Kurs ishi mavzu: Global inqirozlarning ishchi kuchi migratsiyasiga ta’siri. Bajardi: Oxunov. J tekshirdi: Israilov. Z andijon 2023
Download 426.08 Kb.
|
Olimov Shoyadbek
Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018 Koronovirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning yirik iqtisodiy sherik mamlakatlariga salbiy ta’siriGlobal inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida “ gi Farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda. Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. 2 –jadval. Dunyoning mamlakatlariga koronovirus pandemiyasining tarqalishi
Manba: Johns Hopkins University Center for Systems Science and Engineering. http://coronovirus.jhu.edu/ Raqamlar va ularning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki globallashuv va integratsiyadan, ikki va ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronovirus pandemiyasidan shunchalik ko‘p zarar ko‘rmoqdalar. Koronovirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda ular peshqadam bo‘lmoqdalar (2 – jadval). Jumladan, AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 740 mingdan ortiq, Xitoyda 82,7 ming, Turkiyada 82,2 ming, Rossiyada 47,1 ming holatda koronovirus yuqtirganlar qayd etilgan. Chunki iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va epidemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Nisbatan kam taraqqiy etgan va iqtisodiyoti ochiqligi past bo‘lgan mamlakatlar (masalan Tojikiston va Turkmaniston) pandemiya tarqalishidan xoli bo‘lmoqda. Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronovirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan, shuningdek, mamlakatlarning koronovirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zaralanish ulushlariga bog‘liq. Quyidagi jadvalda koronovirus pandemiyasi salbiy ta’sirida mamlakatlarning iqtisodiy zararlari va aholi jon boshiga daromadlarining qanchalik pasayishi prognoz qilingan. 3- jadval. Koronovirus pandemiyasi salbiy ta’sirida iqtisodiy zararlar prognozi
Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018 asosida muallif ishlanmasi Jadval ma’lumotlariga nazar tashlasak aholi daromadlarining jon boshiga pasayishi AQShda (1892 dol), keyinchalik Germaniya (1413), Buyuk Britaniya (1216), Janubiy Koreya (918dol), Rossiya (311) va Xitoy (284dol)ga prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida umumiy yo‘qotish 2,1 mlrd. AQSh dollarida va jon boshiga 60 dollarga teng bo‘ladi. Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatishmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin. Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi. Birinchidan, korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi; Ikkinchidan, korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi; Uchinchidan, umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi va h.k.o Download 426.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling