Kurs ishi mavzu: Floridyasimonlar-florideophyceae sinfi zamburuglarning sistematkasi Tekshirdi
Download 60.67 Kb.
|
Абдуллаева Б. 208 ZAMBURUG‘LARNING SISTEMATIKASI
Jinsiy ko’payishi. Jinsiy ko’payishi ikki xil usulda amalga oshadi:
Oogamiya Konyugatsiya Yuqori darajada murakkab tuzilgan zamburug’larning jinsiy ko’payishi biroz soddalashgan bo’ladi. Ularda fiziologik jihatdan har xil bo’lgan ikkita (hujayra) sporalar qo’shilib ko’payadi. Bu sporalarni bipolyar sporalar, ya’ni ikki qutbli sporalar deyiladi. Bittasi ,, - “ , ikkinchisi ,, + “ qutbli bo’ladi. Jinsiy ko’payish tuban zamburug’larda suvo’tlarga o’xshash, yuksak zamburug’lar esa maxsus jinsiy organlarning qo’shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko’chib o’tishi va yadrolarning juft – juft bo’lib qo’shilishi kabi ko’rinishlarda amalga oshadi. Zamburug’lar hamma joyda keng tarqalgan. Aksariyat zamburug’larning tabiatda umri qisqa. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, o’sishdan to’xtab, nobud bo’ladi. Tanasining tuzilishi va ko’payish xususiyatlariga qarab, zamburug’lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo’linadi; 1.Arximitsetlar yoki xitridiomitsetlar sinfi – Archimycetes yoki chytridiomycetes. 2. Oomitsetlar sinfi – Oomycetes. 3. Zigomitsetlar (bular tuban zamburug’lar) sinfi – Zygomycetes. 4. Xaltachali zamburug’lar yoki askomitsetlar sinfi – Ascomycetes. 5. Bazidiyali zamburug’lar yoki bazidiyamitsetlar sinfi (bular yuksak zamburug’lar) – Basidiomycetes. 6. Takomillashmagan zamburug’lar sinfi – Fungi imperfecti. Arximitsetlar (xitridiomitsetlar), oomitsetlar va zigomitsetlar sinflari tuban zamburug’lar, askomitsetlar (xaltachali zamburug’lar), bazidiyamitsetlar sinflari esa yuksak zamburug’lar deb yuritiladi. Takomillashmagan zamburug’lar mitseliysining tuzilishi yuksak zamburug’larga yaqin tursa ham u xaltacha yoki bazidiya hosil qilmaydi. Shuning uchun bu sinf vakillarini takomillashmagan zamburug’lar deb yuritiladi. 1. Arximitsetlar yoki xitridiomitsetlar sinfi. Bu sinfga kiruvchi zamburug’larning tanasi yalang’och yoki uncha yaxshi rivojlanmagan mitseliy va rizomitseliydan iborat. Bir xivchinli zoosporalar yordamida jinssiz izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo’li bilan jinsiy ko’payadi. Bizning sharoitimizda bu sinfning ko’p uchraydigan vakili, yosh karam ko’chatlarining ildiz bo’g’zini zararlaydigan, uning qorayishiga, keyinchalik esa qurib qolishiga sabab bo’ladigan karam olpidiumi (Olpidium brassica) zamburug’idir. Bunday kasllikni karamning ,,qora oyoq” kasalligi deb ham yuritiladi. O’simlikning zararlangan joyida yadroli, yalang’och hujayralardan iborat bo’lgan parazit tanalar hosil bo’ladi. Keyinchalik bu tanalar po’st bilan o’ralib, zoosporangiylarga aylanadi. Zoosporangiylar o’sib, tashqariga chiqib turadigan uzun bo’yincha hosil qiladi va shu bo’yinchalardan ko’plab bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqadi. Qulay sharoitga tushgan zoosporalar yangi karam ko’chatlariga tushib, ularni zararlashni yana davom ettiradi. Jinsiy ko’payishdan hosil bo’lgan zigota dastlab ikki yadroli, keyinchalik ular bir-biri bilan qo’shilib, haqiqiy diploid yadroni hosil qiladi. Izogametalar o’zaro qo’shilib, zigota hosil bo’lganda ularning xivchinlari saqlanib qoladi. Shu xivchinlar yordamida harakatlanadigan zigota yangi karam ko’chatlarining hujayralariga kirib, ularni zararlaydi va sistalarga aylanadi. Karamning bu kasalligiga qarshi kurash uchun ko’chatlarni zich qoldirmaslik, havo almashinishini yaxshilash va ortiqcha namlikka yo’l qo’ymaslik choralari ko’riladi. 2. Oomitsetlar sinfining mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo’lingan vakili – fitoftora (Phytopthora infestans) ko’pincha kartoshka, pomidor kabi sabzavot va poliz ekinlarining vegetativ organlari hamda hujayra oraliqlarida parazit holda hayot kechiradi. Fitoftora zamburug’i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo’ng’ir dog’lar hosil qiladi. Kartoshka pishib yetilishi oldidan, uning barglarida qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi. Ular bargning hamma qismiga tarqalib o’simlikni nobud qiladi. Fitoftora sporalar hosil qilib ko’payadi. Sporangiylar mitseliyning maxsus shoxchalarida paydo bo’lib, bu shoxchalar kartoshka bargining og’izchalaridan tashqariga chiqib turadi. Ularda oson ajralib ketadigan bittadan ovalsimon sporangiy yetishadi. U namlik ta’sirida unib, 8-16 ta gacha ikki xivchinli zoosporalar keyinchalik barg epidermasidagi og’izchalar orqali uning to’qimasiga kiradigan gifalarni hosil qiladi. Agar sporangiy suvsiz muhit ta’sirida bo’lsa, u zoospora hosil qilmasdan, bevosita o’sib, gifalarga aylanadi. Bu hoda sporangiy quruqlikka moslashgan zamburug’larga xos bo’lgan jinssiz ko’payishga o’tadi va sporangiy yoki konidiya paydo qiladi. 3. Zigomitsetlar kenja sinfiga 500 ga yaqin tur kiradi. Uning eng ko’p tarqalgan, saprofit holda yashovchi vakillaridan biri oq po’panak (Mucor mucedo) zamburug’idir. Oq po’panak mitseliysi asosan substrat ichida, qisman uning yuzasida joylashib, ularda sporangiybandlari ko’tarilib turadi. Bandlarning uchlari qavarib, shar shaklidagi sporangiylarni hosil qiladi. Ularning asosida to’siq yuzaga keladi va u sporangiy ichiga botib, kichkina ko’rinishdagi ustuncha hosil qiladi. Sporangiy ichidagi ko’p yadroli sitoplazma alohida-alohida bir qancha sporalarga aylanadi. Sporangiy po’sti yorilishi bilan sporalar tashqariga chiqadi va shamol ta’sirida tarqalib, qulay sharoitda yangi mitseliyga aylanadi. Namiqib qolgan nonda, go’ngda va boshqa organik substratlarda oq tuksimon g’ubor shaklda paydo bo’ladi. Substratdagi oziq moddalar kamayganda ular jinsiy (zigogamiya) ko’payishga o’tadi. Bu jarayon natijasida har xil tupdan chiqqan gifalar uchlari bilan bir-biriga qarab o’sadi. Uchlari shishib tutashgan joyida ularni ikkiga ajratuvchi to’siqlar paydo bo’ladi. Keyinchalik bu to’siq eriydi, moddalar esa qo’shilib zigospora hosil qiladi. Zigospora o’simtali qalin, qoramtir po’st bilan o’raladi. Ma’lum vaqt tinim davrini kechirgandan so’ng o’sib, shoxlanmagan qisqa sporangiybandi uchida yosh sporangiyga aylanadi. Bu embrion sporangiy deb ataladi. 4. Xaltachali zamburug’lar sinfi. Bu sinf vakillari maxsus xaltachalar ichida spora hosil qilishi bilan harakterlanadi. Mitseliysi bir yoki ko'p yadro’li hujayralardan tashkil topgan. Sporalari asosan xaltachalarda yetiladi. Eng soda vakillarida xaltacha to’g’ridan-to’g’ri zigotadan hosil bo’ladi. Mitseliyning ikkita hujayrasi bir-biri bilan qo’shilib hosil bo’lgan zigota xaltachaga aylanadi. Shuning uchun ham bu sinfga kiruvchi zamburug’lar xaltachali zamburug’lar deb ataladi. Bu sinfga tuzilishi va yashovchanligi xilma-xil bo’lgan 250.000 dan ortiq tur kiradi. Xaltacha ichida ko’pincha sakkiztadan spora xaltacha, ya’ni askospora yetishadi. Xaltachalar hosil bo’lishi oldidan jinsiy jarayon bo’lib o’tadi. Bu zamburug’larning ko’p vakillarida xaltachalar mevatanalarida yetiladi. Mevatanachalari quyidagicha bo’ladi: 1. Kleystokarpiylar – yopiq mevatanachalar. Xaltachalar mevatanasining ichida turadi. Xaltachasporalar yetilgan meva po’stining yemirilishi yoki yorilishi natijasida tashqariga chiqadi. 2. Peritetsiylar – chala ochiq mevatana. Ular ko’zasimon bo’lib, uni bir qadar ochiq bo’ladi. Xaltachalar mevatanasining tagida to’p bo’lib vertikal joylashadi, yetilishi bilan sporalar teshikcha orqali birin-ketin tashqariga otilib chiqadi va atrofga tarqaladi. 3. Apotetsiylar – ochiq mevatana. Ko’pincha tarelkasimon yoki piyolasimon bo’lib, xaltachalar betida keng qatlam hosil qiladi va erkin joylashib osonlik bilan tarqala oladi. Xaltachali zamburug’larning ko’pgina vakillarida mevatana va xaltachalari paydo bo’lishi oldidan bir necha juft jinsiy organlar (to’da-to’da bo’lib) hosil bo’ladi. Bu jinsiy organlarning hosil bo’lishi mevatanasining boshlanishidir. Xaltachali zamburug’larning urg’ochi jinsiy organi arxikarp, erkak jinsiy organi esa anteridiy deb ataladi. Arxikarp ikki hujayradan iborat bo’lib, ularning ostki sharsimon shakldagisi askogen, ustki silindirsimoni esa trixigina deb ataladi. Anteridiy bitta silindirik hujayradan iborat. Bu erkak va urg’ochi jinsiy organlarning hujayralari ko’p yadroli bo’lib, ichidagi moddasi endomitsetlarnikiga o’xshash, ayrim gametalarga differensiallashmagan emas. Bularning atalish jarayoni quyidagicha: anteridiy trixoginaning uchi bilan qo’shilib, ichidagi moddasini unga qo’yadi. Trixoginaning tagidagi teshikchadan anteridiy yadrolari askogenga o’tib, uning yadrosi bilan juftlashib, o’zaro qo’shilmay turadi, faqat ularning sitoplazmalarigina birlashadi xolos. Bundan qo’sh yadro yoki dikarion deb ataladigan shoxlangan o’simtachalar hosil bo’ladi. U yerda ularning juftlashgan yadrolari bir vaqtda baravar va teng bo’lina boshlaydi. Chunki dikariondagi yadrolarning biri erkak, ikkinchisi urg’ochi bo’lishi lozim. Keyin dikarionlar askogen iplariga o’tib shoxchalarning o’zida taraqqiy etadi. Askogen ichidagi yadrolar qo’shiladi, so’ngra diploid yadro izchillik bilan uch marta (birinchisi reduksion) bo’linadi. Natijada sakkizta gaploid yadro hosil bo’ladi. Ular rivojlanib sakkizta xaltachali sporaga aylanadi. Demak, otalangan bitta askogendan askogen iplar orqali bir qancha xaltachali sporalar vujudga keladi. Shu bilan birga, jinsiy organlarni hosil qilgan mitseliy gifalari xaltachalar atrofida o’ralib, jinsiy organlarga va undan hosil bo’lgan askogen iplariga mevatanasining namatsimon to’qimasini hosil qiladi. Xaltachali zamburug’larning ko’pchilik turlarida jinsiy organlarning qo’shilishi reduksiyalangan. Ba’zan erkak jinsiy organi bo’lmaydi yoki urg’ochi jinsiy organi o’smay qoladi. Keyingi o’sish esa oogamiya (askogen yadrolar yaqinlashib qo’sh yadroga aylanadi) yordamida bo’lib, askogen iplari yetilgach, uchida xaltachalar hosil bo’ladi. Xaltachasi bevosita mitseliyda hosil bo’ladigan zamburug’larga achituvchi zamburug’lar misol bo’la oladi. Dastlabki xaltachalilar (Protoascales) tartibining vakili xamirturush yoki achitqi zamburug’idir (Saccharomyces cerevisiae). Ko’pincha uning haqiqiy mitseliysi bo’lmay, tanasi alohida-alohida hujayralarga ajraladigan, kurtaklanib shoxlangan zanjir hosil qiluvchi hujayralardan iborat. Kurtaklanish paytida, hujayrada o’simta yoki kurtakcha hosil bo’ladi. Bu o’simta asta-sekin kattalashib o’saveradi va ona hujayradan ajralib ketadi. Xuddi shunday yo’l bilan ikkinchi, uchinchi va hokazo kurtaklar paydo bo’laveradi. Natijada yumaloq yoki ovalsimon hujayralardan tashkil topgan va osongina uzilib ketadigan zanjir hosil bo’ladi. Kurtaklanish paytida ba’zi hujayralar bir-biriga qarama-qarshi tomondan o’simtalar chiqaradi va ular o’sib birlashadi. Ayni vaqtda ularning yadrolari ham qo’shiladi, yadro uch marta bo’lingach, hujayrada sakkizta askospora vujudga keladi. Achitqi zamburug’lari ko’pincha shakarli muxitda saprofit hayot kechiradi va uni bijg’ishga olib keladi. Bunda, asosan, spirt hosil bo’ladi. Bu jarayon qandning etil spirti bilan karbonat angidridga parchalanishidan iborat. C6H12O6 – 2C2H5OH + 2CO2 +25 kkal Hosil bo’lgan karbonat angidrid xamirni ko’pchitadi, non esa g’ovak bo’ladi. Achitqi zamburug’larning bir qancha turlari sanoat tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Bu zamburug’lar ichida eng muhimlari pivo achitqisi (Saccharomyces cerevisiae) va vino achitqisi (Saccharomyces ellipsoids) dir. 5. Bazidiyali zamburug’lar sinfi. Ularning mitseliysi ko’p hujayrali, yaxshi rivojlangan, sporalari maxsus bazidiyalarda yetiladi. Ularda ona hujayra – bazidiya vujudga keladi. Bazidiyaning sirtida bazidiya sporalar ekzogen usul bilan hosil bo’ladi. Mitseliyning ikki hujayrasi o’zaro qo’shilgandan keyin, yadro ikki marta bo’linib, bazidiyali to’rtta o’simta hosil bo’ladi. Bu o’simtalarning uchi sharsimon qavarib, ularga bittadan yadro o’tadi va bazidiya spora deb ataladigan to’rtta spora vujudga keladi. Bazidiya sporalar hamisha bir hujayrali, ko’pincha bir yadroli, yumaloq yoki ipsimon cho’zilgan bo’ladi. Bazidiyada sporalar ikkita, sakkizta va bittadan bo’lishi mumkin. Bazidiyali zamburug’larning ko’pchiligida bazidiya hujayra, ya’ni spora hosil qiluvchi ona hujayra qismlariga bo’linmay butun holicha qoladi. Bular xolobazidiya deb ataladi. Ba’zi xollarda bazidiyaning diploid yadrosi bo’linishi bilan bazidiya ham eniga yoki bo’yiga qarab to’rtta hujayraga ajraladi. Bular fragmabazidiya deyiladi. Bazidiyalarning ana shunday ikki xil hosil bo’lishiga qarab bazidiomitsetlar sinfi xolobazidiyamitsetlar va fragmobazidiyamitsetlar kenja sinfiga bo’linadi. 6. Takomillashmagan zamburug’lar sinfi (Fungi imperfecti) ga mitseliysi yuksak darajali, ko’p hujayralardan tashkil topgan, biroq xaltacha va bazidiyalar hosil qilmay, konidiyalar yordamida hamda bevosita mitseliy bilan ko’payadigan zamburug’lar kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, tuproq va o’simlik qoldiqlarida saprofit, yuksak o’simliklarda parazit holda yashaydi. Zamburug’larning foydali turlari ham mavjud. Bunga moddalar almashinuvida faol qatnashuvchi tuproq saprofitlari, nematodlarni tutishga qobiliyatli yirtqich zamburug’lar, o’zidan har xil fermentlar, antibiotiklar, toksinlar chiqaruvchi zamburug’lar misol bo’ladi. Bu sinf quyidagi uchta asosiy tartibga bo’linadi. 1. Gifomitsetlar (Hypomycetales) tartibi vakillarining konidiyabandlari vegetativ mitseliyda bittadan joylashadi yoki ular qo’shilib ensiz bog’lam hosil qiladi. 2. Melankoniumlar (Melanconiales) tartibi vakillari konidiobandlari chuvalgan gifalarning ustida zich qatlam hosil qiladi. 3. Sferopsidlar (Sphaerosidales) tartibi vakillari konidiobandlari ko’pincha uchi ingichka teshikli, ichi bo’sh, dumaloq yoki tuxumsimon tanacha – piknidiya rivojlanadi. Gifomitsetlar tartibi orasida madaniy o’simliklarga katta zarar yetkazadigan turlari juda ko’p. Zamburug’lar organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi (mikoriza). Qo’ziqorin va qalpoqchali zamburug’lar oziq – ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug’lar spirtli ichimliklar tayyorlashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq – ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zamburug’lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq – ovqatlarni buzadi, yog’ochlarni chiritadi. Kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxasislarning bergan ma’lumotiga ko’ra yog’ochni chirituvchi zamburug’lar uning 30% ini mutlaqo yaroqsiz holga keltirishi mumkin ekan. Mitseliysi ko’p yil yashaydigan zamburug’lar ham bor. Jumladan, patogen va parazit zamburug’lar mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turli tuman sporalari bilan uzoq vaqtgacha saqlanadigan zamburug’lar ham bo’ladi. Ko’p sporalar quruq holatda hayotchanligini o’n yillab saqlashi mumkin. Muhim fiziologik xususiyatlari; zamburug’larning rivojlanishi uchun kislorod zarur bo’lib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim zamburug’lar, masalan, achitqi zamburug’lariga ozgina kislorod ham yetarli. Ko’p zamburug’lar turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. Zamburug’lar 20-250 C da yaxshi o’sadi, ba’zilari 2-40 C da ham o’saveradi. Zamburug’larning o’sishi uchun yorug’lik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning o’sishi va spora hosil qilishiga salbiy ta’sir etadi. Download 60.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling