Kurs ishi mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(bxsr) ning tashkil qilinishi


Download 63.37 Kb.
bet2/7
Sana07.05.2023
Hajmi63.37 Kb.
#1439173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Husan degan bachaning kurs ishi

Mavzuning maqsad va vazifalari: Sho'rolar o'zlarining qora niyatli maqsadlarini amalga oshirishda har doim «baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni amir, beklar, boy va feodal zulmidan ozod bo'lishda «yordam» beruvchilar qilib ko'rsatib, amalda «harbiy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar.
Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg'unlashgan mustabid amir zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo'lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o'tkazish, mamlakatda adolatli hayotni yo'lga qo'yishda xon hokimiyatiga muxolifatda bo'ldilar. Bu muxolifat taraqqiyparvarlar, asosan, amirlikdagi yirik ulamo va amaldorlardan iborat bo'ldi.
Mavzu tarixshunosligi. XX asrning boshlarida boshlangan Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasiga uyushtirgan bosqinchilik yurishlari, mustamlakachilik siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, milliy-ozodlik harakatlari, umuman, imperiya bosqinining maqsad-mohiyati va oqibatlari haqidagi manbalar – qo‘lyozma asarlar, esdaliklar, xotiralar, hujjatlar va arxiv ma’lumotlari majmui ko‘pchilikni tashkil etadi. Afsuski, sovet hukmronligi davrida ularning barchasi bir yoqlama tadqiq etilib, masalaning mohiyatiga xolisona baho berilmadi.
Mavzu bo‘yicha ko‘plab tarixiy asarlar mavjud bo‘lib, ularning orasida quyidagilar: Muhammad Solihho‘janing «Tarixi jadidayi Toshkand», Mirzo Abdulazim Somiyning «Tarixi salotin mang‘itiya», Muhammad Attor Ho‘qandiyning «Tarixi jahonnamoyi», Ibratning «Farg‘ona tarixi», Yusuf Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy», Hakim Ma’sumxonning «Muntaxib ut-tavorix», Muhammad Sodiq Munshiyning «Qo‘qon xonligi tarixi», «Tarixi Manzum», Aziz Marg‘iloniyning «Tarixi Aziziy», Ahmad Donishning «Mang‘it amirlari tarixi», Muhammad Fozilbekning «Mukammali tarixi Farg‘ona» va hokazolar muhim o‘rin egallaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti jamg‘armasida ham mavzuning u yoki bu tomonlarini yorituvchi manbalar turkumi saqlanadi. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi jamg‘armalarida (1, 2, 3, 5, 17, 18, 19, 276-jamg‘armalar) saqlanayotgan turli hujjatlar, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida chop etilgan matbuot nashrlari mavzu haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Download 63.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling