun qarori bilan Q.S.Otaboyev Respublika Xalq Nozirlari Sho'rosi raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlanadi. Sinfiylik va partiyaviylik prinsipi asosida davlat va Kompartiya tashkilotlarini yot unsurlardan tozalash, kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qo'yishda Markaz koʻrsatmalariga amal qilish jarayoniga qonuniy tus berishda 1923-yil 11-oktabrdan 17-oktabrgacha Buxoroda o'z ishini olib borgan IV Butun Buxoro Sho'ro Qurultoyi o'ziga xos o'rin tutadi. Unda jami 389 delegat qatnashdi, shundan 237 kishi o'zbeklar, 81 kishi tojiklar, 22 kishi turkmanlar va 19 kishi qirg'izlarning vakillari edilar. Qurultoy Xalq Nozirlar Sho'rosi eski tarkibining xususiy savdoni qo'llash bobida yuritgan siyosatini qoraladi va noto'g'ri siyosat deb topdi. Bundan buyon faqat kooperativ va davlat savdosini kredit bilan ta'minlashga intilish kerakligi qayd etildi. IV Qurultoy Buxoro xalq sho'ro Respublikasi Konstitutsiyasiga qo'shimcha va oʻzgarishlar kiritdi. Unga muvofiq barcha mulkdorlar, katta savdogarlar va sobiq amaldorlarning hammasi faol va passiv saylov huquqidan mahrum qilindilar.Qurultoyda 52 kishidan iborat Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Qo'mitasining yangi tarkibi saylandi. Markaziy Sho'ro hukumati va Kompartiya MQ muttasil o'tkazib kelgan og'ir mustamlakachilik va shovinistik siyosatga qaramasdan F.Xo'jayev hukumati Buxoro respublikasi manfaatlarini koʻzlab xalq xoʻjaligi, savdo, madaniy-ma'rifiy sohalarni rivojlantirishga mumkin qadar e'tibor berdi. Buxoro xalq sho'ro Respublikasi mehnat va mudofaa sovetining 1923-yil 4-yanvar qarori bilan muhtoj dehqonlarga yordam fondiga 140 ming pud urug'lik chigit va 123,5 ming pud urug'lik don berdi. Bundan tashqari dehqonlarga 1344 bosh ish hayvoni va 3800 ta har xil dehqonchilik asboblari berildi1. Respublika hukumati Sho'ro tartib-qoidalari va mafkura talablariga javob beradigan maorif tarmoqlarini rivojlantirishga e'tibor berdi. Bu sohaga agar 1921-yilda davlat byudjetidan 3 foiz mablag' ajratilgan bo'lsa, 1924-yilda esa 24 foizdan ko'proq mablag' ajratildi. Natijada Xalq maorifi tarmoqlari kengaydi. 1924 yilga kelib Respublikada 68 ta umumta'lim maktabi, 2 ta muallimlar tayyorlash instituti, pedagogika kurslari, 3 ta musiqa o'quv yurti, 3 ta hunar maktabi, 13 ta internat, 13 ta kutubxona, muzey, teatr faoliyat ko'rsatdi. Umumta'lim maktablarida 5600 o'quvchi o'qidi. Muallimlar tayyorlaydigan institutda 120 student, pedagogik kurs larda 400 tinglovchi shug'ullandi.2 F.Xo'jayev hukumati rivoj topgan mamlakatlarning o'quv dargohlarida Respublika yoshlarining bilim va ta'lim olishlariga ham
alohida e'tibor berdi. 1924-yil 1-aprelga qadar Buxoro
1O'zbekiston SSR tarixi. III jild. /Bosh muharrir I.M.Mo'minov/. - T.: Fan,1971, 331-bet.
2O'zbekiston SSR tarixi. Sh jild. -T.: Fan, 1971, 328-331-bet.
Xalq Sho'ro Respublikasidan Moskva, Peterburg, Olmoniya, Turkiya, Toshkent va boshqa xorijiy mamlakatlarga 288 nafar yoshlar' o'qishga yuborilgan edi. Ularning o'qishi va ta'lim olishiga shaxsan F.Xo'jayev alohida e'tibor berdi. Ammo
F.Xoʻjayev boshliq Buxoro hukumati o'z vaqtida bolsheviklar va Sho'ro hukumatining Buxoro Respublikasi va xalqiga ko'rsatayotgan «beg'araz yordamlari» mohiyatiga yetarli darajada baho beraolmagan
va katta xatoliklarga yo'l qo'ygan. Jumladan, 1922-yil iyulda Rossiya hukumatining Buxoroga to'qimachilik va qog'oz fabrikalari, ko'n va sovun pishirish zavodlari uchun uskunalarni Zarayskdagi «Krasniy Vostok» fabrikasidan bepul yuborilganligini qayd etish mumkin?. Rossiya nega bekordan bekorga shuncha asbob-uskunalarni Buxoroga tekinga beradi? Bundan tashqari o'zaro kelishuv orqali (1921-yil 17-noyabr va 1922 yil 15-yanvar) Rossiyaning Buxoroga bergan 50 milliard so'm qarzi ham bekorga berilmagan edi. Ana shu yo'llar bilan Sho'ro Rossiyasi o'lkaning boyliklarini bosqichma-bosqich o'zlashtirishni amalga oshira bordi. Masalan, Buxorodan Rossiyaga yetkazib beriladigan paxta miqdori 1924-yildayoq 1923-yilga nisbatan ikki barobar ortdi va 885 ming pudga yetdi.1 Buxorodan Rossiyaga tashib olib ketilgan qorako'l miqdori 1921-yilga nisbatan 1924-yilga kelib o'n barobar ortdi va 1 million donani tashkil etdi. Bolsheviklar va Sho'rolarga haddan tashqari ishongan va e'tiqod qo'ygan Buxoro Respublikasi hukumati O'rta Osiyo xalqlariga yot va ma'naviyatimizdan yiroq g'oya va qarashlarni ham xalqimiz hayotiga olib kira boshladi. «Xalqlar dohiysi» V.I.Leninning vafoti munosabati bilan Butun Buxoro MIQ Hay'atining 1924-yil 27-yanvarda Parsa-Xoʻja raisligida o'tgan majlisida Rahmat Rafiq ma'ruzasi asosida «xalqlar dohiysi» V.I.Lenin nomini abadiylashtirish» to'g'risidagi qarori bunga yorqin misol bo'la oladi. 2Qarorga asosan:
1.Buxoro shahridagi «Istiqlol» maydonini Lenin nomi bilan atash va u yerda Leninga haykal o'rnatish;
2. Chorjo'y shahrining nomini o'zgartirib, uni «Leninsk» deb atash;
3. 1-piyoda Polkiga Lenin nomini berish;
4. Sho'ro va partiya maktablarini Lenin nomi bilan atash;
1O'sha manba, 328-bet.. 2 История Бухары с древнейших времен до наших дней. - 225-betlar.
2"O'zbekiston SSR tarixi. 3-jild. -T.: Fan, 1971, 329-bet.

5. Yosh pionerlar tashkilotini Lenin nomiga qoʻyish;


6. Hatto aravakash va meshkoblar Ittifoqini ham Lenin nomi bilan yuritish 1kerakligi ko'rsatildi. Sho'ro Rossiya mus tamlakachiligi va shovinistik rejalarini amalga oshirishda Sho'ro larning V butun Buxoro qurultoyi navbatdagi bosqich boʻldi. 1924 yil 18-20-sentabrda o'z ishini olib borgan Qurultoyda Buxoro xalq sho'ro respublikasining 4-yillik yakunlari muhokama qilindi. 19-sentabrdagi majlisda buxoro xalq sho'ro respublikasini bundan so'ng «Sotsialistik Respublika» deb atashga qaror berildi. Albatta bu qaror o'lkaning mavjud kundalik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarini hisobga olmasdan sun'iy ravishda Rossiyada hukm surayotgan siyosiy tuzum bilan uyg'unlashtirishdan iborat ekspansionistik maqsadni ko'zda tutar edi. Amalda esa Buxoro respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayotida uni «Sotsialistik Respublika» deb ataydigan darajada katta o'zgarish bo'lmagan edi. Buxoro xalqi sho'ro rossiyasi mustamlakachiligi va bosqinchiligiga qarshi kurashni hali to'xtatmasdan shiddat bilan davom ettirmoqda edi. Sho'rolar va kompartiya markaziy qo'mitasi o'zining bosqinchilik va shovinistik maqsadlaridan kelib chiqqan holda Buxoro res publikasida obyektiv nuqtayi-nazardan ehtiyoj va zarurat bo'lmasa da salkam 4 yilda butun Buxoro sho'rolarining 5 ta qurultoyini chaqirdi.2 Ularda ko'rilgan, muhokama qilingan masalalar va qabul qilingan qarorlar asosan bitta maqsadga Buxoro respublikasini tezroq rossiya mustamlakasiga aylantirishdan iborat bosh maqsadga xizmat qilishga qaratildi. Shu boisdan ham V butun Buxoro sho'rolarining qurultoyi Buxoro Respublikasining «sotsialistik» taraqqiyot yo'liga o'tishi O'rta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi o'tkazilishi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi», qabilida xulosa chiqardi. Aslida esa milliy-davlat chegaralanishini o'tkazish masalasi bolsheviklar dohiysi V.I.Leninning pirovard bosh maqsadining asl o'zagini tashkil etuvchi tub muddao edi. 1924-yil 18-noyabrda bo'lib o'tgan Buxoro sho'ro sotsialistik respublikasi markaziy ijroiya qo'mitasining 5-chaqiriq 2-sessiyasi O'zbekiston sho'ro sotsialistik
respublikasi Vaqtli Inqilobiy Qo'mitasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi. 3Unda Buxoro respublikasi 5-sho'ro qurultoyining O'rta Osiyo sho'ro respublikalarida milliy-davlat
1O'zR MDA, R-48 s-fond, 2 s-ro'yxat, 12 s-ish, 179-varaq. Istoriya Buxari s drevneyshix vremen do nashix dney. -T.: 21976, 214-bet. 3 O'zRMDA, 1616-fond, 1-ro'yxat, 137-ish, 63-64 varaqlar; 2-ro'yxat, 11-ish, 24-varaq.
3O'zbekiston SSR tarixi. 3-jild. -T.: Fan, 1971, 328-bet.
chegaralanishini o'tkazish va milliy davlat tashkil etish to'g'risidagi qarorini bevosita hayotga tadbiq etish lozimligi qayd etildi. Ushbu vazifani bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanish uchun Buxoro MIQning 2-sessiyasi 5-Qurultoy qarorlari asosida Xorazm va Turkiston Respublikalari MIQ roziligi bilan O'zbekiston sho'ro sotsialistik respublikasi muvaqqat inqilobiy qo'mitasi tarkibini tasdiqladi. Uning tarkibiga: Fayzulla Xo'jayev (Rais) va a'zolar etib: Islomov, Porsa-Xoʻja, Rahimboyev, Sulton Qoriyev, Rizayev, Goldberg, Ivanov, Xidiraliyev, Manjara, Saidjonov. Po'latov, Lukyanov va G'oziyev kirgan edi. Xullas, Rossiya sho'rolar hukumati O'rta Osiyo respublikalarini Rossiyaning mustamlaka o'lkasiga aylantirishdan iborat bosh maqsad sari ishonchli qadamlar tashlab bordi. Bu muammoni hal qilish yo'lidagi bosh va asosiy to'siq o'lkadagi istiqlolchi kuchlar qarshiligini uzil kesil bostirish lozim edi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Buxoro Xalq respublikasining demokratik islohotlar tomon bosib o‘tgan yo‘li o‘sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda ham, mashaqqatli va ulug‘ yo‘l bo‘ldi. Buxoro respublikasi atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy qilinayotgan demokratik davlatga aylana boshladi. Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil bo‘lgan bu davlatlarning mavjudligiga ham barham berildi.
Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi bilan kamida uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy davlatchilik xalqasi deyarli uzib tashlandi. O‘zbekiston SSR tuzilsa ham (1925 yil fevral) oradan ko‘p o‘tmay u SSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSR amalda hech qanday mustaqil siyosiy huquqlarga ega bo‘lmay, balki yangi shakldagi mustabid sovet rejimining bir qismi bo‘lganligi uchun ham mustaqil davlat vazifasini o‘tay olmadi.
1920-yiIning 23-sentabrida Buxoro Sovetlarining Quruitoyi uning birinchi Konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiya RSFSRning 1918-yildagi Konstitutsiyasiga asoslandi. Konstitutsiyada Umumbuxoro xalq deputatiari syezdi oliy hokimiyat organi hisoblanib, 2 ming kishidan bir deputat miqdorida saylangan. Uning sessiyalari doimiy organ bo'lgan. Butun Buxoro Xalq Sovet Respublikasining hukumati Xalq Noziiiari Soveli ustidan nazorat organi hisoblanib, uning muhim qarorlarini tasdiqlagan. 1920-yilning 14-sentabrida Birinchi Xalq Nozirlar Kengashi 9 ta a'zo (xalq komissarlari) tarkibida tuzilgan bo'lib, u Umumbuxoro Ijroiya Komiteti tomonidan rais, uning ikki o'rinbosari hamda xalq nozirlari: adliya, ichki ishlar, harbiy ishlar, maorif, sog'liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot, savdo va sanoat, soliq, qishloq xo'jaligi hamda davlat nazorati xalq nozirlari tarkibida tuzilgan. (Konstitutsiyaning 31, 38-,39-moddalari). Keyinchalik qishloq xo'jaligi, moliya va iqtisod xalq nozirliklarini birlashtirib Xalq Xo'jaligi Oliy Kengashi tashkil qilindi. Rais, uning o'rinbosari, uchta bo'lim: 1) Markaziy Moliya boshqarmasi; 2) Markaziy yer-suv boshqarmasi; 3) Savdo va sanoat boshqarmasi tarkibida tuzildi. Ushbu tashkilot Xalq Nozirlar Kengashi, Buxoro Iqtisodiy Kengashi nomlari bilan qayta nomlangan. BXSR viloyat, tuman, kent Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari tashkil qilinib, mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan.
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma’qullab kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko‘rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi, saroy a’yonlari va amir amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat razvyorstkasi va uning qattiqqo‘llik bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolariga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya ta’minotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik faoliyati haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab bo‘ldi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar ham keskinlashdi. Buxoroda amir hokimiyati ag‘darib tashlangan dastlabki xaftalardayoq mamlakatning g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi boshlangan qurolchilik harakati avj olib ketdi.



Download 63.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling