Kurs ishi mavzu: “Devoni lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati Bajardi Muxlisa Rajabboyeva
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi
Download 181.5 Kb.
|
Muxlisa (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devoni lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi
XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va sanʼati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi. Bu davrda Qoraxoniylar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan edi. 992-yilda qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallaydi. Ammo ular bu shaharlarni oʻzlariga poytaxt qilmadi. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari Isfijob (Sayram), Oʻtror, Shosh, Bolasogʻun, Xoʻtan boʻlib, ularning davlati Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini oʻz ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bugʻraxon, Tamgʻochxon va Ibrohim Boʻritegin davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan. Qoraxoniylar davrida Bolasogʻun, Sayram, Shosh, Taroz shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar toʻplangan. Mahmud Koshgʻariy Bolasogʻun shahrida dunyoga keladi. Uning toʻliq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Hozirgi Qirgʻizistonda Barskon nomida daryo va dovon bor. Ular Issiqkoʻl atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barskon shahri boʻlgan. “Barsgʻan – Afrosiyob oʻgʻlining nomi. Barsgʻan shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan”, - deb yozadi “Devon” muallifi. Uning bobosi ham oʻsha yerdan boʻlgan. Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. Soʻng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bagʻdoddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan. Mahmud Koshgʻariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh boʻlib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lugʻatning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olimdir. “Devonu lugʻot at-turk” Mahmud Koshgʻariy tomonidan turkiy xalqlarga qoldirilgan bebaho merosdir. Bu asarda olim turkiy tildagi soʻzlar maʼnosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namunalarga murojaat etadi. Muallifning: “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼ (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadi. Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qoʼllanib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlardan, maqollardan keltirdim”, - deyishi bejiz emas. “Devoni lugʻotit turk” asari 1072-yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar 15-20 yil davomida toʻplangan. Mahmud Koshgʻariyning oʻzi: “Men turklar, turkmanlar, oʻgʻuzlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini koʼp yillar kezib chiqdim, lugʻatlarini toʻpladim”, - deb yozadi. Muallif: “Kitob hijriy 464-yil jumodul-avval boshlarida boshlandi va toʻrt karra yozilgan (koʻchirilgan)dan va tuzatilgandan soʻng 466-yil jumoduloxirning 12-kuni (1074-yil) bitirildi”, - deb koʻrsatgan. Kitobga “Devoni lugʻotit turk” (“Turkiy tillar lugʻatlari”) deb nom berilgan. U Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlangan. Mahmud Koshgʻariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targʻibotchisidir. U “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, oʻzib borayotgan turk tilini” koʻklarga koʻtaradi, uning oʻziga xos xususiyatlarini mahorat bilan koʻrsatib beradi. “Devon” sahifalari orqali tanishish koʻz oldimizda Mahmud Koshgʻariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz. “Devoni lug‘otit turk” asarining turkiy tillardagi leksik xususiyati Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi hamda grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir. Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at boyligini tashkil etadi. Tilning lug‘at bovligi ikki manba — ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Boshqa tillardan soz olish natijasida turkiy tillarda ham o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam farqlanadi. O‘z qatlamga turkiy tillarga oid, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. Turkiy tillar lug‘at tarkibida umumturkiy so‘zlar asosiy miqdomi tashkil etadi: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola; oq, qora, qizil, kо’k, sariq, yashil, yaxshi, yomon; bir, ikki, uch, besh, olti, yetti, yuz, ming: men, sen, u, biz, siz, bu, shu; kel, ol, bor, tur, qara; ildam, erta, indin, ilgari. Turkiy tillarning bevosita o‘ziniki bo‘lgan qatlam tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlardan iborat. Bunda uch holat kuzatiladi: 1) asli turkiy so‘zlardan shu tildagi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, og'machi 2) boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga turkiy qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar: a) arabcha so‘zlardan: aqlli, mashhurlik; b) forscha-tojikcha so‘zlardan: mardlik, go‘shtli; d) ruscha-baynalmilal so‘zlardan: limonli, sportchi. 3) o‘zlashgan so‘zga o‘zlashgan qo‘shimchani qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar ham ichki imkoniyat asosida yasalgan so‘z hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos. Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha: 1. O‘zak aksariyat o‘rinlarda CV (undosh + unli) qolipida bo‘ladi. 2. Turkiy so‘zlarda ot-fe’l omonimligi ko‘p uchraydi: to 'y, tut, yoz. Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa-qadimgiturkiy til so‘zlariga xos turkum sinkretizmi o‘z ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan “fe’l-ot asoslar” deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlang‘ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo‘g‘inli leksik asosning ayni bir lug‘aviy ma’noga ega boTgani holda ism sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan o‘z qarashlarida “fe’l-ot omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar” terminlarini qo‘Ilagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizm” deb qarash to‘g‘riroq ekanligini e’tirof etgan. Hozirgi o‘zbek tilidagi yoz, tut, shish, kabi so‘zlarda turkum sinkretizmi xususiyatlari namoyon bo‘ladi. 3. Turkiy so‘zlarda tarixiy fonetik o‘zgarishiar sezilib turadi: yig‘och-yag‘ach; jil-yil, jilan-yilan -ilan; sal jilmoq-siljimoq. 4. Tana a’zolari nomlari, asosan. turkiy qatlamga oid: ko‘z, quloq, til, bas, qas. 5. Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: ber, bil, qac, kir, qoy, tol, bur, ayt. 6. Sonlar (bes, yetti), olmoshlar (men, siz) turkiy qatlamga mansubdir. 7. Turkiy tillarda so‘z tartibi quyidagicha: asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. qo‘y+chi+lar+imiz Qadimgi turkiy til davri turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos xususiyatlarning to‘laligicha namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr tiliga oid tadqiqotlarda turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga xos umumiy jihatlarning kuzatilishi qayd etilgan. XV asrning leksik xususiyatlari aks etgan nomalarda qadimgi turkiy tilga mansub bir qator so‘zlarning mavjudligi kuzatiladi. Navoiy asarlarida 1400 ga yaqin qadimgi va eski turkiy til so‘zlari qo‘llangan. “Boburnoma”da qadimgi turkiy til davrida keng iste’molda bo‘lgan 1700 dan ortiq umumturkiy so‘z uchraydi. XI-XIV asrlarda yaratilgan qo‘lyozma manbalar tilida iste’mol qilingan 700 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy terminlarning 640 dan ortig‘i Navoiy asarlarida kuzatilishi ta’kidlangan. Qadimgi turkiy til olmoshlari ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan eski o‘zbek adabiy tilida saqlangan. Qadimgi turkiy til so‘zlarining aksariyati eski o‘zbek adabiy tili davrida hech qanday o‘zgarishlarsiz, ayrimlari fonetik yoki semantik o‘zgarishlar bilan qo‘llangan. Qadimgi turkiy tilga xos xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda kuzatilishi tadqiqotlarda qayd etilgan. A.M.Sherbak, E.Tenishev, A.Pokrovskaya, N.Gadjiyeva, A.Koklyanova, F.ls'hoqov. A.Yuldashevlaming izlanishlari qadimgi turkiy til davriga xos so‘zlarning hozirgi turkiy tillarda nomlash (ot), ifodalash (ha-rakat - fe’l), ko‘rsatish (olmosh), belgilash (sifat) vazifalarida ishlatilayotganligini ko‘rsatadi. Turk xoqonligi davriga xos so‘zlarning asosiy qismi hozirgi turkiy tillarda qo‘llanadi. E.Begmatov DTSga tayangan holda, qadimgi turkiy tilga xos 2500 dan ortiq so‘zning hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishini ta’kidlaydi. Bu so‘zlar turli yo‘nalishdagi tushuncha ifodalari bo‘lib, yigirmaga yaqin leksik-se-mantik guruhga mansubdir. Ijtimoiy sohaning turli ko‘rinishlariga oid tushun-chalarni ifodalovchi qadimgi so‘zlar hozirgi turkiy tillarda ishlatiladi. O‘zlashgan qatlam. Turkiy tillardagi уunoncha, arabcha, fors-tojikcha, xitoycha, mo‘g'ulcha, ruscha so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil etadi. Turkiy tillardagi o‘zlashgan qatlamning asosiy qismi arab, fors-tojik, rus tillaridan kirgan so‘zlardan iboratdir. Arabcha so‘zlar diniy terminlar va turli soha nomlaridir. Arabcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. v, j, f, h harflari ishtirok etgan so‘zlar, asosan, arabcha: vazir, fil, hosil. 2. ’ (tutuq belgisi) ishtirok etgan so‘zlar arab tiliga mansub: ma’no, ta’limot, na’ra va b.; Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor, ruh-arvoh, xulq-axloq, she 'r-ash’or va h.k.; 4. Arab tili konsonant hisoblanib, arabcha so‘zlarda o‘zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm-hokimhakam-mahkama-hokimiyat; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktab kutubxona-maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram. Turkiy tillardagi arabcha so‘zlar: kitob, maktab, xalq, maorif shoir, mа’no, ilhom, san'at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod,amal, oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sinf millat, hikoya,maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag'rur, xafa va h.k. Forscha-tojikcha so‘zlar turkiy tillar lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega: a) ch, 1, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar, asosan, forscha-tojikcha hisoblanadi: lola, gul, chaman; b) -xo‘r, -noma, -do, -xon, -namo. -shunos, -boz, -bon, -dor, be-, no-, ser- kabi qo‘shimchalar forscha-tojikchadir. Turkiy tillardagi forscha-tojikcha so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, mirob, dasta, bemor, g'isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, sharobxo‘r, serob, shirin, mard, mehribon. jonajon, kamtar, kam, chala, go‘sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, dugona, do‘st, peshona, kaft va h.k. Mo‘g‘ulcha so‘zlarning o‘zlashish omillari tadqiqotlarda qayd etilgan. V.I.Rassadin fikricha, Chig‘atoy va uning vorislari hukmronligi davrida eski o‘zbek tiliga yuzga yaqin mo‘g‘ulcha so‘z o‘zlashgan. Hozirgi turkiy tillarda mo‘g‘ulcha so‘zlar miqdorining bundan ko‘proq ekanligi qayd etilgan. Jumladan, oltoy tili shevalarida 830 dan ortiq mo‘g‘ulcha so‘z ishlatilishi aniqlangan. Eski o‘zbek tilida ishlatilgan mo‘g‘ulcha so‘zlar shaxs otlari: (qorovul, chag‘dovul, chig‘dovul, yasavul, shig‘avul, kuragon, dorug‘a); harbiy kiyim-kechak nomlari: (dubulg‘a, kо‘ha, о‘pchin); harbiy harakatga doir terminlar (burong‘or, javong‘or, g‘o‘l//qo‘l, shiba kabilar)dan iborat. Mo‘g‘ulcha so‘zlarning 97 foizi harbiy terminlardir. -vul affiksi orqali yasalgan hiravul, eravul, bakavul, yasavul, jangdavul, chag‘davul singari harbiy terminlar eski o‘zbek tilida faol qo‘llangan. Qadimgi turkiy til manbalarida eravul o‘rnida yezak, “ilg‘or qism” ya’ni “avangard boshlig‘i” ma’nosini ifodalovchi yesak basi, “ayg‘oqchi otryad” ma’nosidagi tutgaq so‘zlari ham qayd etilgan. Izohlarda tutgaqning, asosan, tunda harakat qilishi ta’kidlangan. Eski turkiy til obidalarida xonni muhofaza qiluvchi (faqat tunda emas, umuman) shaxs jatgaq deyilgan; yatgaq, tutgaq “(tungi otliq otryad”; bilgiici “razvedkachilar ; yortug‘ jang kunlarida yoki biror yerga borishda xonning atrofida boradigan soqchilar” ma’nosidagi turkiy terminlar keyingi davr o‘zbek tili manbalarida, deyarli, uchramaydi. Bu so‘zlar mo‘g‘ulcha terminlar o‘zlashishi sababli iste’moldan chiqqan. Fin-ugor tillari orasida chuvash tili oraliq til vazifasini o‘taydi. Tuva tilida: a) mo‘g‘ulcha so‘zlar ko‘p o‘zlashgan; b) fin-ugor, samodiy, tungus-manchjur tillaridan ham so‘z o‘zlashgan. Volga bulg‘orlari tiliga xos qadimiy so‘zlar qabrtoshlarda va boshqa yodgorliklarda saqlanib qolgan. Aslida Transkripsiya Chuvash tilidagi muqobili o‘zbek tilida, qrim-tatar tilida qo‘llanadigan ayrim so‘zlar (masalan: balaban “katta”, qaranta "oila”) hozirgi turkiy tillarda kuzatilmaydi. Sbin “odam”, “burun”, kaqan “bel”, aram “ayol”, сёсё “pichoq”, tula “bug'doy” kabi so‘zlar faqat bulg'or tilida uchraydi. Bu holat turkiy tillarning eng qadimgi leksik xususiyatlarni turli darajada saqlab qolganligini ko‘rsatadi. Bunda, ta’kidlanganidek, ichki taraqqiyot va tashqi omillar ta’siri muhim o‘rin tutadi. Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotida leksemalaming semalari doirasida o‘zgarish kuzatiladi. Semantik o‘zgarishlar, asosan, ma’no kengayishi va ma’no torayishi bilan izohlanadi. Masalan, o‘g‘ul/o‘g‘lan, qiz o‘g‘ul/qizo‘g‘lan. Hozirgi turk tilida kiz o‘g‘lan; turkman tilida giz oglan. Ba’zi turkiy leksemalarning hozirgi qo‘llanishida semantik torayish kuzatiladi. Bu holat tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonidagi ichki qonuniyatlar hamda shu tushunchani ifodalovchi boshqa yasama leksik birlikning shakllanishi yoki boshqa tilga oid leksik birlikning o‘zlashishi bilan izohlanadi. Og‘laq so‘zi ulaq shaklida ham uchraydi, og‘ul bilan asosdosh. Bu so‘z yoqut tilida uol shaklida “o‘g‘il” ma’nosi bilan birga “nevara” ma’nosida ham ishlatiladi. L.Bernshtam yoqut tiliga asoslanib, o‘g‘ul so‘zi umuman avlodni bildirishini ta’kidlagan. A. Kononov o‘g‘ul “ona” ma’nosildagi og va kichraytiruvchi -ul affiksidan iborat, degan fikrni aytadi. Singil/sirjil o‘rxun-enasoy vodgorliklarida ham uchraydi. Siyil-chulim turklari tilida “erning ukasi yoki jiyani” m a’nosida ishlatiladi.Eng qadimgi davrlarga xos bo‘lgan aka so‘zi “Boburnoma”da ayollarga nisbatan qo‘llangan. "Воbur-nоma"ning 1960-yildagi nashrida ham, Gulbadanbegim asarida ham aka shaklida keltirilgan. Gulbadanbegim onam o‘rnida okam hazratlari birligini ishlatgan. Bu so‘z Eyji Mano matnida aka shaklida berilgan. M.Salve tarjimasida ham aka ishlatilgan. Ayollarga nisbatan ishlatilgan aka so‘zi o‘zbek tilidagi lug‘atlarda uchramaydi. Pave de Kurteyl lug'atida “ona” ma’nosidagi m o‘g'ulcha so‘z, deb izohlangan. Chuvash tilida aka so‘zi akka shaklida “opa”, “ota tomonidan buvining opasi” ma'nolarida qo‘llanadi. Chig‘atoy tilida ag‘aca, akaca so‘zlari “begim”, “opa” ma’nolarida ishlatilgan. Bu so‘zlarda -cha jinsni ifodalashga xizmat qilgan va ayollarga nisbatan qo‘llangan. Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotida ma’no ko‘chishi turli usullar yordamida yuzaga kelgan. Masalan. metonimiya asosida qabila nomlari odamlarga nisbatan ishlatilgan. V.Vladimirsov mo‘g'ullar haqida yozar ekan, tutukul'yut qabilasidagi erkaklar tutukultay, ayollar tutukulchin deb atalgani ta’kidlaydi. Ayrim so‘zlar semantikasidagi o‘zgarishlar qism nomining butun denotatni anglatishi va aksincha, butun nomi bilan denotat qismini nomlash kuzatiladi. Qadimgi turkiy tilda “devor”; “uyning ustki qismi”; “uy” ma’nolarida qo‘llangan. Bu ma’nolar hozirgi turkiy tillarda va shevalarda saqlanib qolgan. Ayrim turkiy tillarda mazkur so‘z farqli m a’nolarda qo‘llanadi. Jumladan, qozoq tili shevalarining janubi-sharqiy qismida tam “yerto‘la”, shimoli-g'arbiy qismida “qabr” ma’nolarida ishlatiladi. Mo‘g‘ul tilida bu so‘zning “tubsiz chuqur” ma’nosi kuzatiladi. “Shajarayi tarokima”da tam va ev so‘zlari juft qo‘llanib, “shahar” tushunchasini ifodalagan. “Bobumoma”da tam ikki ma’noni: obyektni hamda obyektning qismini ifodalovchi leksik birlik sifatida qo‘llangan. Turkiy tillarda so‘zlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takror ko‘rinishda bo‘ladi. Sodda so‘zlar: щйк - ozarb., uyg'., o‘zb. inak, olt., gag., qirg'., tuv., turk, turkm., xak. inek; chuv. ene; yoqut. inah. Qadimgi turkiy tilda: itjak. (Tuva tili shevalarida jalaj leksemasi to 'rt yoshdan oshgan qoramol uchun ishlatiladi. Quralay/kuralai: boshq. koralai, qoz. kuralai, o‘zb. (dial.) kuralay. L. Budagov lug'atida “yovvoyi echki bolasi” ma'nosida qayd etilgan. Qo‘shma so‘zlar: turk. sacli sigir “bizon”; turkm. dere sigin “bug'u”; turkm. mal gara “qoramol”; ozarb. dag kecisi, qirg'. to ecki “tog' echki si": kor sican; boshq. hukip siskan, gag. kelema sican “yumronqoziq”, qoz. mujima tiskan “kalamush”; yarkanat “ko‘rshapalak”. O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, urf-odat, an’analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar o ‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og'zaki ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan. Yozma manbalar muayyan davr tilini imkon qadar to‘liq aks ettiradi. Shu bilan bir qatorda, til hodisalarining keyingi holati, lingvistik jarayonlarni ifodalashda. leksema semantikasidagi o‘zgarishlarni, chunonchi, semantik torayish, ma’no kengayishi hodisalarini tahlil qilishda dialektlarning alohida o‘rni bor. Bu jihatdan qadimgi turkiy til xususiyatlari, leksik birliklarning dialektlarda saqlanib qolishi va hozirgi o‘zbek tili davriga qadar yetib kelishida shevalarning ahamiyatini ta’kidlash mumkin. “Devon”da kiyimga oid atamalarning ko‘plab shakllari mavjud. Kiyim so‘zi ma‘nosining tarixiy rivojini o‘rganish shuni ko`rsatadiki, bu nom hozirgi ma‘noda, ammo boshqacha fonetik shakllarda O`rxun-Enasoy yozma 15 yodgorliklaridan boshlab XIII-XV asrlar manbalarida kadim//kazim, kadgu//kazgu tarzida, umuman, ustga kiyiladigan libos ma‘nosida uchraydi. Eski o‘zbek tilida kadim//kazim variantining kayim, kiyim talaffuziga o‘tishi prof. S.Ye.Malov tomonidan to‘g‘ri aniqlangan. Har qanday kiyim, masalan, chopon, ko‘ylak, do‘ppi bir yoki bir necha bo‘lak matolardan tikiladi. Kiyim-kechak qismlari har qaysi tur kiyimda bir necha xil bo‘lib, kasb ustalari ularni nomlash uchun umumxalq tilidagi so‘zlardan foydalaniladilar. Lug‘atda esa ular quyidagi nomlar bilan ifodalangan: 1. Bog‘ich turlari: Bo‘ruk – xaltaning og‘zini bog‘laydigan bog‘ich yoki ishtonbog‘ (I, 366); bog‘maq – ko‘ylak bog‘ichi (I, 433); ilarso‘k – ishtonbog‘, to‘rvaning bog‘i va, umuman, narsalarni yig‘ib bog‘lash uchun maxsus ipdan qilingan bog‘ich (I, 406); bog‘ ol to‘rgak chekdi – u bo‘xchaning bog‘ini bog‘ladi (I, 433. II, 29). Qadimda tugmalar bo‘lmagan davrda libosning old qismini yopish uchun maxsus to‘qilgan bog‘ichdan foydalanishgan. O‘tmishda xalta ko‘ylak, mullacha ko‘ylaklarga yoki o‘yinchog‘ining chetlariga ingichka jiyak tutilib, ikki yelka chetida bog‘ichlar bog‘langan. Bu qadimiy turkiy so‘z bo‘lib, yodgorliklar tilida bavuz (S.Ye. Malov, 367), ”Muqaddimatul al-adab” da qorin bog‘i (брючная повязка), bilak bog‘i (ручная повязка), qo‘lbog‘ (браслет), qilich bog‘i (ремень меча) kabi tarzda berilgan. Demak, bog‘ich so‘zi o‘tmishda har bir narsani bo‘g‘ish, bog‘lash, tugishga nisbatan ishlatilgan. 2. Yeng nomlari: Yeng – yeng, kiyim yengi (III, 373): Yeng yosodi ko‘nglakka (16 Bo‘lsa yonimda bir harifi zarif, tut yengidan dag‘i charog‘ so‘ndur (S. Saroyi, 375)9 . Navoiy, Bobur va boshqa mumtoz janr ijodkorlarining asarlarida ham bu so‘z asosiy va ko‘chma ma’nolarda ko‘p ishlatilgan. 3. Etak nomlari: So‘zug‘ – ko‘ylak etagining ikki tomonidan yoqasigacha bo‘lgan qismi. So‘zug‘ japib oltirdi – ko‘ylakning ikki tomonini o‘z tarafiga o‘rab, puflab turadi. Bu holat noziklik va ozodalikdan bo‘ladi (I, 355). Qudurg‘aq – choponning bir tomoni, orqa etagi (I, 461). Etak – etak (I, 98). Bu so‘z ― “Devonu lug‘otit turk” 10 da to‘n etaklandi – to‘n etakli bo‘ldi (I, 98); etaklik ton – etaklig kiyim (I, 167) kabi birikmalar tarkibida keladi. Hozirgi zamon turkiy tillarning deyarli barchasida (fonetik talaffuzni hisobga olmaganda) etak so‘zi uchraydi: edak (ozarb.); etek (turkm.); etek (qirg‘.); etek (qozoq); adaq (uryanxay); idek (xakas). Etak so‘zi ishtirokida o‘zbek tilida ba‘zi so‘z birikmalari yasalgan: qo‘sh etak, ilonizi qo‘sh etak, etakli kamzul va shu kabi. 4. Belbog‘ va kamar nomlari: Belbog‘ turkiy so‘z bo‘lib, bel – odam tanasining o‘rta qismi, bog‘ – bog‘lanadigan narsa. Qur, qurshog‘ belbog‘ so‘zlarining tarixiy rivoji yuzasidan o‘tkazilgan kuzatishlar qur so‘zi o‘rnida keyingi asrlarda belbog‘ qo‘llana boshlanganini ko‘rsatadi. Hozirgi zamon turkiy tillarda uchrovchi qo‘shoq// qurshoq (belbog‘ ma’nosida) so‘zlari ham qadimiy qur so‘zi bilan aloqador. Kiyimlarga yordamchi buyumlar nomidan yana biri kamar (f-t.) va qayishdir.― „Devonu lugʻotit turk“da bu so‘z qazish shaklida uchraydi (DLT., I, 343); qazishladi – qayish kesdi (DLT. Ind., 343); qolan – qulvog‘, kamar (I, 383); qazish – hayvon terisidan qirqib ishlangan qayish kamar (I, 350); to‘z – qayish yoki kamarga taqiladigan va bog‘lanadigan halqa (III, 135); suf – yungdan (qo‘lda) to‘qilgan kamar. Keyinchalik bu so‘z qayish shaklini olgan. ”Muqaddimatul al-adab”da qayish - remen (Poppe, 343). O‘zbek tilida qayish, kamar; qozoq tilida qayo‘s (Qoz.s., II, 22)12, tatar tilida qayo‘sh, kamar (Budagov, II, 33), qirg‘iz tilida qayo‘sh (Qir. – rus., 325), (11А. К. Боровков. Бадан ал-луғат. M., 1961. 12) Qozoq tilin tusingihvt sozgire. (I, II. Almati. 18) Qayish so‘zi ham z fonemasining y lashishidan yuzaga kelgan deyish mumkin. Kamar so‘zi eski o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lgan: Johidlar aro agar haqim er tushsa, hikmat kamarin kerak belindan sheshsa. Navoiy asarlarida va undan so‘nggi asr adabiyotlarida kamar, kamarband, kamargoh (o‘rta bel) kabi so‘zlar ko‘plab uchraydi: Eshibon zarrin kamr, nozuk belin qilsam xalos, Tortibon gulgun qabo savri sihi raftoridin Cho‘ntak nomlari: “Devon”da ko‘chuk – cho‘ntak. O‘g‘uzlar cho‘ntak deydilar (I, 444). XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasining asoschisi sifatida ta’kidlandi va quyidagi xulosalarga kelindi: Ishimizda Mahmud Koshg‘ariyning butun turkiy qabilalar tilidan yozib olgan somatizmlar qatnashgan maqollarni 16 tasinigina tahlil qildik. Maqollardagi somatizmlar inson hayoti va uning boshiga tushadigan yaxshi va yomonliklarni tilning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘xshatishlar misolida yoritilganligi aniqlandi. Turkiy xalqlarning tili va madaniyatini nechog‘lik boyligini maqollarda ming yillik hayoti, urf-odatini aks ettirganligi bilan ma’lum bo‘ldi. Turkiy tillar grammatikasining xususiyatlari aniqlandi. Qiyosiy jihatdan u farqlagan grammatik xususiyatlar tahlil qilindi. Kitob 8 asosiy bo‘limda cheklandi: 1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so‘zlar bo‘limi); 2. Solim (alif, vov, yoy bo‘lmagan so‘zlar bo‘limi); 3. Muzof bir harfi ikki marta takrorlangan so‘zlar bo‘lmagan; 4. Misol boshida yoy bo‘lgan so‘zlar bo‘limi; 5. Uch harfli so‘zlar bo‘limi; 6. To‘rt harfli so‘zlar bo‘limi; 7. G‘unnaliylar bo‘limi; 8. Ikki undosh qator kelgan so‘zlar. 6. Har bir bo‘limni otlar, ismlar va fe’llar tarzida ajratib berilgan. Otlarni oldin fe’llarni esa otdan keyin o‘z sirasiga qarab boblarga ajratib o‘z o‘rniga oldin- ma-keyin ko‘rsatdi. Tushunilishi oson bo‘lishi uchun asarda arabcha istilohlarni qo‘llagan. Mahmud Qoshg‘ariy asarida fonetik, morfologik, sintaktik kuzatishlar behisob bo‘lib ular hamisha qiyosiy planda berilgan. Xulosa qilib aytganda, Mahmud Qoshg‘ariyning asari turk tili rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan manba hisoblanadi. Asarda turk grammatikasi uning fonetik xususiyatlari leksikasi haqida fikr yuritilagan. Bu asarda faqatgina turk tiliga oid ma’lumotlar emas balki boshqa fanlar tarix va aniq fanlar to‘g‘risida tushunchalar o‘z aksini topgan. Asarining tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Bu asarda tilgan olingan qabilalar tili urf-odatlari madaniy qadriyatlari haqida ham umumiy tushuncha bergan. Shuning uchun ham bu asar hozirgacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay yosh avlod qalbida joy olib kelmoqda. Download 181.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling