Kurs ishi mavzu: Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi Bajardi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
dastlabki sugurta kompaniyalarining vujudga kelishi
Kompaniyaning 2011 – 2015 yilda sug‘urta portfelining tarkibini o‘rganib chiqib quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: Kompaniyanng jami sug‘urta portfelini 100 foiz deb qabul qilsak, bunda 2015 yil yakunlariga kelib, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi 18,61 foizni, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi 0,71 foizni, baxtsiz xodisalardan extiyot shart sug‘urta 64,20 foizni, mol – mulk sug‘urtasi 15,70 foizni, ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi 0,45 foizni, qishloq xo‘jalik ekinlari xosilini sug‘urtasi 0,33 foizni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. “Kafolat” AJsug‘urta kompaniyasi faoliyat yunalishlari Kompaniya o’z faoliyatini 1997 yilda Vazirlar Mahkamasining 144 – sonli maxsus qarori asosida boshlagan. O’tgan davr mobaynida kompaniya rahbariyati asosiy e’tiborni qobiliyatli mutaxassislar jamoasini shakllantirishga qaratdi. Mutaxassislarning kasb mahoratini oshirishga, o’qish va o’rganish hamda yangi kelayotgan xodimlarning jamoaga tez ko’nikishlari uchun etarli sharoit yaratishga qaratilgan kadrlar siyosati yangi kuch va tashabbuslarning kelishini ta’minladi. Tajribali mutaxassislarning boy amaliy va uslubiy tajribasini hamda yosh mutaxassislarning yangi g’oyalarini oqilona uyg’unlashtirish esa murakkab raqobatchilik sharoitida qo’yilgan vazifalarni tez va samarali hal qilishga qodir jamoani tashkil qilish imkonini berdi. 4 “O‘zagrosug‘urta” AJ ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. O’tgan davr mobaynida kompaniya barqaror rivojlandi va mamlakatda yig’ilayotgan sug’urta mukofotlari hajmi bo’yicha etakchilardan biriga aylanib, universal sug’urtalovchi degan maqomga sazovor bo’ldi. Sug’urta xizmatlari bozorida ishonchli, barqaror sug’urtalovchi hamda mijozlariga hamkor ekanligini isbotlay oldi. Kompaniya o’z faoliyatini boshlagan kundan e’tiboran sug’urta sohasida o’z mijozlari oldida barqaror va ishonchli kompaniya sifatida hurmat qozonishga harakat qilib, nizom jamg’armasini muntazam ravishda oshirib bordi. Xususan, kompaniya 500,0 mln. so’mlik nizom jamg’arma bilan tashkil etilgan bo’lib, aktsiyadorlari Moliya vazirligi, «Asaka bank», «Ipak yo’li» banki va boshqalaridan iborat bo’lgan bo’lsa, ayni vaqtda ushbu ko’rsatkich 14,6 mln.evroga etkazildi va kompaniya bu borada respublikadagi sug’urtalovchilar o’rtasida eng yiriklaridan biriga aylandi. Hozirda 600 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar kompaniya aktsiyadorlari hisoblanadi. Bugunga kelib aktsiyadorlar safi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq tog’- metallurgiya kombinati, «Aloqa bank» kabi yirik korxona va tashkilotlar bilan kengaydi. So’nggi yillarda mintaqaviy tarmoqni kengaytirishga qaratilgan siyosat kompaniya faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Xususan, Kompaniya eng yirik mintaqaviy bo’linmalar tarmog’iga ega bo’lishiga qaramay aholi va tashkilotlarga yaqinlashish hamda mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida birgina so’nggi besh yilda respublikamizning 70 dan ortiq aholi manzilgohida (asosan qishloq tumanlari markazlarida) yangi bo’linmalarini ochdi. Hozirgi kunga kelib kompaniya tarkibida 165 ta hududiy bo’linmalar, jumladan, 15 ta filial, 38 ta bo’lim va 112 ta agentlik yuridik va jismoniy shaxslarga keng qamrovdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatmoqdalar. Bundan tashqari aholi va korxona-tashkilotlarga bevosita joylarda sug’urta xizmati ko’rsatish sohasida kompaniyaning 1000 ga yaqin yuridik va jismoniy sug’urta agentlari safarbar etilgan. Kompaniya aholi, korxona va tashkilotlarga yanada yaqin bo’lish maqsadida xizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirmoqda hamda har bir mijozning zamonaviy talablariga javob beruvchi sug’urta turlari spektrini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya xodimlari mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan yangi yo’nalishlar va sug’urta turlarini yaratish ustida doimiy ravishda ish olib borishmoqda. Kompaniya tashkil topgan dastlabki yillarda majburiy va ihtiyoriy sug’urta sohasining 25 turi bo’yicha xizmat ko’rsatilgan bo’lsa, hozirga kelib, umumiy sug’urta tarmog’ining barcha 17 ta klasslari doirasida 80 dan ortik sug’urta turlarini taklif etib kelmoqda. Hususan, so’nggi yillarda ixtiyoriy tibbiy sug’urta, ipoteka sug’urtasi, lizing sug’urtasi, garovga qo’yilayotgan avtotransport vositalarini kompleks sug’urtalash, eksport shartnomalarini kompleks sug’urtalash, ijaraga olingan ko’chmas mulk sug’urtasi, tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug’urtalash kabi bir qancha yangi sug’urta turlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi. Sug’urta bozoridagi boshqa kompaniyalardan farqli ravishda kompaniya har yili o’z rejalarini davlatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berilayotgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga mos ravishda ishlab chiqib, respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga va aholi turmush sharoitining yaxshilanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishida ko’maklashish kompaniya strategiyasidan alohida o’rin olgan. Qator yillar mobaynida to’plangan boy tajriba, kompaniyani rivojlantirish tadbirlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum ijobiy natijalarga olib keldi. «Kafolat» AJ barcha asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’sishga, kadrlar tarkibini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga erishdi. Natijada so’nggi yillarda Kompaniya asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha milliy sug’urta bozorining oldingi beshtaligi qatoridan joy olib kelmoqda. Sug’urta qoplamalarini to’lash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirish, sug’urta hodisasi sodir bo’lgan vaqt bilan sug’urta qoplamasini to’lash vaqti oralig’ini qisqartirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kompaniyaning sug’urta shartnomalari bo’yicha tuzilgan majburiyatlarni to’liq va o’z vaqtida bajarishga intilishi sug’urta hodisalari bo’yicha to’lovlarning o’sishida o’z tasdig’ini topmoqda. Sug’urta portfelini samarali boshqarish sug’urta kompaniyasining moliyaviy barqaror va jadal rivojlanishining garovi hisoblanganligi uchun, eng asosiy vazifalardan biri sug’urta portfelini diversifikatsiyalash faoliyati muhim o’rin egallaydi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan me’yor darajasidagi to’lov qobiliyatini va sug’urta portfelining balans holatini ta’minlash hamda sug’urta xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida kompaniya milliy va xorijiy sug’urtalovchilar bilan hamkorlikda qayta sug’urtalash operatsiyalarini faol amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, bu yo’nalishda Kompaniya xorijiy sheriklardan «VTA» ESK (Latviya), «Ingosstrax», «Kapital Perestraxovanie» YoAJ, «Rosno» OAJ, «Moskva-Re», «Rosgostrax» OAJ (Rossiya) hamda milliy sug’urta kompaniyalardan «O’zbekinvest» EIMSK, «Alfa Invest» SK YoAJ bilan tegishli shartnomalar asosida samarali hamkorlik qilmoqda. «Kafolat» AJning o’z faoliyati davomida erishgan yutuqlaridan biri miqdoriy ko’rsatkichlar bilan birga moliyaviy-iqtisodiy natijalarining sifat ko’rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etilganligi hisoblanadi. Misol tariqasida, xodimlar sonining deyarli yarimiga qisqartirilishiga qaramasdan sug’urta mukofotlari tushumi hajmi 68,0 marotabaga oshirildi. O’zbekiston Respublikasining Kadrlarni tayyorlash milliy dasturini faoliyatga tadbiq etish borasida kompaniya tizimida ma’lum ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, Direktsiya, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, «Anderrayting markazi» filiallari, ularning tasarrufidagi bo’linma va agentliklarda xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar orasidan iste’dodli, yangilikka intiluvchan, raqobat sharoitida ishlay oladigan, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan nomzodlarni tanlab olish, ularning siyosiy, ma’naviy-ahloqiy saviyasi hamda professional malakasini oshirish bo’yicha ma’lum tizimli ishlar qilindi va davom ettirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari asosida ishlab chiqilgan kompaniyaning xodimlar siyosati va uni harakatga keltiruvchi mexanizmlari faoliyatni amalga oshirish uchun qabul qilingan barcha ichki me’yoriy hujjatlarni hayotga tadbiq etish shakl va uslublari asosida olib borilmoqda. Kompaniya rahbariyati va xodimlarining sifat tarkibini o’rganib borish va uni yaxshilash jarayoni bo’yicha tegishli ishlar do imiy tarzda tashkil etilgan bo’lib, har chorakda bir marotaba hududiy filiallar va ularning tasarrufidagi bo’linma hamda agentliklar miqyosida ushbu yo’nalishdagi ma’lumotlar bazasi monitoring qilinib tartibga solib boriladi. O’tgan 20 yillik kisqa davr mobaynida kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan 50 nafardan ziyod xodim va iqtidorli yoshlar oliy o’quv yurtlarini birinchi va ikkinchi mutaxassislik bo’yicha bitirdilar. 950 nafardan ziyod xodim O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahar filiali, Moskva Davlat Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar instituti qoshidagi Sug’urta biznesi maktabi, Yaponiyaning «FALIA» hayot sug’urtasini rivojlantirish fondi, «Sug’urta olami» va boshqa o’quv markazlarida hamda bevosita kompaniyaning o’zida tashkil qilingan seminar-treninglarda qatnashib, o’z malakalarini oshirdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini hamda O’zbekiston Bank-moliya akademiyasini 20 nafar yosh mutaxassis muvaffaqiyatli bitirib, turli rahbarlik lavozimlarida ishlamoqdalar. Kompaniyaning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, grant sovrindorligini qo’lga kiritgan 6 nafar iqtidorli yoshlar Toshkent shahrida menejmentni rivojlantirish Singapur institutida kompaniyaning homiyligi ostida taxsil olmoqdalar. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling