Kurs ishi mavzu: Fransiyada pensiya tizimi islohotlari. Bajardi


Download 0.69 Mb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1020711
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XOLIQULOVA MOHINUR KURS ISHI Fransiya 2

Kurs ishining obyekti. Fransiya pensiya ta’minoti tizimi kurs ishining obyekti sifatida tanlab olindi.
Kurs ishing vazifalari.

  • Fransiya pensiya tizimining shakillanish bosqichlari.

  • Fransiya pensiya tizimining tarkibiy tuzulishi va rivojlanish omillari.

  • Fransiya pensiya tizimini so‘ngi yillardagi islohotlari tahliliy o‘rganish.

Kurs ishining tarkibi. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qisim uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati, kurs ishining umumiy hajmi 35 varoq, 6 rasmni tashkil etadi.


  1. Fransiya pensiya tizimining shakillanish bosqichlari.

Fransiya pensiya tizimi tarixiy shakllanishining ilk bosqichlari XIX asr oxirlarida boshlangan. Fransiyada pensiya dastlab 1870 yilda faqat davlat xizmatchilari uchun joriy etilgan bo’lsa, 1898 yilga kelib baxtsiz hodisalardan sugʼurta qilish to’gʼrisida qonun chiqarildi, 1905 yilda esa ishsizlik to’gʼrisidagi birinchi qonun qabul qilindi va ushbu qonunlar mamlakatda ijtimoiy sugʼurta tizimining rivojlanishiga muhim hissa qo’shdi. 2


1910 yilda Fransiyada badallar yigʼishga asoslangan birinchi pensiya tizimi joriy etildi. Ushbu pensiya tizimi ishchilar va fermerlar uchun tashkil etilgan edi. 1928 yilda birinchi tibbiy sugʼurta to’gʼrisidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun pensiya yoshidagilarni ham qamrab oldi. 1932 yilda oilaviy nafaqalar to’gʼrisidagi qonun qabul qilindi. 1938 yil 1 yanvarda Fransiya milliy temiryo’l kompaniyasi tashkil etildi va u mamlakatda birinchi bo’lib o’z pensiya dasturini taklif etgan kompaniyaga aylandi.
1945 yilda Fransiya pensiya tizimida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarning maqsadi Milliy pensiya fondi tomonidan boshqariladigan va butun mamlakatni qamrab oladigan mintaqaviy pensiya fondlarini yaratish edi. O’sha davrda joriy etilgan pensiya tizimi jamgʼarilmaydigan badallarga asoslangan pensiya tizimi deb nomlandi. Pensiya yoshi 65 yosh etib belgilandi va o’sha davrda pensionerlar ish haqining 40 %i miqdorida pensiya to’lovlari olishar edi. Shuningdek pensiyaga ertaroq 60 yoshda chiqish imkoniyati ham mavjud bo’lib, bunday pensionerlar ish haqining 20%i miqdorida pensiya olish huquqiga ega bo’lishgan. 1945 yilda tibbiy sugʼurta bo’yicha ham islohotlar amalga oshirildi.
1946 yilda o’zini-o’zi ish bilan band etganlar uchun davlat pensiya tizimi tashkil etildi. 1946 yilda baxtsiz hodisalardan sugʼurta va oilaviy nafaqalar borasida islohotlar amalga oshirildi. 1947 yilda xususiy sektorda rahbar lavozimda ishlovchilar uchun yordamchi pensiya tizimi tashkil etildi. Ushbu tizim Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh assotsiatsiyasi tomonidan boshqarilgan. 1948 yilda hunarmandlar, savdogarlar va yollanmasdan ishlovchilar uchun alohida pensiya dasturlari joriy qilindi. 1949 yilda davlat sektorida mansabdor bo’lmasdan ishlayotgan xodimlar uchun pensiya dasturi joriy qilindi.
1956 yilda Birdamlik pensiya fondi tashkil etildi va Parlament hujjatlari bilan tartibga solinadigan minimal pensiya miqdori belgilandi. 1958 yilda ishsizlik to’gʼrisidagi qonun qayta ko’rib chiqildi. 1961 yilda xususiy sektorda band bo’lgan ishchilar uchun yordamchi pensiya tizimi joriy etildi. Bu tizim ham Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh assotsiatsiyasi tomonidan boshqarilgan.
1967 yilda xodimlar uchun Milliy pensiya tizimi tashkil etildi. Milliy pensiya tizimi tarkibida davlat sektorida band bo’lganlar uchun to’rtta alohida pensiya dasturlari tuzildi:

  • Davlat xizmatchilari uchun ;

  • Mahalliy boshqaruv organlari xodimlari uchun

  • Temir yo’l xodimlari uchun

  • Energiya va gaz sanoati xodimlari uchun

O’z o’zini band qilganlar uchun alohida besh pensiya dasturi tuzildi;

  • Fermerlar uchun, Qishloq xo’jaligi ijtimiy investitsiya fondi tomonidan boshqariladi;

  • Tadbirkorlar va savdogarlar uchun, Investitsion sugʼurta fondi tomonidan boshqariladi;

  • Sanʼatkorlar uchun

  • Sogʼliqni saqlash xodimlari uchun

  • Boshqa o’zini-o’zi band etganlar uchun jumladan:

a) hunarmandlar
b) advokatlar
c)yollanmasdan ishlovchilar
1972 yildan umumiy pensiya tizimining yordamchi pensiya darajasi majburiy qilib belgilandi va baxtsiz hodisalardan sugʼurta fermerlarga tadbiq qilina boshlandi. 1980 yilda pensiya tizimi xarajatlari YaIM ga nisbatan 9,5 % ni tashkil etdi. 1982 yilda pensiya yoshi 60 yoshga tushirildi. “Pensiya taʼminotining oq kitobi” nashri Fransiyada pensiya tizimining kelajagi borasida milliy muhokamalarni boshladi. 1991 yilda pensiya tizimini moliyalashtirish maqsadida yangi qatʼiy belgilangan soliq joriy qilindi. Ushbu soliq stavkasi har qanday daromadlardan, jumladan pensiyadan ham 1,1 % miqdorida belgilandi.
“Pensiya taʼminotining oq kitobi” muhokamalari natijasida 1993 yilda Baladyur islohotlari amalga oshirildi. Ushbu islohotlar doirasida o’rtacha ish haqiga asoslangan avvalgi pensiya indeksatsiyasi isteʼmol baholariga asoslangan pensiya indeksatsiyasiga almashtirildi, pensiyani hisoblash metodikasida oxirgi 10 yil o’rniga 25 yil muddat ichidagi daromadlarni hisobga olish bilan bogʼliq bosqichma-bosqich o’zgarishlar amalga oshirildi, talab qilingan badallar to’lovi muddati 37,5 yildan 40 yilga bosqichma-bosqich oshirila boshlandi, 1,3 %dan 2,4 % ga oshirilgan umumiy ijtimoiy badallar shaklidagi soliqlar va ichimliklardan (barcha alkgolli va baʼzi alkogolsiz ichimliklar) undiriladigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriluvchi Birdamlik pensiya fondi tashkil etildi.
1993 yil 1 iyuldan Fransiya banklari jamgʼariladigan pensiya hisob-raqamlarini ochishni taklif qilisha boshlashdi. 1993 yilda Ijroiya pensiya tashkilotlari bosh assotsiatsiyasi doirasidagi pensiya badallari miqdori ish haqining 4 % idan 6 % iga oshirildi. 1997 yilda qabul qilingan “Tomas qonuni” jamgʼariladigan pensiya tizimining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Ushbu qonun 1998 yilda hokimiyat tepasiga so’l partiyalar kelishi bilan bekor qilindi. 1998 yida Pensiya rezerv fondi tashkil etildi. Ushbu fond davlat tomonidan boshqarilgan bo’lsada, u kapital bozorida davlat tizimining erkin aktivlarini investitsiyaladi. 1999 yilda o’ta pessimistik hisobot bo’lgan “Sharpin hisoboti” eʼlon qilindi. Hisobotda pensiya tizimidagi o’zgarishlar to’gʼisida hech qanday tavsiyalar bo’lmasdan, faqatgina pensiya tizimini 2040 yilgacha rivojlantirishning potentsial loyihalari keltirilgan va hisobotning asosiy xulosasi pensiya yoshini 65 yoshga oshirish zaruratiga qaratilgan edi.
2000 yil 1 iyuldagi statistik maʼlumotlarga ko’ra quyidagi pensiya dasturlari eng ko’p sugʼurtalanuvchilarga ega bo’lishdi: asosiy dastur (sugʼurtalanuvchilarning 67,23 %i), fuqorolar va harbiy xizmatchilar dasturi (10,50 %), mahalliy organlar dasturi (7,08 %). 2001 yilda Kasbiy pensiya tizimi joriy qilindi. 2002 yilda eng kam pensiya miqdori oyiga 525 yevroni va maksimal pensiya miqdori yiliga 14 112 yevroni tashkil etdi, shuningdek pensiya taʼminoti xarajatlari YaIM ning 12 %ga teng bo’ldi. 3
2003 yilda pensiya olish uchun zarur bo’lgan badallar to’lovi muddati yuqori aytilgan 1993 yilgi islohotlar doirasida belgilangan 160 kvartal darajasiga yetdi. 2003 yilda Fransiya pensiya tizimida yana bir islohot amalga oshirildi. Unga ko’ra talab qilingan badallar to’lovi muddatining yetmagan qismi uchun bir yo’la to’lash imkoniyati berildi va pensiya yoshidagi iqtisodiy faol aholiga imtiyozlar berildi. Barcha pensiya dasturlari uchun yagona pensiya axborot tizimi yaratildi va umumiy pensiya tizimining uchinchi darajasini tashkil etuvchi qism bo’lgan shaxsiy jamgʼariladigan pensiya fondlari joriy etildi.
2004 yil 1 yanvardan ish haqidan va ikki xil dastur bo’yicha olinuvchi pensiyalardan olinadigan daromadlarni uygʼunlashtirish imkoniyati yaratildi. 2004 yildan pensiya olish uchun aktivlarni korporativ yoki idoraviy pensiya dasturlar bo’yicha jamgʼarish imkoniyati berildi. 2005 yilda pensiya tizimining birinchi bo’gʼinida pensiya badallari stavkasi 14,6 % ga teng bo’ldi, jumladan ish beruvchi 8,2 % va ishchi 6,4 %. Bugungi kunda Fransiya pensiya tizimi davlat majburiy pensiya tizimi (Milliy pensiya tizimi) va ixtiyoriy jamgʼariladigan pensiya dasturlaridan tashkil topadi. Davlat majburiy pensiya tizimi umumiy pensiya tizimining birinchi va ikkinchi pogʼonalarini tashkil etadi. Ixtiyoriy jamgʼariladigan pensiya dasturlari umumiy pensiya tizimining uchinchi pogʼonasini tashkil etadi


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling