Kurs ishi mavzu: Floridyasimonlar-florideophyceae sinfi zamburuglarning sistematkasi Tekshirdi


Download 60.67 Kb.
bet4/14
Sana30.04.2023
Hajmi60.67 Kb.
#1407914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Абдуллаева Б. 208 ZAMBURUG‘LARNING SISTEMATIKASI

1.2. Zamburug`larning ko`payishi.
Zamburug’lar vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) usullarda ko’payadi.
Vegetativ ko’payishi. Vegetativ ko’payishi mitseliy ipchalarining bo’linishi bilan amalga oshadi. Bu bo’lakchalar har xil yo’l bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil bo’ladi. Ba’zi bir zamburug’larda vegetativ ko’payishda kurtaklanib ko’payadi. Bunga achitqi zamburug’ini misol qilib keltirish mumkin. Achitqi zamburug’i bir hujayrali, haqiqiy mitseliysi bo’lmagan mikroskopik organizmdir. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo’ladi. Uning hujayrasi qobiq bilan o’ralgan sitoplazma, mag’iz va vakuoldan tashkil topgan. Achitqi zamburug’i xamir tarkibidagi kraxmal moddasi bilan oziqlanadi va uni parchalab, spirt bilan karbonat angidrid gaziga aylantiradi. Hosil bo’lgan gaz pufakchalari og’ir xamir massasini ko’tarib chiqadi, xamir oshadi. Natijada xamir g’ovak va yengil bo’lib qoladi. Kraxmal parchalanganda hosil bo’lgan spirt esa xamirga tam beradi. Achitqi zamburug’lar yaxshi sharoitda juda tez, kurtaklanib ko’payadi. Bunda zamburug’ hujayrasi ustida bo’rtma hosil bo’ladi va u o’sib kattalashadi, so’ngra ona hujayradan ajralib chiqib, mustaqil yashay boshlaydi. Achitqi zamburug’larining ishtirokisiz non yopib, pivo tayyorlab bo’lmaydi. Respublikamizda non zavodlari, pivo zavodlari, novvoyxonalar va uy sharoitida non yopish ehtiyojini ta’minlash uchun zavodlarda achitqilar (turishlar) tayyorlanadi.
Achitqilar – achitqi zamburug’larining to’plamidir. Quritilib, taxtakachlangan achitqi zamburug’lari sovuqda ko’paymaydi, lekin uzoq vaqtgacha tirik turadi. Achitqini shakar eritmasiga solib, iliq joyga qo’yilsa, undagi zamburug’lar darrov jonlanib, haddan tashqari tez ko’paya boshlaydi. Achitqi zamburug’lari xalq xo’jaligida va turmushda keng qo’llaniladi.
Jinssiz ko’payishi. Jinssiz ko’payishi sporalar yoki zoosporalar yordamida bo’ladi. Suvda yashaydigan zamburug’lar zoospora hosil qilib ko’payadi. Quruqlikda yashaydiganlari esa, spora hosil qilib ko’payadi. Sporalari nixoyatda mayda, quruq va ko’p miqdorda bo’ladi. Masalan: shampinon deb atalgan zamburug’ ikki sutkada ikki milliard spora hosil qiladi. Yong’oqning tanasida uchraydigan pukok parazit zamburug’ida bir yilda o’n milliard spora hosil bo’ladi. Sporalar hosil bo’lishiga qarab endogen va ekzogen bo’ladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy) ning sharsimon uchlarida ko’p miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxchalarida yakka, guruh bo’lib, ko’pincha zanjirsimon rivojlanadi. Masalan, po’panak zamburug’i yaxshi sharoitda jinssiz ko’payadi. Bunda zamburug’ning vegetativ tanasidan shoxlanmagan gifa (sporangiyband) tik ko’tarilib chiqadi. Sporangiy bandining uchida sharsimon bo’rtma – sporangiy hosil bo’ladi. Sporangiy ichida esa sporalar shakllanadi. Bir zamburug’da bir necha o’nlab sporangiy, bir sporangiyda esa 10.000 dan ortiq spora yetishadi. Sporangiy voyaga yetgach (ichidagi sporalar tayyor bo’lgach) qoramtir rangga kiradi. Sporangiyda yetilgan sporalardan qulay sharoitda yangi mitseliy hosil bo’ladi.

Download 60.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling