Kurs ishi mavzu: “firma bozor iqtisodiyotining asosiy subyekti sifatida. Firma faoliyatining ko‘rsatkichlari” Guruh: 146-22-guruh Bajardi: Botirov S. Kurs ishi rahbari: dots. Tursunov A. M topshirgan sanasi: Himoya qilgan sanasi: Baho


Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 0.82 Mb.
bet9/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1471620
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Firma bozor iqtisodiyoti subyekti sifati. Topsh

Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tovar almashinuvi va moddiy shakl bo‘yicha (tijorat eksport va importi);

  • patent, litsenziya, “nau-xau” savdo shaklidagi fan-texnika bilimlarini almashtirish bo‘yicha;

  • texnik xizmatlarni almashtirish bo‘yicha;

  • ijaraviy;

  • xalqaro turizm bo‘yicha;

  • axborot doirasida maslahat xizmatini taklif etish va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha, kinofilm va teledasturlarni almashtirish bo‘yicha.

Korxona tijorat operatsiyalarining ta’minlovchi operatsiyalariga quyidagilar
kiradi:

  • yuklarni tashish;

  • transport-ekspeditorlik;

  • yuklarni sug‘urtalash;

  • tashish paytida yuklarni saqlash;

  • hisobotlar yuritish.

Ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish va fan-texnika hamkorlik doirasini korxona tijorat operatsiyalari tijorat ishining maxsus doirasi sifatida ajratib ko‘rsatish lozim. Bu hamkorlik aniq tashkiliy boshqaruv faoliyati natijasi sifatida ishtirok etadi, uning maqsadi:

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;

  • obyektlaming qo‘shma qurilishini tashkil qilish va ulardan foydalanish;

  • ilmiy tadqiqotlar doirasidagi kooperatsiyalar (birgalikdagi faoliyat) haqida bitimlarni imzolash hisoblanadi.

Boshqaruvning tashkiliy-texnik jihatini o‘rganish bu operatsiyalarning obyektlari va subyektlari nuqtai nazardan tijorat operatsiyalarining turli ko‘rinishlarini, jumladan, shakllar, uslublar, iqtisodiy dastagi va ularni sotish vositalarini qamrab oladi.
Korxona tijorat faoliyatida savdo munosabatlarining iqtisodiy mexanizmlaridan samarali foydalanish quyidagilarni talab etadi:

  • mahalliy korxonalar, uyushmalar, tashqi savdo tashkilotlarining xorijiy kontragentlar (hamkorlar) bilan tijorat operatsiyalarini o‘tkazish tajribalaridan unumli foydalanish;

  • asosiy va ta’minlovchi operatsiyalarning mustahkam aloqasini o‘rnatish;

  • milliy va xorij firmalari bilan ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy va fan- texnika hamkorligi natijasida vujudga keluvchi afzalliklardan samarali foydalanish;

  • savdoning turli tovar va xizmatlari shakl va uslublarini unumli qodlash.

Asosiy korxona tijorat ishini o‘zlashtirish faqatgina nazariy bilimlarni
egallashnigina emas, shuningdek, tayyorlov doirasida amaliy jihatdan yangiliklarni topish, savdo bitimlarini imzolash va bajarish, savdo vositachilik va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni ham nazarda tutadi.
Korxona tijorat faoliyatini o‘rganish quyidagi masalalar:

  • milliy va xorij firmalari savdosining yangi uslub va shakllari;

  • tijorat operatsiyalari o‘tkazish texnikasi: savdo-sotiq shartnomalarini

tayyorlash va imzolash, ularning mazmuni va bajarilishi;

  • savdo-vositachilarning vazifalari, ularning jahon bozoridagi operatsiyalarni bajarishdagi roli, savdo vositachilari bilan tuzilgan shartnomalarning mazmuni;

  • milliy va xalqaro tovar birjalari, auksionlar, savdo, yarmarka va ko‘rgazmalar operatsiyalari texnikasi va ularni tashkil qilish;

  • fan-texnika bilimlari savdosi va boshqa xalqaro xizmatlarni tashkil qilish, patent, litsenziya, texnik xizmat ko‘rsatish (injiniring), ijara operatsiyalari, xalqaro turizm bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish texnikasi va ularni tashkil qilish;

  • milliy va xorij firmalari xalqaro ishlab chiqarish aloqalarini tashkil qilish, milliy va xorij firmalari ishlab chiqarishni kooperatsiyalash (birgalikda tashkil qilish) va oxirgi (qo‘shma) mahsulotni ishlab chiqarishning xususiyatlari;

  • davlat monopolistik boshqaruvining asosiy shakllari va vositalari hamda firmalarning milliy bozordagi va tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishiga ularning ta’siri;

  • xalqaro aloqalar rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘l va usullarini bosqichma- bosqich ko‘rib chiqishni talab etadi.

II-BOB. FIRMA FAOLIYATI KO`RSATGICHLARINING TAHLILI



2.1. FIRMA FAOLIYATIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR


Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy birlik (jamoa)dir.


O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar.
Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi;
birorta korxonani uning ayrim bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini belgilovchi tarkibisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Korxona uchun:
Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag’lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi.
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin.

2.1-rasm. Yalpi talabning tovarlarga ta`siri.
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari faoliyat ko’rsatmoqda:
Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;
xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Xo’jalik shirkati. O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik SHirkatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq: “Muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo’lingan Nizom jamg’armasiga (ustav kapitaliga) ega bo’lgan tijorat tashkiloti xo’jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar”.
Xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat tarzida tuziladi. Ishtirokchilari (to’liq sheriklari) o’z o’rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan holda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat deb hisoblanadi.
Shirkat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar doirasida javobgar bo’ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo’shuvchi, kommanditchi) mavjud bo’lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb ataladi.
Xo’jalik shirkatini oliy boshqaruv organi shirkat ishtiroqchilarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Umumiy yig’ilish vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilash;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
ta’sis shartnomasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararini) uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;
shirkat Nizom jamg’armasini (ustav kapitalini) ko’paytirish va kamaytirish;
yillik hisobotlarni va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan ish yuritishga hakdidir. Shirkat ishlari uning ishtirokchilari tomonidan birgalikda yuritilsa har bir bitimni amalga oshirish uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi. Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan biri yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat nomidan bitimlarni amalga oshirish uchun shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan ishtirokchi (ishtirokchilar) dan ishonchnoma olinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati. O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra: “Nizom jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”.
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi mumkin.
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Kompaniya (fransuzcha “compagnie” so’zidan) — iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug’urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo’jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo’lgan korxonalar tushuniladi.
Quyida 2.5-rasmda “O’zqurilish materiallari” aksionerlik kompaniyasining boshqaruv tashkiliy tuzilmasi ko’rsatilgan:
Konsern (“sopserp” — “ishtirok”, “manfaat” so’zidan) manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasidir.

Korporatsiya (lotincha “compagnie” — “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan) biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.


Firma (ital’yancha “firma” — “imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2 — 3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo’lishi mumkin..
Xolding (inglizcha “holding” — “egalik” so’zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi.
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:
mulkdorlar(aksiyadorlar);
boshqaruvchilar (menejerlar);
korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin.
Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog’liqdir.

Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.


Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari — (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo’limlari rahbarlari hisoblanadi.
Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:
asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari (bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy bo’linmalarga bo’linali.
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan, ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish), vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil bo’ginidir
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.

Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:


1. Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik va madaniy omillar).
2. Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi).
3. Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati:
1. ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari);
2. texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi shart.


2.2. KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI AKS ETTIRUVCHI KO`RSATGICHLAR


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.


Oldingi tahrirga qarang.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.

Oldingi tahrirga qarang.


(«umumiy qoidalar» bo‘limining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 martdagi 63-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) tomonidan aniqlanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktyabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003 y., 19-son, 183-modda )
Moliyaviy natijalarni shakllantirish
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,

YaF — yalpi foyda;


SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,

AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;


DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
Oldingi tahrirga qarang.
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi,
ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.
ICHX = C + V yoki TMTN = C + V (2)ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi:
1. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
2. Muomala xarajatlari.

  • Ish haqi

  • Xomashyo xarajatlari

  • Amortizatsiya va hokazo.

  • Yoqilg`i va moylash materiallariga xarajatlari

  • Qo`shimcha muomala xarajatlari

  • Sof muomala xarajatlari

  • Muomala xarajatlari

  • Ishlab chiqarish xarajatlari

Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.


Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:
1. Qo’shimcha muomala xarajatlari
2. Sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash mumkin:

  • Ichki xarajatlar

  • Bino-inshoot amortizatsiyasi

Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling