Kurs ishi mavzu: Floridyasimonlar-florideophyceae sinfi zamburuglarning sistematkasi Tekshirdi
Download 60.67 Kb.
|
Абдуллаева Б. 208 ZAMBURUG‘LARNING SISTEMATIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: Floridyasimonlar-florideophyceae sinfi zamburuglarning sistematkasi Tekshirdi
- II BOB. Foydali zamburug’lar.
- Xulosa…………………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31 KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi II bosqich 208 – guruh talabasi __________________________________________ning botanika fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Floridyasimonlar-florideophyceae sinfi zamburuglarning sistematkasi Tekshirdi: ________________________ Andijon – 2023 Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. Zamburug’larning umumiy tavsifi. 1.1. Zamburug’lar haqida tushuncha………………………………………………..5 1.2. Zamburug’larning ko’payishi………………………………………………….7 1.3. Zamburug’larning turlari……………………………………………………...16 1.4. Bakteriyalar va ularning sistematikasi………………………………………..18 1.5. Viruslar haqida tushuncha…………………………………………………….20 II BOB. Foydali zamburug’lar. 2.1. Zamburug’larning sifati………………………………………………………23 2.2. Zamburug’larning foydali jihatlari……………………………………………24 III BOB. Zamburug’larning sanoat va xo’jalik faoliyatidagi ahamiyati. 3.1. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan zamburug’lar…………………………..26 3.2. Zamburug’lar mikoriza sifatida……………………………………………….27 Xulosa…………………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi. Aholini o‘sib borayotgan extiyojini ekologik toza va to‘la qimmatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlashda ekinlarda uchraydigan turli fitopotolik kasalliklarni kelib chiqish sabablari, tarqalishi, o‘simlik va inson xayotiga hamda tevarak atrofga ta’sirini o‘rganish hozirgi kunnig eng dolzarb muammolaridan biridir. Shu uchun o‘simliklarni har xil zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklardan himoya qilish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi mutaxasislari har bir fermer ekinlarni tuproqqa ekishdan boshlab to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar fitopotologik kasalliklarni yuqtirib olish xavfini bilgan xolda hushyor bo‘lmog‘i zarur. Tarqalgan yoki tarqalish xavfi bor bo‘lgan kasaliklarga nisbatan kimyoviy vositalardan betartib foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, balki kasallikdan oldin profilaktika ishlarini olib borish soha mutaxassislaridan kuchli bilim talab etadi. Tuproqda xilma-xil zamburug’lar guruhi uchraydi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Zamburug’lar tuproqda yashab uni chirindi moddalar bilan boyitadi, tuproq hosildorligini oshiradi, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalarni yetkazib beradi. Zamburug’lar juda keng tarqalgan bo’lib, ko’proq o’rmonlarda uchraydi. Mikoriza – yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko’pchilik o’simliklar tuproqdagi zamburug’lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitseliysi o’rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildizning ichki to’qimalariga kirib oladi. Tashqi mikoriza asosan o’rmonlardagi qayin, eman va ninabargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug’ daraxt ildizidan karbonsuv va vitaminlarni o’zlashtiradi. Shu bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug’ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o’z navbatida unumsiz tuproqlarda o’sayotgan o’simlik uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas. Download 60.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling