Kurs ishi mavzu: Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi Bajardi


 Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana06.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1750205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dastlabki sugurta kompaniyalarining vujudga kelishi

1. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari 


Sug‘urta bozori mavjud bo‘lishining asosiy sharti, sug‘urta xizmatlariga 
bo‘lgan talabning mavjud bo‘lishi va sug‘urtalovchilar bu talabni qondirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan xarakterlanadi.
Sug‘urta bozori sub’ektlarning mustaqil bo‘lishini, ularning o‘zaro teng 
imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug‘urta xizmatlarining 
oldi-sotdisi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta xizmatlarini sotib olish gorizontal hamda 
vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi. 
Ilgari xamma korxonalar davlatning ixtiyorida bulganligi tufayli, ularni xar 
xil noxush xodisalardan sug‘urta kilishga extiyoj bulmagan. Sababi, ushbu 
korxonalarga sug‘urta xodisalari natijasida zarar etkazilsa, bu zararlar davlat 
mablaglari xisobidan bemalol koplanaverar edi. Ammo, mol-mulklarni davlat 
ixtiyotidan chikarish va xususiylashtirish natijasida sektorida un minglab 
korxonalarni paydo bulishi, uz-uzidan sug‘urta xizmatlariga bulgan talabni sezilarli 
ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farkli ravishda nodavlat sektoridagi 
korxonalar stixiyali xodisalar tufayli zarar kurganda, bu zararlar davlat byudjeti 
mablaglari xisobidan koplanmaydi. 
Amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxotlar sug‘urta tizimini tubdan 
uzgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga rakobatbardosh xususiy sektorda 
mustakil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubxasiz, ular teng 
faoliyatini tartibga soladigan maxsus konun kabul kilinishi talab etdi. 1995 yilning 
6 mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (xozirgi Oliy Majlis) «Sug‘urta 
tugrisida» konun kabul kildi. 2002 yil yangi qonun “Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risdagi” qonun.qabul qilinda. Ushbu konunlar sug‘urtani rivojlantirishning, 
sug‘urta bozorini shakllantirishning xukukiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-
iktisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavkei va urnini belgilab beradi, fukarolar 
va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bulgan talablari tularok kondirilishini 
kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarning manfaatlari ximoya 
kilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. SHunisi dikkatga 
sazovorki, mazkur konunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barxam berildi. 


Boshkacha aytganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta tashkilotlari 
uchun teng sharoitlar yaratildi. 
Ma’lumki, xar kanday bozorda sotuvchi va xaridor buladi xamda ular 
urtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta 
bozorida xam sotuvchi (sug‘urtalovchi) va xaridor (potensial sug‘urtalanuvchi) 
ishtirok 
etadi. 
Bu 
erda 
potensial 
sug‘urtalanuvchini 
tugridan-tugri 
sug‘urtalanuvchi, deb atasam kata xatoga yul kuygan bulaman. Negaki amaldagi 
konunlarga muvofik sug‘urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan
fukarolik 
saloxiyatga 
ega 
bulgan 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslarga 
sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug‘urta «maxsulotini» sotib olishga 
extiyoji bor, ammo xali sug‘urtalanuvchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga 
kirishmagan shaxslar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi. Sug‘urtalovchi- bu 
mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xukuki berilgan xamda 
sug‘urtalash uzi uchun asosiy faoliyat turi xisoblangan yuridik shaxslardir.Kurinib 
turibdiki, sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat 
organining litsenziyasiga ega bulishi va sug‘urtaga boglik bulmagan operatsiyalar 
bilan shugullanmasligi zarur. 
Sug‘urtalovchilar bozorga uzlarini ishlab chikargan uziga xos maxsuloti- 
sug‘urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug‘urta 
kompaniyalar tomonidan sotilishi mumkin. Uz-uzidan, bu xolat sug‘urta bozorida 
potensial mijozlarni jalb etish uchun sug‘urta kompaniyalari urtasida rakobatning 
kuchayishiga olib keladi va «maxsulot»ning sifatiga ijobiy ta’sir kursatadi. Eng 
asosiysi, potensial sug‘urtalanuvchi xar tomonlama uzining talabini kondiradigan 
«maxsulot»ga ega buladi.Sug‘urta bozorining moxiyatini chukurrok anglab olish 
uchun kundalik xayotimizdan misol keltirsak maksadga muvofikdir.Uzimizga 
kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, 
anikrogi, kuylak sotib olmokchimiz. Bozorda kuylakning xar xili mavjud, baxolari 
xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifatli yaxshisini va baxosi arzonini sotib 
olamiz. Sug‘urta bozorida xam aynan shu jarayon yuz beradi. Sug‘urta 


kompaniyasi uz maxsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga kata mas’uliyat
olganligini unutmasligi kerak. CHunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti 
evaziga yirik mikdordagi riskni kabul kilib oladi va sug‘urta xodisasi ruy berganda 
zimmasidagi sug‘urta koplamasini tulashi shart. SHu urinda, men sug‘urta 
kompaniyasiga murojaat kilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga extiyoj 
sezgan 
shaxslarga 
sug‘urta 
shartnomasini 
tuzishdan 
oldin 
sug‘urta 
kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chikishlarini 
maslaxat berardim. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, boshka tovarlar va xizmatlar 
kabi, sug‘urta xizmatining xam baxosi talab va taklif asosida paydo buladi xamda 
bu baxo uzining pastki va yukori chegaralariga ega. Sug‘urta tushumlarining 
mikdori sug‘urta tulovlari va sug‘urta tashkilotlari xarajatlari mikdoriga teng 
bulishi sug‘urta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug‘urta 
kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Kup xollarda sug‘urta bozoridagi 
keskin rakobat, sug‘urta tashkilotlarining potensial mijozlarni jalb etish maksadida 
tarif 
stavkalarini 
kamaytirishga 
majbur 
etadi. 
CHet 
mamlakatlarda, 
sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatdan zarar kurganda, bu zarar investitsiyadan 
keladigan daromad xisobidan koplanadi.Sug‘urta xizmati baxosining yukori 
chegarasi talab xajmi va bank foizining mikdori bilan aniklanadi. Sug‘urta 
xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bulganda, sug‘urta 
tashkiloti mazkur xizmat baxosini yukori darajada saklab turishi mumkin. Lekin, 
vakt utishi bilan bozorda sug‘urta xizmati ko‘rsatish turlarining kupayishi bilan, 
uz-uzidan tarif stavkalari kamayadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling