Kurs ishi mavzu: “Devoni lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati Bajardi Muxlisa Rajabboyeva
Download 181.5 Kb.
|
Muxlisa (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komissiya raisi _________________________ Komissiya a’zolari: _________________________ _________________________ 2022 – 2023 REJA
- III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning o‘rganilish darajasi.
- Ishning metodologik asosi sifatida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi” fanidan KURS ISHI MAVZU: “Devoni lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati Bajardi Muxlisa Rajabboyeva Kurs ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan baholandi (Bayonnoma № ____ ) Komissiya raisi _________________________ Komissiya a’zolari: _________________________ _________________________ 2022 – 2023 REJA: I. KIRISH. “Devonu lug‘otit turk” – qiyosiy tilshunoslikka oid ilk asar. II. ASOSIY QISM. I. Bob. Mahmud Koshg‘ariyning tilshunoslikka oid izlanishlari. Turkiy adib hayoti va faoliyati. “Devonu lug‘otit turk” asarining yaratilishi va o‘rganilish tarixi. II. Bob. Mahmud Koshg‘ariy tomonidan amalga oshirilgan turkiy tillar tasnifi xususida. 2.1. Asardagi tilshunoslikka oid ma’lumotlarning xususiy tahlili. 2.2. “Devonu lug‘otit turk” – qomusiy asar. 2.3. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi. 2.4. “Devonu lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati. III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ona tilimizni o‘rganish ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish1, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligini alohida ta’kidlagan. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimining va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi 2. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda ko‘p bor o‘zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalgam oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim 3. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi o‘zbek tilining taraqqiyoti yo‘lida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa, o‘z navbatida, davrni o‘zbek tili tarixini to‘g‘ri va chuqur o‘rganish, til sathlarining tabiatini aniq tahlil etish va ularning badiiy matndagi imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilish, bu yo‘nalishda zaruriy tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yuklaydi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariydir. Nima uchun buyuk alloma o‘ziga “Koshg‘ariy” taxallusini tanladi? Mahmud Koshg‘ariyning bobosi qoraxoniylar sulolasining tipik vakili Qoraxoniy hukmdor Yusuf Qodirxon Koshg‘arda tug‘ilgan bo‘lib, uning, ya’ni yosh Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan, xushfe’l insonlardan sanalar edi. Mahmud Koshg‘ariyning bobosi asli qashg‘arlik bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi Chu daryosi vodiysida, aniqrog‘i zamonaviy Bishkek (qadimda Pishpek) shahridan taxminan 150-200 km janubi-sharq, Issiqko‘lning g‘arbiy sohilidan 100-50 km shimoli-g‘arb tomonida joylashgan)ga ko‘chib kelib, shu yerda yashab 1025-1032-yillar davomida ulkan qoraxoniylar davlatiga xoqonlik qildi. Qoraxoniylar poytaxti dastlab Koshg‘ar bo‘lib, keyinchalik u Bolasog‘un, keyin O‘zgan va yana Koshg‘arga ko‘chgani tarixiy ma’lumotlarda qayd etilgan. Qoraxoniylar davrida barpo etilgan markazlashgan davlatchilik, o‘lkada san’at va adabiyot rivojiga katta imkoniyat yaratib berdi. Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Koshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Ma’lumki, u 1008-yilning boshida Koshg‘ar shahri yaqinidagi O‘pal qishlog‘ida tug‘ilgan. 1105-yilda 97 yoshida olamdan o‘tgach, O‘paldagi ajdodlari maqbarasiga dafn qilingan. Mahmud Koshg‘ariy o‘z bilimini oshirish maqsadida o‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi. Mahmud Koshg‘ariyning dastlabki asari “Javohirun nahvi fi lug‘otit turk” (“Turkiy tillarning nahv qoidalari”) deb atalgan. Ammo ushbu asar bizga yetib kelmagan. Olimning navbatdagi kitobi “Devonu lug‘otit urk” shu darajada keng qamrovli, mazmunida juda ko‘plab ma’lumotlarni to‘plab olgan qimmatli, aytish mumkin, qiymati yo‘q asarki, bunday kitobni yozish uchun o‘sha davr emas, hozirgi ilm-fan rivojlangan bir payt chamasi bilan ham o‘nlab yillar kifoya qilmasligi aniq. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarini yaratish uchun turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloqlarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057-yildan 1071-yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she’r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan. Mahmud Koshg‘ariy vaziyat taqozosi bilan islom dunyosi olimlari yig‘ilgan va ilm-fan markaziga aylangan Bag‘dod shahriga boradi. Natijada, bu yerga yig‘ilgan olimlar muloqotida bo‘lib, ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishgan. Shu bilan birgalikda, Bag‘dodda mavjud bo‘lgan ilmiy muhitdan unumli foydalangan. 1072-1074-yillarda u Bag‘dod shahrida mashhur “Devonu lug‘otit turk” asarini yozib bitirdi. Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so‘zlar etimologiyasi keltirilgan birinchi qiyosiy lug‘atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug‘at deb hisoblash noto‘g‘ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos ko‘plab noyob ma’lumotlarni kuzatamiz. Mahmud Koshg‘ariy asarning kirish so‘zida shunday yozadi: “Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni “turkiy” deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar bo‘lib, hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak”. “Devonu lug‘otit turk”dagi geografiyaga oid ma’lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta’rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan. Qoraxoniylar davrida turkiy tildagi adabiyot jadal taraqqiy etdi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar shevalarini tadqiq qiluvchi asari orqali mumtoz turkiy adabiyot va she’riyat, xalq og‘zaki ijodi ravnaqi uchun zamin hozirladi, turkiy xalqlar adabiy tilini ishlab chiqdi, unga sayqal berdi. Natijada, turkiy she’riyatning asosiy janrlari shakllandi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit urk” asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan. Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi. Bilim va boylik go‘yoki atirgul va nargis kabi, Gullamaydi gar tursalar yonma yon. Kimdaki boylik bisyor, uning bilimi yo‘qdir, Kimdaki bilim bo‘lsa – boyligi yo‘q hisobi. Mahmud Koshg‘ariy hayoti va ijodni o‘rganish XIX asrning 90-yillarida eng cho‘qqi pallasiga chiqdi. Jahon adabiyotshunosligida esa XIX aasrning 70-yillarida o‘rganildi. O‘zbek olimlaridan Q.Abdullayev, M.Narimonov, S.Qulimovalar o‘rgangan. Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ko‘plab ilmiy ishlar, tadqiqotlar, kitoblar nashrga tayyorlangan. Jumladan, “Devoni lug‘otit turk” asari bo‘yicha dissertatsiyalar tayyorlandi, “Adib hayoti – ibrat namunasi” nomli II tomlik kitob nashrga tayyorlandi. Ishning metodologik asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli Umumiy va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartini tasdiqlash haqidagi qarorlari asos qilib olindi. Download 181.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling