Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Guruh: 146-22-guruh Bajardi: Botirov S. Kurs ishi rahbari: dots. Tursunov A. M topshirgan sanasi: Himoya qilgan sanasi: Baho


Download 0.82 Mb.
bet11/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1471620
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Firma bozor iqtisodiyoti subyekti sifati. Topsh

2.3-jadval. “O‘ztemiyo‘lmashta’mir” UK ning likvidlik ko‘rsatkichlari
nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.

Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.


Ularga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;
yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;
qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.

Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.


Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratish mumkin.
Uzoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

  • banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;

  • uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;

  • uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;

  • lizing va b.

Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:



  • tijorat (tovar) kreditlari;

  • qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;

  • banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.

Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida bo‘shab qolgan pul mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya fondida to‘planib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy fondlarini hajmiga, ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: foyda qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi, qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar, soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi.
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z manbalarini sanab o‘tilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi.


XULOSA


Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda.


Sanoat korxonalarda har doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o'z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati ayni damdagi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag'batlantirishlar berildi.
O’tgan yil; davomida banklarning korxonalar bilan o'zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag'larining tez va o'z vaqtida aylinishi ta'minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o'z vaqtida bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor sanoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag'lari o'z vaqtida kelib tushmasligi natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o'z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o'z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya'ni o'zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo'lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini hamda xajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga xaq to'lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xaq to'lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizasiya hisoblash usuli ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o'zgaruvchan bir sharoitida amortizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o'ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizasiya usulini qo’llash, bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amortizasiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag'lari kelib tushadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang'ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko'p miqdordan amortizasiya hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizasiya hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2017


2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 4—6-son, 39-modda
3. O’zbekiston Respublikasi qonuni. Raqobat to’g’risida. 2012 yil 6 yanvar.
4. O’zbekiston Respublikasining Prezdentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stependiyalar to’lash mexanizimini takomillashtrishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi” PF-2753-sonli karori
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-maydagi “Davlat mulkidan samarali foydalanish va davlat organlarini turar joylar bilan ta’minlash to’g’risida” gi F-273-sonli farmoyishi
7. SH.M.Mirziyoyev ,,Milliy taraqqiyot yo’limizni qa’tiyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko’taramiz’’
8. ,,Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’, Sh.M.Mirziyoyev,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling