Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Jizzax davlat pedagogika instituti
Tarix fakulteti
“Tarix o’qitish metodikasi” bakalavr yo’nalishi
Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi
“O’zbekiston tarixi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(BXSR) ning tashkil qilinishi
Bajardi: “Tarix o’qitish metodikasi” yo’nalishi
3-kurs talabasi To’rayev Husan
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Z.Xolboyev
Jizzax-2022
Reja(mundarija)
|
Bob va paragraflarning nomlanishi
|
Betlar
|
Kirish
|
3
|
Birinchi bob. Buxoroda amirlik tuzumining ag’darilishi
|
6
|
|
Buxoro amirligining sovetlar tomonidan tugatilishi va bunda “yosh buxorolik”larning tutgan o’rni.
|
6
|
|
Buxoro amirligining talon-taroj qilinishi.
|
10
|
Ikkinchi bob. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilishi va uning faoliyati
|
16
|
|
2.1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati
|
16
|
|
2.2. Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilishi
|
20
|
Xulosa
|
28
|
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati….
|
30
|
Ilovalar (agar bo’lsa)………….
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillika erishganimizdan so’ng barcha sohalar qatori ilm-fan madaniyat, san’at va tariximiz ham o’zining asl qiyofasini tikladi. Ko’p asrlik tariximiz o’zining mazmun-mohiyatini haqqoniy aks eta boshladi. Milliy madaniyatimiz ajralmas qismi hisoblangan urf – odat an’analarimiz va buyuk ajdodlarimiz nomi oqlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “ O’tmishi buyuk xalqni yengib bo’lmas ekan, demak biz xalqimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz kerak”degan fikri ahamiyatlidir.1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 17-fevral kuni qabul qilingan “Harakatlar Strategiyasi” to’g’risidagi maxsus farmonning to’rtinchi ustuvor yo’nalishida ham aynan ilm- fan, madaniyatni rivojlantirishga oid maxsus boblar ajratilgan. Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi u urfodat, an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. 2
O’zbekiston davlatchiligi tarixida XX asr o’zining g’oyatda ziddiyatli davrligi va kutilmagan voqealari, fojialari bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Sovetlar davri voqealari bu davrning eng ziddiyatli va murakkab hodisalaridan hisoblanadi.
1917-yil fevral inqilobi va undan keyin yuz bergan voqealar jahon tarixida ham shu davrgacha also kuzatilmagan ulkan voqealiklardan biri bo’ldi. Insoniyat tarixida dastlab bolsheviklar so’ngra ularning vorislari tomonidan butun boshli davlatlar va xalqlar ustidan shu davrgacha kuzatilmagan ulkan miqyosda ijtimoiy tajribalar o’tkazildi. Shu sababli bu davr voqealarini xolis nuqtayi nazar bilan batafsil tahlil qilib chiqish nihoyatda dolzarb vazifaga aylandi. Biroq Sovet davlati g’oyatda ulkanligi, jahonning ko’plab mamlakatlari va xalqlari tarixida chuqur iz qoldirganligi tufayli uni ushbu kichik tadqiqotimizga to’laqonli yoritib bera olmasligimiz aniq. Shu sababli Sovetlar davrining kichik bir bo’lagi bo’lgan 1917-1924-yillardagi tarixiy jarayonlarni Buxoro amirligi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi misolida ko’rib chiqdik.
Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida masaladir XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |