Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Ilmiy rahbar: dots. Tursunov A. M bajardi:"Muxandislik texnologiyalari " fakulteti Iqtisodiyot


Download 435.46 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi435.46 Kb.
#1597796
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish. FIRMA


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI.
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” fakulteti
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” kafedrasi
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan.

KURS ISHI


MAVZU: “FIRMA BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY SUBYEKTI SIFATIDA. FIRMA FAOLIYATINING KO‘RSATKICHLARI”


Ilmiy rahbar:dots. Tursunov A.M
Bajardi:"Muxandislik texnologiyalari "
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs
146-22-guruh talabasi Botirov Sarvar.


TOSHKENT-2023


MUNDARIJA


KIRISH 3
I-BOB. FIRMA BOZOR IQTISODIYOTI SUBYEKTI SIFATIDA 4
1.1.Korxona(firma): iqtisodiy mazmuni, tashkiliy huquqiy shakllari 4
1.2. Firma nazariyalari 9
1.3.Korxonaning tashkiliy huquqiy shakllari 19
II-BOB. FIRMA FAOLIYATI KO`RSATGICHLARINING TAHLILI 26
2.1. Firma faoliyatiga ta`sir etuvchi omillar 26
2.2. Korxona faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi ko`rsatgichlar 29
Xoʻjalik samaradorligini baxolash, korxonada foydalaniladigan 33
2.3. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari va omillari. 36
XULOSA 41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 43



KIRISH




Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari milliy iqtisodiyotda faoliyat yurutuvchi korxonalarning samaradorligini oshirish, ular tomonidan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish, boshqaruvga oid innovatsiyalardan amaliyotda keng foydalanish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish, shuningdek, O‘zbekistonning global reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan hisoblanadi. Xususan, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2030 yilga borib Global innovatsion indeks xalqaro reytingi ko‘rsatkichlari tizimida jahonning etakchi 50 ta mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish bo‘yicha uzoq muddatli strategik vazifasi belgilangan.
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, inovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati yuqori korxonalarni kelgusida muvafaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmlarini ko'paytirish, shu asosda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishni va eksport salohiyatini o'stirishni ta'minlash, shuningdek energiya samaradorligi va energiyani tejash standartlarini iqtisodiyotga yanada samarali joriy etish va tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Download 435.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling