Kurs ishi mavzu: Buxoro Xalq Sovet Respublikasi(bxsr) ning tashkil qilinishi
Download 63.37 Kb.
|
Husan degan bachaning kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishing tuzilishi.
Mavzuni O`rganilish darajasi.Ushbu mavzuni tadqiq etish, o‘rganish Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olishidan boshlangan. Ularning mualliflari harbiylar, nufuzli amaldorlar bo‘lishgan. Mualliflar orasida P. Andreevich, A.T. Serebrennikov, K.Abaza, G.Grodekov, M. A. Terent’evlarning asarlari mavzu mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan asrning 20-yillarida G.I. Safarov, P.G. Galuzo, A.Z.Validiy va boshqa shu kabi mualliflar qalamiga mansub adabiyotlarda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyati o‘z aksini topgan edi.
Mustaqillik yillarida Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini bosib olishi hamda o‘lkada olib borilgan mustamlakachilik siyosat ilmiy va haqqoniy tarzda yoritilmoqda. Ushbu mavzuning turli jihatlari bo‘yicha H.Ziyoev, N.Abduraximova, F.Is’hoqov, H.Sodiqov, F.Ergashev, R.Shamsutdinov, H.Bobobekov, D.Ziyoeva, P.Ravshanov, Q.Usmonov, Z.Choriev, Sh.Vohidov, N.Musaev kabi ko‘plab olimlarning tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida mustamlaka Turkiston o‘lkasi, imperiya qaramligidagi Buxoro, Xiva xonliklarida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy hayot tarixining o‘rganilmagan yoki kam tadqiq etilgan mavzulariga oydinlik kiritildi, jadidchilik harakati, atoqli jadid ma’rifatparvarlarining faoliyati xususida, o‘lkada ro‘y bergan milliyozodlik harakatlari to‘g‘risida qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi va hokazo. Kurs ishing tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish,2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. BIRINCHI BOB: BUXORODA AMIRLIK TUZUMINING AG’DARILISHI. Buxoro amirligining sovetlar tomonidan tugatilishi va bunda “yosh buxorolik”larning tutgan o’rni. 1920-yil yanvarida F.Xo'jayev Moskvadan qaytib kelgach, iyunning o'rtalarida ilgari kompartiya safiga kirishdan bosh tortgan “yosh buxoroliklar” partiyasining konferensiyasini chaqirdi. Konferensiya F.Xoʻjayev tomonidan yozilgan dasturni qabul qildi. Dasturda yangi jamiyat va davlat qurilishi asoslari ishlab chiqildi, odil sudlov ishlarining asosida shariat qoidalari turishi ko'rsatildi. Bundan tashqari unda yana amirlik tugatilgach, umumiy saylov asosida Ta'sis majlisi chaqirilishi, demokratik xalq respublikasi tashkil etilishi belgilangan edi. Dasturning asosiy mazmuni RKP (b) dasturidan olingan edi. Shuning uchun ham F.Xo'jayev mahalliy kommunistik partiya rahbarlari bilan o'zi o'rtasidagi kelishmovchilikni hisobga olib, to'g'ridan-to'g'ri Leninga xat yozdi va o'z partiyasini Rossiya kompartiyasiga qo'shib olinishini iltimos qildi. Lenin ushbu xatga ilova qilingan dastur bilan tanishdi va uni RKP (b) Tashkiliy byurosiga topshirdi. Tashkiliy byuro dasturdagi sotsializmga zid bo'lgan g'oyalarni hisobga olib, bu partiyani Rossiya kompartiyasiga qabul qilishni vaqtincha kechiktirdi. Nihoyat, bu masala Toshkentda Turkkomissiyaning muhokamasiga qo'yildi. Turkkomissiya o'zining 1920-yil 3-avgustdagi majlisida markazning ko'rsatmasiga ko'ra “yosh buxoroliklar”ning inqilobiy guruhi bilan Buxoro kompartiyasini birlashtirish masalasini muhokama qildi. Har ikki tomon o'z faoliyati va asl maqsadi to'g'risida axborot berdi. “Yosh buxoroliklar” o'zlarini kommunistik nuqtai nazarda ekanliklarini ko'rsatib, Buxoroda amir hokimiyati ag'darilganidan keyin kompartiya safiga kirish to'g'risida fikr bildirdilar. Ushbu g'oyani hisobga olgan holda turkkomissiya bu ikki partiya hozir birgalikda ittifoq tuzib, amirga qarshi inqilobiy ish olib borishi mumkin, degan mazmunda qaror qabul qildi. Bu qaror sho'ro hukumati va kompartiyasining Buxoroga nisbatan dushmanlik, bosqinchilik va mustamlakachilik harakatini amaliy jihatdan yangi bosqichga ko'tardi. «Buxoroda revolyutsiya yetilib kelayotganligi sababli qurolli qo'zg'olonni tayyorlash va o'tkazishga rahbarlik qilish uchun Harbiy revolyutsion byuro tuzildi. Byuroga Turkfront bosh qo'mondoni M.V.Frunze, “Yosh buxorolik inqilobiylar” markaziy byurosi raisi F.Xo'jayev, Sharqda internasional targ'ibot olib boruvchi kengashning raisi Geller va Turkiston Kompartiyasi vakili N.To'raqulov kiritildi. Voqealarning rivojlanib borishi shundan dalolat bermoqdaki, Buxoroda hech qanday inqilobiy vaziyat ham, inqilobchilarning o'zi ham boʻlgan emas, u bolsheviklar va ularga aldangan bir guruh «Mahalliy inqilobchilar» tomonidan sun'iy ravishda tayyorlandi. Nomigagina tuzilgan Buxoro “Harbiy inqilobiy byurosi” Turkfront va uning qo'mondoni M.V.Frunzega bo'ysunar va uning buyrug'ini bajarar edi. Shu bois ham bu soxta “Harbiy inqilobiy byuro”ni “qonunlashtirish” maqsadida 1920-yil 16 avgustda Chorjo'yda Buxoro kompartiyasining IV qurultoyi chaqirildi. Qurultoy asosan ikki masalani hal qildi: 1) Amirga qarshi to'g'ridan-to'g'ri urush e'lon qildi; 2) «Yosh buxoroliklarning vaqtinchalik ittifoqini tuzdi. Bu ikki partiya o'rtasida amirga qarshi tuzilgan ittifoq g'ayritabiiy bo'ldi. Buxorodagi «Yosh buxoroliklar partiyasi bilan kommunistik partiya o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud edi. Shu sababdan hatto «yosh buxoroliklar»ning rahbari F.Xo'jayev qurultoyga delegat qilib saylanmagan ham edi. Buning ustiga qurultoyda bir guruh qilib saylanmagan ham edi. Buning ustiga qurultoyda bir guruh kommunistlar (Shayx Hasan Galsev, Mirza Bigram va Abdulla Sa'dullayev) F.Xo'jayevni xoin sifatida otishga hukm chiqarish taklifi bilan chiqdilar. Kommunist Ergash Darg'a esa minbarga chiqib, cho'ntagidan bir gʻaram pul va revolver “smit”ni chiqarib bularni menga Fayzulla Shayx Hasan va Mirza G'ulomni o'ldirish uchun bergan deb aytdi. Fayzulla Xoʻjayevni qurultoyga kooptasiya qilish kerakligi to'g'risidagi takliflar ham bo'ldi. F.Xoʻjayev esa qurultoyga kooptasiya qilinib chaqirilsa ham kelmaydi.1 Qurultoyda asosiy ma'ruzachi bo'lgan A.Akchurinning yozishicha, uni “yosh buxoroliklar” bilan birlashish masalasida sotqin deb ayblaganlar ham boʻlgan. Abduqodir Muhitdinov boshliq bir guruh kommunist deputatlar hatto qurultoyni tashlab chiqib ketdilar. Bundan ko'rinadiki, qurultoy ikki guruh o'rtasida to'qnashuv maydoniga aylangan, o'ta murosasizlikda o'tgan. Lekin shunga qaramay qurultoyga bosh-qosh bo'lgan V.Kuybishev boshliq bolsheviklar ikki qarama-qarshi guruhni amirga qarshi kurashish uchun bir “ittifoq”qa (blokka) birlashtirishga muvaffaq bo'ldilar. 1Ходжаев Ф. Избранные труды. Т.1. - Т.: Fan, 1970. 184-bet. Chunki Turkkomissiya va Turkfront RSFSR va RKP (b) rahbarlaridan «qanday qilib bo'lsa ham Buxoroni egallash, uni Russiya manfaatiga moslash» haqida aniq topshiriq olgan edi.1Buxoroga to'satdan va shiddat bilan hujum qilib, uni bosib olish rejasini O'rta Osiyo musulmonlarining qonxo'ri,shaxsan Frunzening o'zi ishlab chiqdi. Mazkur rejaga ko'ra Qizil armiya besh guruhga bo'linib besh joydan hujumga o'tishi va quyidagi vazifalarni bajarishi belgilandi: Yangi Buxoro (Kogon) guruhi 29-avgust tong otarda eski Buxoroni egallab, amir va uning hukumatini qoʻlga olishi; Chorjo'y guruhi 28-avgustda eski Chorjo'yni egallashi; Qarshi guruhi ikkinchi poytaxt Qarshini egallashi; Samarqand guruhi Kitob, Shahrisabz, G'uzorni egallab Sharqiy Buxoroga o'tadigan yo'llarni qo'lga kiritishi; Kattaqo'rg'on guruhi Xatirchi, Ziyovuddin, Karmana shaharlarini egallashi kerak edi. M.V.Frunze ishlab chiqqan reja asosida 1920-yil 28-avgustda Chorjo'yda Buxoro amiriga qarshi harakatlar boshlanib ketdi. 29-avgustdayoq shahar Qizil askarlar tomonidan egallandi.1 Belgilangan va ishlab chiqilgan rejaga asosan Buxoro shahriga qarshi hujum 1920-yil 29-avgust tongda boshlandi. Sho'rolarning bu galgi bosqinida zamonaviy harbiy texnikaviy qurollar bilan qurollangan 10 ming qonxo'r qizil askarlar, 74 ta zambarak to'p, 12 ta bombardimonchi aeroplanlar amirdan norozi bo'lgan, ammo inqilobni xayollariga ham keltirmagan mehnatkash xalq ustiga yopirildi. Eng ajablanarli joyi shunda ediki, sho'rolar Sankt Peterburgda podshoh hokimiyatini ag'darish chog'ida ham bunchalik katta harbiy kuchni tashlab shafqatsizlik qilmagan edilar. Bo'lgan voqealarni o'z ko'zi bilan koʻrgan shaxsning hikoya qilishicha: «Shahar yer bilan yakson qilindi. Jang davomida yuzlab zambaraklar va samolyotlar ishga solindi. Minglab snaryadlar va bombalar Eski Buxoro ustiga yog'dirildi. Shahar himoyachilaridan tashqari ko'plab begunoh keksalar, ayollar va bolalar halok boʻldi. Yuzlab aholi uy-joylari, me'morchilik va tarixiy obidalar yer bilan yakson bo'ldi. Registon yondirildi»2. 1 Qilichev F. Zulmatdan sadolar.-T.: Adolat, 1994, 14-bet. 2O'zR MDA, R-46-fond, 2s-ro'yxat, bs-ish, 1-varaq Turkiston xalqlarining jallodi M.V.Frunze buyrug'iga binoan Buxoroni samolyotda bombardimon qilgan uchuvchilardan biri Foukes bunday hikoya qiladi: «Biz Buxoroni bombardimon qildik. Qadimiy amirlikni vayron etdik. Ayniqsa mashhur “oʻlim minorasi”ga tushgan bomba, garchan mohiyatdan bir minoraning moʻljalga olinishi biz uchun mutlaqo foydasiz bo'lsa-da, bizga alohida zavq-shavq bag'ishladi»1. Buxoro xalqi esa asrlar osha qad kerib turgan Arslonxon minorasi (Minorai kalon) singari tarixiy obidalarning vayronaga aylantirilganligini koʻrib ich-ichidan zil ketib ezildi. Albatta bunday dahshatli kuchga oddiy va eski miltiq, to'p-zambaraklar bilan qurollangan Buxoro amiri qoʻshinlari bardosh berib, qarshilik ko'rsata olmadi. 1920-yil 1-sentabrda Chorjo'y, Narozim, Burdalik, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Xatirchi va Karmana bosib olindi. Shundan so'ng hamma kuch Buxoro shahrini egallashga qaratildi. Ko'p qon to'kilishi va Buxoroning vayron boʻlishini istamagan Buxoro amiri Sayid Umar Olimxon Buxoroni tashlab chiqib ketishga majbur boʻldi. Amir Sayid Olimxon 1991-yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan «Buxoro xalqining hasrati tarixi» risolasida bu davrda Buxoro amirligida ro'y bergan voqealar tafsilotini shunday bayon qiladi: «Bu urush asnosida dushman taxminan Buxoroning yarmini to'p va pulemyotdan o'qqa tutib, ko'p talofat etkazdi. Musulmon bechoralar dushman dastidan mol-dunyosini, o'z farzandlarini tashlaganlaricha, nima qilishlarini bilmay, har tomonga qocha boshladilar. Shunga qaramay, bu bandayi ojiz to'rt kecha-yu kunduz dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To'p o'qlarining ko'pligi, bomba yog'dirishlar, talofat va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag'al beva-bechoralarni qattiq tashvishga solib qo'ydi. Shunda o`zimcha o'yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi sharif shaharidan ko'chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan xarobalikka bo'lgan sabablar yo'lini to'sib, faqir-u fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada chahorshanba kuni tushdan keyin soat to'rtlarda foytunga o'tirib, misoli hayrat Payg'ambar alayhissalom sunnati bo'lmish O'tirib, misoli hayrat Payg'ambar alayhissalom sunnati bo'lmish hijrat kabi ko'chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog'i sanalgan Sitorai Mohi Xossadan chiqib, Tuman Komot va Xirkonro'd, ya'ni G'ijduvon tarafga ravona boʻldim. Bu vaqtda menga afg'on elchisi va brigad sarkardasi Abdushukrxon va Afg'onistonning Toshkentdagi elchisining ov boshlig'i Muhammad 1Генис В. Разгром Бухарского Эмирата в 1920 году. - Вопросы истории.1993, N 7, 49-50-betlar. Aslamxon, afg'on harbiy qozisi (attashesi) va yigirma besh ming nafardan iborat Buxoro xizmatchi va askarlari, shuningdek, afg'on askarlari va mansabdorlari hamroh bo'lishdi. Biz G'ijduvon tumaniga yetib kelib, bir kechani o'sha yerda o'tkazdik»1. Download 63.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling